O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Asosiy qism. Erkin Vohidovning “Sen menga tegma”
sarlavhali she’ri “Men senga tegmay, sen menga tegma” maqolining qisqartirilgan shakli sifatida keladi. Mazkur she’rda ham shoir insonlardagi loqaydlik, befarqlik, dangasalik illatlarini o‘tkir hajv ostiga oladi. Jamiyatdagi yon- atrofda bo‘lib turgan voqea-hodisalarni ko‘rib ko‘rmaslikka, eshitib eshitmaslikka oladigan o‘ta loqayd kimsalarga qarata shoir qalbidagi nafrat tuyg‘usi maqol zamiridagi purma’no so‘zlarda o‘z in’ikosini topadi. SHe’r folklorda ko‘p qo‘llaniladigan tush motivi asosiga qurilgan bo‘lib, muallif tush vositasida o‘zining badiiy niyatini go‘zal tarzda o‘quvchiga yetkazadi: Eng sozi – men kar, Ko‘rmaydi ko‘zim. Dedim: har qalay Ters to‘nni kiyma. “Men senga tegmay, Sen menga tegma”[1]. “Tush o‘ziga xos ramziy tizimlari, ta’birlari, obrazlari ifodasi, badiiy talqini bilan jahon folklori uchun umumtarixiy- tipologik, o‘zbek xalq ijodi uchun etnik-tarixiy, badiiy-estetik hodisadir. ...Tush ko‘rish, ta’bir qilish tabiiy jarayon, biroq u badiiy asarda, folklor namunasida biror-bir vazifani bajarmasa, bevosita folklorshunoslik, umuman, adabiyotshunoslik obyekti bo‘la olmaydi”[2]. Darhaqiqat, adabiyotshunos olim ta’kidlaganidek, tush motivi folklorda mavjud hodisadir. Erkin Vohidovning 1991 yilda yozilgan “Tush” sarlavhali she’rida ham xalq og‘zaki ijodidagi tush motivi mavjud. Bu she’rda shoirning lirik qahramoni doimiy ravishda bir xil tush ko‘radi. Tush motivi orqali shoir ijtimoiy hayot voqealarini tasvirlaydi. Mustaqillikning dastlabki hayot voqealari izga tushmagan davrlarida odamlarning holati go‘yoki tunning davom etayotganiga o‘xshaydi[3]. YA’ni tun uzoq cho‘zilyapti va bu o‘z navbatida tong otishiga xalaqit beryapti. Shoirning mahorati shundaki, u she’rda ijtimoiy hayot voqealarini hech kimning shaxsiyatiga tegmagan holda boricha obrazli tarzda tasvirlaydi: Bir oy bo‘ldi, Takror-takror Men bir xil tush ko‘raman, Tushlarimda mudrab yurgan El ichida yuraman. Ular bilan Men hammudrab Asta qadam sudrayman. Bu - tush, deyman, Uyg‘on, deyman, Uyg‘onolmay mudrayman. Har tun shu hol, Falak bergan Bu ne balo qiynokdir! Ey xudoyim, Ey xudoyim, Kechang buncha uzoqdir[4]?! O‘tish davrining cho‘zilayotgani tunga qiyos etiladi. Shoirning “Sen menga tegma” deb nomlangan she’rida folklor motivlarini sintezlashgan holda qo‘llaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling