O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 233 -
Xulosa va takliflar. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash 
lozimki, turli tizimli tillarda matal, aforizm, topishmoqlar 
qatorida maqollar amalda ko‘proq qo‘llaniladigan paremalar 
hisoblanadi, shu sababli maqollarning bir tilli, ikki tilli va ko‘p 
tilli lug‘at va to‘plamlari son hamda tur jihatidan matal
aforizm, topishmoqlarnikidan sezilarli darajada ko‘pdir. 
Binobarin, jahon tilshunosligida paremilogik lug‘atlar orasida 
aynan maqollarni o‘z ichiga olgan turli lug‘atlarining 
yaratilishiga qaratilgan ilk urinishlar uzoq tarixga borib 
taqaladi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan holatdan tashqari maqollarni 
o‘rganishda yana bir muammoli holatni ham ko‘rib chiqish 
lozim: maqollar insonning hayotiy tajribalaridan kelib chiqadi, 
hayotning turli jabhalarini o‘zida aks ettiradi, lekin tilga yangi 
kirib kelgan yoki hozirgi kunda nutqda ko‘p qo‘llaniladigan 
ko‘plab tushunchalar va so‘zlar maqollarda uchramaydi. 
Masalan, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarda televizor
telefon, mashina, kompyuter, internet kabi so‘zlar umuman 
ko‘zga tashlanmaydi, holbuki ular hozirgi kunda yangi so‘zlar 
hisoblanmaydi. Bundan ko‘rinadiki, maqollarning rivojlanishi 
tilning rivojlanishidan doimo muayyan vaqt hisobida orqada 
qoladi. Maqollar tildan tilga o‘tishi, o‘zgarishi, muomaladan 
chiqib, yo‘qolib ketishi ham mumkin. Muayyan bir til 
tarkibida yangi maqollarning paydo bo‘lishi ham til 
taraqqiyotida uchrab turadigan holatlardan biridir. Bunday 
holatlarning sodir bo‘lishi ko‘proq qo‘shni millatlar orasida 
ko‘zga tashlanadi. Bir tildagi maqol ikkinchi tilga tarjima 
qilinganda mazkur maqol ikkinchi tilga singib ketishi va 
muomalada qo‘llanila boshlanishi maqolning bir tildan 
ikkinchi tilga kirib kelishiga sabab bo‘ladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling