O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
Tadqiqot natijalari. Maqolada umum qabul qilingan
tarixiy metodlar –tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma- ketlik, muammoviy-xronologik va fanlararo yondashuv, statistik tadqiqot va xolislik tamoyillari asosida yoritilgan. Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, yoshlarga ta’lim berishda, ularga til oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni, xususan, til koʻnikmalarini jahon va yevropa ta’lim standartlari asosida egallash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar Oʻzbekistonning xalqaro maydonda tutgan oʻrnini tobora mustahkamlamoqda. Bu borada xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan malayziyalik mehmon, Gandi memorial jamgʻarmasi raisi R.Krishnan shunday dedi: “Oʻzbekistonga har gal kelganimda barcha sohalarda, xususan, ta’lim jabhasida erishilayotgan muvaffaqiyatlardan hayratlanaman. Ayniqsa, yurtingizda chet tillarini oʻrganishga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatingiz yoshlari koʻplab xorijiy tillarda, xususan, ingliz tilida erkin soʻzlayotganini koʻrib, qoyil qoldim. Oʻzbekistonda ingliz tilini birinchi sinfdan boshlab oʻqitish yoʻlga qoʻyilgani mamlakat ertasini oʻylab, yosh avlod kamoloti yoʻlida amalga oshirilgan juda maqbul ishlardan hisoblanadi”. Shuningdek, xitoylik olim, Shensi pedagogika universitetining Markaziy Osiyo instituti direktori Li Szi ham Oʻzbekistonning dunyodagi, jumladan, xalqaro munosabatlar tizimidagi nufuzi mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlab, Oʻzbekiston ulkan salohiyatga ega va shu bois, dunyoning koʻplab davlatlari mamlakatingiz bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda, dedi. Oʻzbekistonda xorijiy tillarga boʻlgan munosabat masalasi tarixiga nazar tashlansa, bu yerda chet tillari sifatida Gʻarb tillaridan nemis, ingliz, fransuz, ispan, Sharq tillaridan esa arab, fors, hind, xitoy, koreys tillari oʻrganilayotganiga 100 yil toʻlmoqda [5]. Bu tillarni oʻrgatish Toshkent hamda Samarqand davlat universitetlarida, keyinchalik Toshkent davlat pedagogika institutida boshlangan boʻlsa, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1948-yil 25-avgustdagi farmoyishiga binoan xorijiy tillar oʻqitilishining yaxshilanishiga katta tarixiy hissa boʻlib qoʻshilgan Toshkent chet tillar pedagogika instituti tashkil etildi[6]. Oʻqitiladigan tillar oʻrtasidagi oʻzaro mutanosiblik mavjud boʻlib, deyarli bir xil oʻrinlar (kvota) ajratilar edi. Oʻsha paytlarda oʻzbek maktablarida rus tili deyarli ikkinchi ona tili sifatida oʻqitilar edi. Chet tili orqali dunyo taraqqiyotiga sabab boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlinadi, rivojlanish bilan hamqadam yurishga sharoit, imkoniyatlar tugʻiladi. Shu bilan birga, oʻsha tilda millatning boy madaniyatini dunyoga yoyishi, ijtimoiy- siyosiy oʻzgarishlar, shuningdek, ta’lim tizimini jahonga tanitishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Ma’lumki, til kishilik jamiyatida eng muhim aloqa quroli boʻlib, jamiyat tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladi. Shu sababli inson tilini oʻrganadigan tilshunoslik fani ijtimoiy fanlar, psixologiya, etnografiya, tarix va boshqa fanlar qatoriga kiradi va ular bilan yaqin aloqada. Zamonaviy kompyuter texnologiyasi ham ana shular qatoridan oʻrin olgan boʻlib, jamiyat hayotining har bir jabhasiga biznes, moliya, ommaviy axborot vositalari, ilm va fan yoʻnalishlarida shiddat bilan kirib kelmoqda. Zamonaviy sharoitda axborot texnologiyalaridan foydalanish oʻqish va oʻqitish jarayonining samarali boʻlishiga yordam beradi. Kompyuter texnologiyalari shunisi bilan tan olinmoqdaki, barcha fanlarni oʻrganishda tajriba almashish, oʻqitish uslublarini oʻzaro takomillashtirishda qoʻl keladi, oʻquv jarayonida qiziqish uygʻotadi, chet tilida gapirish amaliyotida qatnashayotganidan faxrlanadi, yangi uslublarni qoʻllashni targʻib qiladi, oʻquvchilarda oʻz bilimlarini solishtirish orqali aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi [7]. Soʻnggi yillarda innovatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha turdagi usullari yuzaga keldi. Bu jarayonda mavzuni yoritishda keng foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori boʻladi va oʻquvchilarning darsga boʻlgan qiziqishi yanada ortadi. Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish ham mavzuni yoritishda, uni oʻquvchilarga yetkazib berishda muhim vositalardan hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnika, ayniqsa, kompyuter va internetning hech qanday toʻsiqsiz kirib kelish jarayonida, xorijiy tillarni oʻqitish/oʻrgatishga doir masalalar ham rivojlanib bormoqda. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasining kuchayib borishi natijasida fanning yangi sohalari tarkib topmoqda. Fanlararo aloqalar va ularning bir-biriga ta’siri, natijasida turli tillar rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yilida tashkil etilgan Respublika til oʻqitish markazi (RTOʻM)da 3, 5, va 10 oylik tezkor kurslar ingliz, nemis va fransuz tillarida olib borilgan boʻlsa, keyinchalik Markaz faoliyati kengayib, ispan, grek va koreys tillari kurslari ham tashkil etildi. Bu yerda Toshkent shahridagi koʻplab oliy oʻquv muassasalari, jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat arxitektura va qurilish instituti, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari chet tillarini oʻrgandilar. Respublikada xorijiy tillar boʻyicha tayyorlanayotgan kadrlar mamlakatning oltin fondi hisoblanadi. Ularning har biri bir nechta xorijiy tilni mukammal egallab chiqadi. Oʻzbek, tojik va rus tillarini ham qoʻshib hisoblansa, ular 4-5 tilda bemalol suhbatlasha oladilar. Ta’lim olayotgan yoshlar faqat xorijiy tillarni oʻrganib qolmasdan, respublika iqtisodiy rivojlanishi va jahon iqtisodiyoti, madaniyati va tarixi masalalaridan xabardor boʻlish, mustaqillik sharoitida tadbirkorlik sirlarini ham oʻrganish foydadan holi emasligini yaxshi anglaydilar. 2013–2014-oʻquv yilidan chet tilini 1-sinfdan boshlab bosqichma-bosqich oʻqitish belgilandi. Tabiiyki, kun tartibida maktablarni oʻqituvchilar bilan ta’minlash masalasi turar edi. Bundan tashqari, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini ham shunga moslashtirish kerak edi. Chet tillarni 1- sinfdan boshlab bosqichma-bosqich oʻqitish yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Shunga muvofiq vazirlik tomonidan yangi oʻquv rejasi ishlab chiqildi va 1–4- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling