O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Kirish. Avvalo, nominasiya termini ostida qanday tushuncha yotishini aniqlab olish zarur. Nominasiya lotincha nominatio so‘zidan olingan bo‘lib, nomlash, nom berish ma'nosini anglatadi. Tabiatning ajralmas bir qismi bo‘lgan inson o‘zini qurshab turgan borliqni bilib borishi va o‘zlashtirishi jarayonida o‘z hayot tajribasi ob'ekti bo‘lgan barcha narsaga, ulariing turli belgi-xususiyatlari, holat va harakatlariga ham nom bergan. Hatto, hali o‘zi tushunib yetmagan, faqat tasavvurida yaratgan predmet va hodisalarga ham nom bergan. Bir denotatning nomi sifatida yuzaga kelgan nom hali insoi tomonidan nomlanmagan boshqa bir denotatni atashga jalb qilinadi. So‘zning ikkinchi marta nomlash vazifasiga jalb qilinishidan ikki maqsad ko‘zlaigan bo‘ladi: birinchi maqsad - nomi yo‘q denotatga nom berish bo‘lsa, ikkinchi maqsad - ifoda maqsadiga, ya'ni nutq predmetiga nisbatan shaxsniig munosabatini bildirishga qaratilgan bo‘ladi. Ikkinchi ko‘rinish ko‘pincha ataylab amalga oshiriladi Bizga ma'lumki, har qanday tilda insonning o‘zaro fikr almashuvida ishtirok etayotgan leksik birliklarning paydo bo‘lishi nominasiya masalasi bilan bog‘likdir. Masalaning bu jihati nominasiya haqida to‘xtalib o‘tishni taqozo etadi. Tilshunoslikda shunday xulosa mavjud: ma'lum bir denotatni bildiruvchi ikki so‘zning o‘zaro farqi bo‘lmasa, til ertami- kechmi ulardan birini muomaladan uloqtirib tashlaydi yoki ularni boshqa- boshqa uslubga ixtisoslashtirib oladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. So‘zlarning tarixiy jihatdan qanday paydo bo‘lganligi bizga qorong‘i, lekin shu narsa aniqki, so‘zlar nom sifatida paydo bo‘lgan. Biroq tarixda so‘zning nom sifatida paydo bo‘lishi hozirdagidan, keyingi paytlarda paydo bo‘lishiga nisbatan birmuncha farq qilgan bo‘lishi kerak. Ba'zi ma'lumotlar so‘zlarning qo‘llanishi inson amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi. Masalan, quyi darajada rivojlangan ba'zi qabilalar nutqini ma'lum sharoitdan tashqari holda tushunish mumkin emasligini tadqiqotchilar qayd etib o‘tishgan [4]. Keyingi yillarda psixolingvistika ham tilning nutqiy faoliyatdagi xizmatini o‘rganishga katta e'tibor bermoqda. Mazkur fan nutqiy faoliyat nazariyasi nomi bilan maydonga kelib, nutqning voqe bo‘lishi masalalarini o‘rganmoqda. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmokdaki, til dalillarini inson omili, jumladan, uning ruhiy holati bilan bog‘lab o‘rganishga katta e'tibor zarur. Bu esa, o‘z navbagida, til nominativ birliklarining ifoda imkoniyatlarini o‘rganishga, ular orqali ekspressivlikning yuzaga kelishi mexanizmini ochishga, shu bilan birga, tilning turli sathlariga mansub birliklarning yuzaga kelish jarayoni, ularning o‘zaro ma'noviy munosabatlarini anglashga va tavsiflashga, qonuniyatlarini belgilashga katta yordam beradi. Psixolingvistlarning ta'kidlashicha, nom ijtimoiy va psixologik zaruriy hodisadir. S.Lemning yozishicha: yangi so‘zlar yangi sharoitga xos kontekstlarda, ya'ni ularga ehtiyoj sezilganda yuzaga keladi, aftidan ularni yuzaga keltiruvchi sharoitlar ta'sirida kimdir “etimologik o‘zak”ni bir martali favqulodda qayta yasashga jalb etishi, sodda qilib aytganda, ifoda maqsadi ta'sirida o‘ylab topishi zarur [5]. Bu fikrlar nom paydo bo‘lishining favqulodda xarakterini ko‘rsagish bilan birga, uning ifoda maqsadi ta'sirida individ tomonidan yaratilishini ham aks ettiradi. Nomning paydo bo‘lishidagi individuallikni boshqa olimlarning ishlarida ham uchratamiz. Masalan, B.A.Serebrennikov: «Tildagi barcha yangilikni boshlanishida shaxs yaratadi, keyinchalik bu yangilik tarqaladi, jamiyatning Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling