O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 232 -
O‘zbek xalq maqollarini to‘plash va tadqiq qilishning 
ilk ko‘rinishlari uzoq tarixga borib taqaladi. YA’ni, XI 
asrdayoq mutaffakkir M.Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit 
turk» [8] asarida 400 ga yaqin maqol va matallarning tahlilini 
keltirib o‘tadi. Bundan tashqari Muhammad Sharif 
Gulxaniyning «Zarbulmasal» [2] asarida ham 300 dan ortiq 
maqollar berilgan. Vengriya davlatiga borib, u yerdagi Fanlar 
akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan vatandoshimiz Mulla Ishoq 
ilk marotaba 1865 yil Xorazm shevasidagi 44 ta o‘zbek 
maqollari, ertak va topishmoqlari to‘plamini chop ettirgan. 
1867 yilda esa vengriyalik olim H.Vamberi o‘z ichiga 112 ta 
maqol va ularning nemis tiliga tarjimasi kiritilgan «Chig‘atoy 
tili darsligi» kitobini nashrdan chiqardi [5]. 1902-1908 yillarda 
vatanimizga safar qilgan A.N.Samoylovich ham folklor 
ishlarini o‘rganish asnosida bir qancha doston, ertaklar bilan 
birga maqollarni ham yozib olib, 1909-1910 yillarda 
Peterburgdagi «Rus arxeologiya jamiyatining sharq bo‘limi» 
nashrida chop ettirgandi. Keyinchalik mazkur yo‘nalishdagi 
ishlarni N.V.Ostroumov va V.Divayevlar davom ettirishdi.
O‘zbek tilidagi maqollarning turli xarakterdagi va turli 
hajmdagi to‘plamlari B.Rahmonov (1924), Sh.Jo‘rayev 
(1926), 
H.Zarifov 
(1939, 
1947), 
B.Karimov 
(1939), 
Sh.Rizayev, O‘.Azimov va O‘.Xolmatov (1941), M.Afzalov, 
S.Ibrohimov va S.Xudoyberganov (1958, 1960, 1965, 1978), 
R.Jumaniyozov (1964, 1967, 1970), E.Siddiqov (1976, 1986), 
B.Sarimsoqov, I.Haqqulov, A.Musoqulov va R.Zarifov 
(1978), B.Sarimsoqov, A.Musoqulov va M.Madrahimova 
(1981, 
1984), 
H.Berdiyorov 
va 
R.Rasulov 
(1984), 
Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedov (1987, 1990, 2001), 
T.Mirzayev, B.Sarimsoqov va A.Musoqulov (1989, 2005) va 
boshqalar tomonidan, shuningdek, maqollarning boshqa (shu 
jumladan, ingliz, rus, fors, nemis) tillardagi muqobillari va 
tarjimalari berilgan nashrlari U.Poshali (1975), N.Gatsunayeva 
(1988), M.Sodiqova (1993, 2005), K.M.Karomatova va 
H.S.Karomatov (2000), Sh.Mirzo (2000), H.Ibrohim (2002), 
M.Abdusamatov 
va 
F.Xamidxonova 
(2006) 
[1], 
N.E.Abdullayeva (2019) [11] hamda boshqalar tomonidan 
yaratilgan bo‘lib, ushbu lug‘atlar o‘zbek tilidagi ko‘plab 
maqollarni o‘z ichiga qamrab olgan. O‘zbek xalqining nutqida 
turli-tuman maqollarni tez-tez uchratamiz va har gal ulardagi 
ma’no bo‘yoqdorlikning takrorlanmas kuchini his qilamiz. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling