O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Maqol
insonlarning hayotiy tajribalari va ko‘nikmalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy hamda salbiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi xulosali tugal ma’noga ega gap ko‘rinishidagi murakkab til birligidir. Maqollar asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga keladi. Maqollar uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, ko‘p hollarda qofiyadoshlik, ba’zan ko‘p ma’nolilik, majoziy ma’noga boylik kabi xususiyatlar xosdir. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to‘playdi, shu tajribani turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqollar ana shunday bebaho ma’naviy merosimiz hisoblanadi. Maqolga turlicha ta’riflar berilgan. Masalan, O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida maqolga quyidagicha ta’rif berilgan: «Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri; qisqa va lo‘nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli gap. Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilm-hunar, do‘stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida rang-barang maqollar yaratilgan. ... Matalda narsa tasviri, uning xarakteristikasi beriladi, maqolda esa to‘la tugallangan fikr – xulosa ifodalanadi» [6]. O‘zbek tilining izohli lug‘atidagi maqolning ta’rifi ham mazmunan yuqorida berilgan ta’rifni takrorlaydi: «Maqol [a. (arabcha) maqola, kichik asar; so‘z, nutq] Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. Maxdum ... «Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar» maqoli ko‘p to‘g‘ri so‘z, deb o‘ylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. A.Qodiriy. «Mehrobdan chayon» [4]. «Maqol termini arabcha «qavlun» – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan [3]. O‘zbek tilshunosi A.Hojiyev maqolga quyidagicha ta’rif beradi: «Maqol – chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida ritmik- melodik xususiyatlarga ega bo‘lgan folklor janr. Maqollarda xalqning ko‘p yillik tajribalari, hayot hodisalarining ma’lum bahosi (unga munosabat) aks etadi... » [7]. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling