O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 306 - boshqa a'zolari tomonidan qabul qilinadi yoki inkor etiladi. Tildagi har bir yangilik alohida shaxs tomonidan yaratilsa ham, biroq uning takdiri jamiyatga bog‘likdir. Yangi paydo bo‘lgan so‘z yoki shaklning takdirini belgilaydigan ichki lisoniy va tashqi siyosiy omillarning g‘oyat xilma-xilligiga qaramay, hal qiluvchi rol' doimo jamiyatga tegishlidir. Tilni haqiqiy ma'noda jamiyat yaratadi va shakllantiradi» [7]. Bu o‘rinda keltirgan ko‘chirmalardan bizning maqsadimiz: biror iarsaga, belgi, holat va harakatga berilgan nom dastlab shaxs tomonidan berilishini va, shu bilan birga, uning ijtimoiylik kasb etishi muayyan til jamoasi tasdig‘idan o‘tishi bilan bog‘likdigini ta'kidlashdan iborat. Tilda yangi paydo bo‘lgan so‘z ijtimoiy hodisa, uning ijtimoiy hodisa ekanligiga dalil esa til jamoasi leksikonidan joy olishidir va tayyor holda o‘zgarishsiz nutq faoliyatida qo‘llanishidir. Ikkilamchi nomlash asosida yuzaga kelgan nomlar haqida o‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida qator ishlarda so‘z yuritilgan. Demak, o‘zbek tilshunosligi uchun ikkilamchi nomlash yangilik emas. Xususan, S.Ibrohimovning “Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi” nomida e'lon qilingan fundamental tadqiqotida birmuncha keng mulohaza yuritilgan, faqat unda bu hodisa ikkilamchi nomlash sifatida qayd etilmagan. Ushbu tadqiqotda “Narsa va hodisalarga ularning belgilariga ko‘ra nom berilishi haqida”gi qismda quyidagilarni o‘qiymiz: “Ishlabchiqarish terminlarining leksik-semantik tuzilishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, terminlar kasb – hunar ahllarining narsa va hodisalarga, ularning belgilarini to‘g‘ri tushunish hamda boshqa narsa va hodisa belgilariga o‘xshatib, qiyoslab, obrazli tushunish yo‘li bilan tuziladi ” [3]. Muallif Farg‘ona metallsozlari nutqida ishlatiladigan terminlarni shakllantirishda o‘xshatish prinsipidan foydalanganlarini keltiradi va o‘xshatishning sakkiz ko‘rinishida amalga oshirilganini qayd etadi: I.Inson va uning a'zolariga o‘xshatish: poytesha, kallak, oyoq//ayaq, emchak, yurak. II.Hayvonning a'zolariga o‘xshatish: baliq ko‘zi, tovuq ko‘zi; baliq og‘iz, baliqsirti egov, baqabosh bilakuzuk, baqaog‘iz ombir, ilonbosh ombir, ilonbosh uzuk, itoyoq ombir kabi. III.Qushlar va ularning a'zolariga o‘xshatish: kaptarbo‘yin, qushpichoq, kaptardumi, o‘rdaktumshuq ombir, tovuqko‘zi, chumchuqtili kabi. IV.Hashorat va mayda jonivorlarga o‘xshatish: kanazira, zulukzira, pashshaqanot kabi. V.O‘simlikka o‘xshatish: arpako‘zyigna, anjirbaldoq, lolagul, shobarg, g‘uncha, bodomcha, bodombargi, g‘o‘zapo‘choq, bargi mug‘ilon, gultojig‘o‘roz kabi. VI.Turli xil asbob va qurollarga o‘xshatish: g‘alviraki zira, obtova samovar, qumg‘on samovar, qalqon kabi. VII.Samoviy jismlarga o‘xshatish: abrband, oybolta, oyboldoq, oynusxa o‘roq, yulduz. VIII.Arabcha harfga o‘xshatish: madoxil, oba, ova // vova, hamza qalam kabi. Aytish lozimki, S.Ibrohimov o‘zbek ilmiy terminologiyasining tamal toshini qo‘ygan va uning rivoji uchun jonbozlik ko‘rsatgan olim edi. Bu borada uning quyidagi fikrlari ibratlidir: “Hamma tarmoqlar yuzasidan ilmiy terminologiya yaratish dastavval bir qancha nazariy masalalarni hal qilib olishga, chunonchi, termin nimayu so‘z nima ekanini va bularning o‘rtasidagi munosabatlarni puxta aniqlashga, terminologiyaning ilmiy prinsiplarini yaratishga bog‘liqdir. Xalq tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan boy terminologiyaning qonuniyatlarini o‘rganmay va hisobga olmay turib, bunday nazariy masalalarni maqsadga muvofiq hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun tilimizning hamma dialektlari yuzasidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, san'at va boshqalarga oid xalq terminlarini (qo‘l mehnati va mashina industriyasi davrlarining leksik materiallarini) ayrim-ayrim to‘plab, boy leksik material fondi yaratish va ular yuzasidan alohida-alohida tadqiqotlar o‘tkazish zarurdir”[3]. Shu bilan birga, olim o‘z tadqiqot ob'ekti yuzasidan olib borgan ishlari tajribasiga tayangan holda ishlab chiqarish leksikasini tekshirishni uch bosqichda amalga oshirish zarurligini belgiladi: “Birinchi bosqichda kasb-hunarga oid termin va iboralarni to‘plash, ikkinchi bosqichda ularni tartibga solish, klassifikasiyalash va dastlabki lingvistik kuzatishlar bilan seriyali to‘plamlar tarzida bosmaga tayyorlash va nashr ettirish lozim. Uchinchi bosqichda kasb-hunar terminlarini chuqurroq o‘rganib, monografik tadqiqotlar yaratish lozimdir”. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling