O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
Tahlil va natijalar. Bizningcha, haqorat so‘zining
sinonimik qatorining boshida tahqir va kamsitish so‘zlari turadi. Tahqir so‘zining izohli lug‘atda keltirilgan ma’nosi quyidagicha: Tahqir [a. nafratlanish, jirkanish; mensimaslik, haqoratlash, kamsitish xo‘rlash] kt. Xo‘rlash, haqorat qilish, kamsitish; haqorat[6]. Tahqir so‘zida ham haqorat singari kimnidir “xo‘rlash, kamsitish, mensimaslik” ma’nolari mavjud, lekin bu so‘z ko‘proq kitobiy uslubda qo‘llaniladi. Kishilar turlicha tahqirlanadilar, jumladan, kimdir kishining sha’ni-obro‘yiga putur yetkazadigan xatti-harakat qilganida, yomon so‘z aytganda yoki kishilarning keksayganda, yordamga muhtoj paytida farzandlari tomonidan yolg‘iz tashlab ketilganda kabi. Izohli lug‘atda tahqir so‘zi bilan yasalgan “tahqirli” va O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 326 - “tahqiromuz” so‘zlari ham keltirilgan. Tahqirni anglatadigan so‘z, imo-ishora, harakatlarning oldidan ushbu so‘zlar qo‘llanilib, bu so‘zlarning ham asl tabiatida “haqoratni ifodalovchi” semasi mavjuddir. Garchi tahqir so‘zi haqorat so‘ziga sinonim hisoblansa-da, qo‘llanilishiga ko‘ra birmuncha farqlanadi. Kufr [dinsizlik, kofirlik, islomni tanimaslik; ko‘rnamaklik] 1. din.Xudoni, dinni tahqirlash. 2. Diniy, shar’iy tamoillarga to‘g‘ri kelmaydigan, Xudoga xush kelmaydigan, noshar’iy[6]. Ma’lumki, musulmon dunyosida Allohga va islom diniga nisbatan bildirilgan haqoratlar eng og‘ir va kechirilmas gunohlardan hisoblanadi. Bunday kishilarga nisbatan “kofir”, ya’ni kufr qiladigan, Xudoga ishonmaydigan, so‘zi ishlatiladi. Ko‘rinib turibdiki, kufr so‘zi ham haqorat so‘ziga yaqin turadi, lekin ma’nosi nisbatan tor. Bu so‘zning zamirida “din va Xudoga nisbatan yo‘nalgan haqorat” ma’nosi yotadi. Dashnom [so‘kish, haqoratli so‘z] Qilmish uchun uyaltirish, qattiq koyish, so‘kish. Dashnom bermoq[6]. Kimningdir bajargan ishi, qilgan xatti-harakati uchun qattiq uyaltirish, koyish va hattoki so‘kish ma’nolarini o‘zida mujassam qilgan bu so‘z haqorat so‘ziga ma’nodosh bo‘la oladi. Shu bilan birgalikda “dakki-dashnom” so‘zi ham xuddi shu ma’noda qo‘llaniladi. Dakki-dashnom [dakki+so‘kish, haqorat] Tanbeh va haqorat; tahqir va so‘kish[6]. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, dakki- dashnom so‘zining ma’no semalari “tanbeh, koyish, so‘kish, haqorat, uyaltirish”dir. Faqat ushbu so‘zning tarkibidagi dakki so‘zining ta’siri “dashnom”ga nisbatan kuchsiz, chunki bu so‘z alohida ishlatilganda uning tarkibida kimsaning sha’nini kamsitish ma’nosi mavjud emas. U dashnom so‘zi bilan birga kelgandagina biz tadqiq etayotgan so‘zga ma’nodosh bo‘la oladi. Tajovuz [a. o‘tish, chegaradan o‘tish; bosib o‘tish; haddan oshish; qonunbuzarlik] ko‘chma.Umuman zo‘rlik, zo‘ravonlik xatti-harakati, hamlasi [6]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida keltirilgan izohda tajovuz so‘zining ma’nosi to‘liq ochib berilmagan. Bu so‘z faqatgina bir tomonlama tavsiflangan, ya’ni tajovuz deyilganda zo‘ravonlik, kuchli shaxsning kuchsizga nisbatan bosim o‘tkazishi nazarda tutilmoqda. Berilgan misollarda ham erkakning ayolga tajovuzi tasvirlangan. Tajovuz faqatgina jismoniy emas, balki lisoniy ham bo‘lishi mumkin. Ruhiy agressiya natijasida so‘zlovchi odob-axloq me’yorlarini buzadi. Haqorat esa nutqiy tajovuzning bir ko‘rinishidir. Shu sababli ham tajovuz so‘zining tarkibida “haqorat” semasi ham mavjud. Malomat [a. ta’na qilish; ayb taqash] birovni haq- nohaq yomonlab aytilgan gap; mazammat, ta’na[6]. O‘zbek xalqi biror bir ishni bajarsa, yakka holda emas jamoa bo‘lib bajarishni ma’qul ko‘radi. Shuning uchun ham bayramlardan oldin o‘tkaziladigan hasharlar, katta to‘y marosimlaridan avval o‘tkaziladigan maslahat oshi kabi yig‘inlar ham ko‘pchilikning ishtirokini nazarda tutadi. Kimsa haqida haq-nohaq yomonlab aytilgan gap, ta’na uning qadr- qimmatini pasaytiradi. Xalqning orasida malomatga qolish kishining sha’niga nisbatan haqoratdir. Shunday qilib malomat so‘zining semalari “kishini haq-nohaq yomonlab aytilgan gap, haqorat”dir. Piching –birovning shaxsiga tegish, g‘ashiga tegish, masxaralash uchun aytilgan ilmoqli gap; qochirim, qochiriq[6]. Ataylab birovning g‘ashiga tegish, masxaralash uchun aytilgan gapdan ham maqsad kishining shaxsiyatiga tegishdir. Shu orqali kishi o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayta olmagan gapini ilmoqli gap bilan suhbatdoshiga yetkazadi. Yuzaki qaraganda, piching go‘yoki qattiq botmaydigandek ko‘rinsada, uning suhbatdoshga ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Piching ilmoqli gap bo‘lgani sababli, uning zamirida yotgan fikrni tinglovchi har doim ham tushuna olmasligi mumkin. Mana, eshiting-a: «Allo, biz kallakesarlarni izlayapmiz!» Oradan bir oy o‘tgach bu erdan yangi ko‘rsatuv paydo bo‘ladi: «Marhabo, kallakesarlar!» Chuvrindi deputatning beg‘araz hazilidan kuldi. Aslida bu hazil emas, potos bog‘lagan pichinglardan biri edi[9]. Ushbu misolda “potos bog‘lagan piching” kallakesar so‘zi bilan ifodalandi va piching orqali haqorat etkazildi. Ko‘rinishidan hazil tuyulgan bo‘lsa-da, aslida haqorat ekanligi deputatni yaxshi bilgan Chuvrindi laqabli kishi tomonidan yaxshi anglandi. Kesatiq – qochirim bilan, pardalab masxaralash, kulish yoki kamsitish; istehzo, piching[6]. Xalqimizdagi mavjud “So‘zda kesatiq yomon – dardda sanchiq” degan iborasi ham kesatiqning nechog‘lik kishini azoblashi mumkinligi ifodalangan. Kesatiqni ifodalayotgan kishi ham o‘ziga ortiq darajada ishonish, manmanlik kabi tuyg‘ularga ega bo‘ladi. Kesatiq orqali adresatning hurmatini pasaytirish, uning aybini yuziga solish, hovuridan tushirish kabi maqsadlar asosida yuzaga chiqadi. Bunday nutq munosabati tinglovchi tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Ushbu fikrning tasdig‘ini ushbu misol orqali ko‘rish mumkin: -Namuncha, o‘v o‘g‘il bola? – dedi Kesakpolvon kesatiq ohangida. – Do‘xtir kim o‘zi, ammangning erimi yo kindigingni kesganmi? Yo... [9]. Kishining sha’nini pasaytirishga qaratilgani sababli ham, kesatiqda ham “haqorat” semasi mavjud. Kinoya [a. belgi; sha’ma, ishora; piching, kesatiq] 1 Masxaralash, kulish uchun asl ma’nosidan boshqa, majoziy ma’noda aytilgan so‘z, gap; qochirim, istehzo piching, kesatiq ifodasi. 2 ad. Uslubiy vosita: badiiy asarlardagi inkor etish usullaridan biri bo‘lib, biror shaxs yoki narsa ustidan kesatiq, qochiriq vositasida yashirin kulishdan iborat[6]. “Kinoyaga murojaat qilishdan maqsad teskari perlokutiv samaraga erishishdir. Kinoyali nutq haqoratdan farqli ravishda, yumordan xoli emas va xuddi shu holat salbiy emotsiya hamda munosabatni yuzaga chiqishiga imkon beradi. Shu asnoda, suhbatdoshning ustidan kulish, kamsitish kabi amallar bajariladi. Ushbu amallar qatoridan g‘azablanish, nafratlanish, mensimaslik, ko‘rolmaslik kabilar o‘rin olganida esa kinoya zaharxandalik mazmunini oladi. Bunday mazmundagi nutqiy akt o‘ta keskin munosabat vaziyatida faollashadi”[4]. Shunday qilib, kinoyali nutq kulish yoki kuldirish asosida kishiga salbiy ta’sir qiladigan, uni kamsitadigan nutq turi hisoblanadi. Mazax ham kinoya kabi tinglovchiga salbiy ta’sir qiladi. O‘TILda unga shunday ta’rif berilgan: Mazax [a. hazil, ermak]Masxara, kulgi; istehzo[6]. Mazax qilish ham kishini kamsitish, uning kamchiligi ustidan kulish maqsadida bajariladi. Mazax nafaqat so‘z orqali, balki yuz ifodasi orqali ham namoyon bo‘lib, kishiga qattiq ta’sir qilishi mumkin. Tanya unga qarab jilmaydi. So‘ng ortiga o‘girilib, Mohiro‘yga qaradi. -Mana, kuyov bolaning o‘zlariyam kelib qoldilar, — dedi u. Ayolning yuzida bir olam istehzo, mazax bor edi. “ Ko‘rib qo‘y, qanaqangi badnafs, beso‘naqay va badbashara odam sening ering bo‘ladi”, demoqchiday edi[8]. Kishining qadrini kamsitish, uni tahqirlash harakati “erga urmoq” iborasi bilan ham ifodalanadi. So‘kmoq 1 YOmon so‘zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq. 2 Umuman urishmoq, koyimoq[6]. So‘kmoq fe’li juda ham qo‘pol haqoratni anglatadi. So‘kish so‘zining lug‘aviy ma’nosi so‘kinish, haqorat so‘zlarni anglatsa-da bu so‘zni kishilar turlicha tushunadilar. O‘zbekistonning hududlar kesimida ham bu so‘z turlicha tushuniladi. Masalan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling