O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 2000-yildagi
statistik maʼlumotlarda Sirdaryo viloyati aholisi soni va etnik tarkibi shahar va tumanlar kesimida quyidagi berilgan [1]: O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/2/1] ISSN 2181-7324 TARIX https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz TARIX 1/2/1 2023 - 16 - Ushbu jadvalda oʻrin olgan Sirdaryo viloyati aholisini etnik tarkibiga koʻra sonini oradan 10 yil keyingi statistik jadvalda keltirilgan raqamlar bilan solishtiradigan boʻlsak, ayrim millatlarning soni birmuncha ortgani, ayrimlarining soni esa keskin tushib ketganligi koʻzga tashlanadi. Jumladan, oʻzbek, tojik, qirgʻiz, tatar va ozarbayjon millatlarining soni birmuncha oshgan boʻlsa, rus, qozoq va koreyslarda keskin kamayish, ukrain, arman va nemislar sonida birmuncha pasayish boʻlganligi kuzatiladi. Viloyat aholisi etnik tarkibida oʻziga xos oʻrni boʻlgan va 2000-yilgi statistik maʼlumotlarda 4.4 ming kishi deb keltirilgan qrim-tatarlar quyidagi jadvalda umuman koʻrsatilmaydi. Buning sababi, ularning bir qismi tarixiy vatani Qrimga koʻchib ketishlari bilan bogʻliq boʻlsa, boshqa tarafdan ular qozon tatarlari bilan qoʻshib koʻrsatilgan boʻlishi ham mumkin. Buni 2010-yilgi statistik jadvalda tatarlar sonining birmuncha yuqori koʻrsatilishi ham tasdiqlaydi. Aslida qozon tatarlari ham rus va rus tilli boshqa millatlar qatorida keyingi oʻnyilliklarda RF tarkibidagi Tatariston avtonom respublikasiga koʻchib keta boshlaganligi kuzatiladi. 2010-yildagi statistik maʼlumotlarda Sirdaryo viloyati aholisi soni va etnik tarkibi shahar va tumanlar kesimida quyidagi berilgan[2]: 2010-yildagi Sirdaryo viloyati aholi soni va uning etnik tarkibga qarab oʻzgarishini 2011-yildagi statistik maʼlumotlarga qarab tahlil qiladigan boʻlsak, viloyat koʻlamida oʻzbek, tojik, qirgʻiz va koreyslarning sonida oʻsish kuzatilgani, rus, qozoq, ukrain, tatar va boshqa bir qator kam sonli millatlar sonida esa pasayishi boʻlganligi koʻzga tashlanadi. Shuningdek, ushbu jadvallarda oʻrin olgan turkman, ozarbayjon, arman va nemislar sonida oʻzgarish boʻlmaganligi koʻrinadi. 2011-2012-yillardagi statistik maʼlumotlarga koʻra Sirdaryo viloyati shahar va tumanlar aholisining soni va etnik tarkibi quyidagicha boʻlgan[3]: Bugungi kunda, yaʼni 2020-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra Sirdaryo viloyati Oʻzbekistonning aholisi eng kam viloyati boʻlib, bu yer umumiy aholisining soni 846 260 kishini tashkil qiladi. Aholining koʻpchiligi qishloqlarda yashab, 57,2% ni shahar aholisi 42,8% ni tashkil etgan. Shuningdek, viloyat aholisining katta qismi oʻzbeklar iborat boʻlib, 668 762 kishini tashkil etgan[4]. X.Egamqulovning Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga asoslanib yozishicha, 2020-yilda viloyat aholisining etnik tarkibi quyidagicha boʻlgan (ming kishi hisobida)[5]: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling