O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Xuddi shu falsafa 
negizida jahon adabiyotida yangi talqin shakli – modernizm 
adabiyoti yetakchi o‘ringa chiqdi. J.Joys, M.Prust, F.Kafka, 
X.Borxes, J.-P.Sartr, A.Kamyu, T.Eliot, V.Vulf, U.Eko, 
B.Brext, S.Bekket, A.Adamov, E.Ionesko kabi yana ko‘plab 
modernistik adabiyot namoyandalari inson shaxsiga turli 
rakursda munosabat bildirdilar, uni har xil usullar bilan 
o‘rganishga urindilar, ayniqsa, insonning ichki, botiniy 
olamini, ruhiyatini, hissiyotini badiiy idrok etishga katta 
ahamiyat berdilar. Bu adiblarning aksariyati inson ruhiyati 
manzaralarini, unda kechayotgan tartibsiz jarayonlarni, ruhiy 
tushkunliklarni, real dunyodan qoniqmaslik, uni xaos deb 
bilishi, o‘z idealidagi dunyoni orzu qilishi, odamlar bilan 
bo‘lgan muloqotdan qoniqmaslik, yolg‘izlik, kimsasizlik kabi 
falsafiy, ijtimoiy-psixologik holatlarni ancha jonli aks 
ettirdilar. 
Xususan, ispaniyalik estetik Xose Ortega-i-Gassetning 
ta’kidlashicha, har bir insonning ichki-botiniy olamini tashkil 
qiluvchi holat-kechinmalari beadad bo‘lib, ong-tafakkur 
imkoniyatlari cheklangani bois ular o‘rtasida diqqat-e’tiborga 
sazovor bo‘lish uchun o‘ziga xos bellashuv kechadi. 
Mohiyatan, ko‘ngil va ruhiyatda kechadigan jamiki jarayonlar 
ayni shunday munavvarlik hududida ro‘y beradi [Гассет, 
2008:101].
Tadqiqot 
metodologiyasi. 
Bugungi 
aksariyat 
modernist yozuvchilar ijodida inson yolg‘izligi muammosi, 
muloqotda 
munosib 
suhbatdosh 
topolmay 
kimsasizlik 
vaziyatiga tushgan qahramonlarni gavdalantirish masalasi 
yetakchi motivlardan hisoblanadi.
Insonda 
kechadigan 
yolg‘izlik 
muammosini 
birinchilardan bo‘lib nemis psixoanalitigi Zigmund Freyd va 
uning maktabi vakillari o‘rgandilar. Ularning qarashlaricha, 
yolg‘izlik kishi shaxsiyatidagi narsissizm (o‘ziga-o‘zi 
mahliyolik, 
egoizm), 
takabburlik 
va 
agressivlikning 
hosilasidir. Ayrim psixologlarning fikricha, “Yolg‘izlik 
muammosi bilan shug‘ullangan psixoanalizning barcha 
vakillari fanga “yolg‘izlik sindromi” tushunchasini kiritib, 
uning shakllanishida individning ilk bolalik davridagi 
rivojlanishining 
ahamiyatini ko‘rsatib berganlar. Bola 
qurshovidagi insonlarning unga nisbatan mehr-muhabbati va 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling