ИСТОРИЯ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ СЛОВАРОВ В ЯЗЫКОЗНАНИИ
Аннотация
Данная статья посвящена истории паремиологических словарей в языкознании и их видам, таким как одноязычные,
двуязычные и полиязычные словари на генетически не родственных разных языках, таких как английский, узбекский и
др. Основное внимание уделено словарям пословиц как словарям пословиц, существующим и используются больше,
чем другие паремиологические словари как в истории, так и в настоящее время.
Ключевые слова: паремиология, пословица, поговорка, афоризм, загадка, словарь, одноязычие, двуязычие,
полиязычие.
TILSHUNOSLIKDA PAREMIOLOGIK LUG‘ATLAR TARIXI
Annotatsiya
Ushbu maqolada tilshunoslikdagi paremiologik lug‘atlar tarixi va ularning genetik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli
tillardagi, jumladan, ingliz, o‘zbek va boshqalardagi bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlar kabi turlari haqida fikr yuritilgan.
Xususan, mazkur ishda asosiy e’tibor maqol lug‘atlariga qaratiladi, chunki tarixda ham, hozirgi kunda ham mavjud va
qo‘llanilayotgan maqol lug‘atlari ularning soni jihatidan boshqa paremiologik lug‘atlarga qaraganda ko‘proqdir.
Kalit so‘zlar: paremilogiya, maqol, matal, aforizm, topishmoq, lug‘at, bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli.
Kirish. Tilshunoslik tarixida lug‘atlarning xilma-xil
ko‘rinishlari turli tillarda yaratilgan bo‘lib, ularning til
o‘rganish va undan foydalanishdagi o‘rni beqiyosligi olimlar
tomonidan ta’kidlab kelinadi. Insoniyat tarixida ilk lug‘atlar
taxminan ikki ming yil avval diniy so‘zlar tarjimasi va izohini
berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, asrlar davomida ularning
turlari hamda ko‘rinishlari ko‘payib bordi. Shu asnoda,
lug‘atlarning vazifalari hamda ishlatilish sohalari ham
kengayib bordi.
Turli tillarda bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli
lug‘atlarning ko‘plab yaratilishi XIX asrning oxirida boshlab
sezildi. Leksikografiya sohasiga oid ilmiy tadqiqotlar esa
jahon tilshunosligida XX asrning boshlarida ko‘paygan bo‘lsa,
mamalakatimiz tilshunosligida joriy asr boshlarida mazkur
sohaga oid ilmiy ishlar hamda turli sohaga oid lug‘atlarning
yaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, paremiologik
lug‘atlarning, ayniqsa maqollarning bir tilli, ikki tilli va ko‘p
tilli lug‘atlarining yaratilishi hamda paremiologiya sohasiga
oid ilmiy tadqiqotlarning himoya qilinishi oxirgi yillarda
mazkur sohaga bo‘lgan e’tiborni yaqqol namoyon qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |