O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 332 -
SHe’r lirik qahramonning o‘zi ko‘rgan tushidan hayratlanish 
bilan boshlanadi va tushdagi voqealar tasvirlanadi. Voqealarda 
hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan holatlarni kuzatamiz. 
YA’ni folklorning ertak janriga xos bo‘lgan, odamga xos 
xususiyatlarni hayvonlarga ko‘chirish orqali badiiy tasvirning 
jonlantirish usulidan foydalanilgan. SHe’rdagi: 
Qo‘y so‘yib, yozib 
To‘kin dasturxon, 
Qashqirni tozi 
Qilmoqda mehmon. 
...Asal qutida 
Qovoq arilar... 
Kiyinib ukpar, 
Cho‘p ushlab qo‘lga, 
Qo‘shiq o‘rgatar 
Qarg‘a bulbulga[5],- fikrimizga dalil bo‘la oladi. 
She’rdagi “Agar halolsan, Tilingni tiyma!” misralari 
xalqimizdagi “Boshingga qilich kelsa ham rost gapir”, 
“Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi” maqollarining 
shoirona talqinidir.
Tush hodisasi tasvirlangan she’rlarni shoir ijodida 
ko‘plab uchratamiz. Hatto shoirning “Tush” sarlavhali hazil 
shaklida yozilgan she’ri ham mavjud bo‘lib, bunda u yumor 
bilan tush hodisasini uyg‘un holda ifodalaydi. SHe’r 1980 
yilda yozilgan bo‘lib, unda o‘sha davrdagi har bir shaxsning 
ijtimoiy turmush tarzi tasvirlanadi. Voqealar go‘yoki tushda 
sodir bo‘layotgandek, kosa tagida nimkosa usulida mahorat 
bilan hikoya qilinadi. 80-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tuzum va 
undagi xalqning ahvoli bir shaxs misolida atroflicha 
ko‘rsatiladi[6] va bevosita “dahshatli tush”ga qiyos etiladi. 
Shoirning tasvirlashicha, she’rdagi lirik qahramon roman 
yozayotgan yozuvchi asarining bosh qahramoni bo‘lib, 
yozuvchi uni qanday istasa u shu holatda namoyon bo‘ladi. 
Shoir ta’biri bilan aytganda: 
U ne desa, to‘tiqush monand 
Men ham tilga jo qilarmishman. 
Jarliklardan sakrab bepisand, 
Tekis yo‘lda qoqilarmishman. 
Nasib bo‘lmay mahbub visoli, 
Chekmoq kerak chog‘i nolalar 
Nutq so‘zlayman yorga, misoli, 
Gazetdagi bosh maqolalar. 
Lirik qahramon o‘z holatiga o‘zi hayron, hech bir ishni 
o‘z ixtiyori bilan bajarmayapti. Oxir oqibat “bozingarning 
o‘yinchog‘i”ga aylanadi. Bozingar – tojikcha so‘z bo‘lib, 
o‘yinchi, hiylagar, fokuschi, qimorboz[7] ma’nolarini 
bildiradi. 
O‘z-o‘zidan 
ma’lumki, 
roman 
yozayotgan 
yozuvchining rejalari bo‘yicha borayotgan lirik qahramon 
bozingarning qo‘g‘irchog‘iga o‘xshab qoladi: 
O‘zim hayron o‘z qilmishimga, 
O‘zim bilmam, nedir matlabim. 
Hozir qilib turgan ishimga 
To‘g‘ri kelmas hozirgi gapim. 
La’natlayman qaro iqbolim, 
Chidolmayman yurak dog‘iga, 
Bora-bora aylanib qoldim 
Bozingarning qo‘g‘irchog‘iga[8]. 
“Tush hodisasiga olis o‘tmishdan bugunga qadar hech 
bir ijodkor, u xoh og‘zaki, xoh yozma adabiyot vakili bo‘lsin, 
befarq qaramagan. ... Hozirgi zamon, jumladan, o‘zbek 
adabiyotining eng iqtidorli vakillari inson ruhiy olamini badiiy 
yoritish, qayta mushohada qilish, insoniyat taqdiri va 
kelajagini talqin etishda tush motiviga tobora ko‘proq 
murojaat qila boshladilarki, bu ham tarixan xalq og‘zaki ijodi 
bilan bog‘liq...”[9]. 
Yaxshiyamki, lirik qahramon uyg‘onib, barchasi tush 
ekanligini anglab yetadi. Manqurt misol topshiriqni bajaruvchi 
zamonlarning tush bo‘lishini orzu qiladi, istaydi. Bu o‘sha 
davrdagi ko‘pchilik vatanparvar, fidoyi insonlarning yurak 
dardi, orzularining badiiy talqinidir. 
Tahlillar natijasida anglashiladiki, Erkin Vohidov xalq 
og‘zaki ijodining tush motiviga murojaat qilish orqali 
insoniyatning ijtimoiy hayot davomidagi turli holatlarini 
tasvirlaydi. Real hayotda uchraydigan ayrim nohaqliklar, 
shaxsga nisbatan noto‘g‘ri munosabatni tush orqali tasvirlash 
bilan xalq dardiga malham izlaydi, ayrim odamlarni insofga 
chaqiradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling