O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

 
Kirish. Avvalo, nominasiya termini ostida qanday 
tushuncha yotishini aniqlab olish zarur. Nominasiya lotincha 
nominatio so‘zidan olingan bo‘lib, nomlash, nom berish 
ma'nosini anglatadi. Tabiatning ajralmas bir qismi bo‘lgan 
inson o‘zini qurshab turgan borliqni bilib borishi va 
o‘zlashtirishi jarayonida o‘z hayot tajribasi ob'ekti bo‘lgan 
barcha narsaga, ulariing turli belgi-xususiyatlari, holat va 
harakatlariga ham nom bergan. Hatto, hali o‘zi tushunib 
yetmagan, faqat tasavvurida yaratgan predmet va hodisalarga 
ham nom bergan. Bir denotatning nomi sifatida yuzaga kelgan 
nom hali insoi tomonidan nomlanmagan boshqa bir denotatni 
atashga jalb qilinadi. So‘zning ikkinchi marta nomlash 
vazifasiga jalb qilinishidan ikki maqsad ko‘zlaigan bo‘ladi: 
birinchi maqsad - nomi yo‘q denotatga nom berish bo‘lsa, 
ikkinchi maqsad - ifoda maqsadiga, ya'ni nutq predmetiga 
nisbatan shaxsniig munosabatini bildirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Ikkinchi ko‘rinish ko‘pincha ataylab amalga oshiriladi Bizga 
ma'lumki, har qanday tilda insonning o‘zaro fikr almashuvida 
ishtirok etayotgan leksik birliklarning paydo bo‘lishi 
nominasiya masalasi bilan bog‘likdir. Masalaning bu jihati 
nominasiya haqida to‘xtalib o‘tishni taqozo etadi. 
Tilshunoslikda shunday xulosa mavjud: ma'lum bir denotatni 
bildiruvchi ikki so‘zning o‘zaro farqi bo‘lmasa, til ertami-
kechmi ulardan birini muomaladan uloqtirib tashlaydi yoki 
ularni boshqa- boshqa uslubga ixtisoslashtirib oladi. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. So‘zlarning 
tarixiy jihatdan qanday paydo bo‘lganligi bizga qorong‘i, lekin 
shu narsa aniqki, so‘zlar nom sifatida paydo bo‘lgan. Biroq 
tarixda so‘zning nom sifatida paydo bo‘lishi hozirdagidan, 
keyingi paytlarda paydo bo‘lishiga nisbatan birmuncha farq 
qilgan bo‘lishi kerak. Ba'zi ma'lumotlar so‘zlarning qo‘llanishi 
inson amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lganini 
ko‘rsatadi. Masalan, quyi darajada rivojlangan ba'zi qabilalar 
nutqini ma'lum sharoitdan tashqari holda tushunish mumkin 
emasligini tadqiqotchilar qayd etib o‘tishgan [4]. 
Keyingi yillarda psixolingvistika ham tilning nutqiy 
faoliyatdagi xizmatini o‘rganishga katta e'tibor bermoqda. 
Mazkur fan nutqiy faoliyat nazariyasi nomi bilan maydonga 
kelib, nutqning voqe bo‘lishi masalalarini o‘rganmoqda. 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmokdaki, til dalillarini inson 
omili, jumladan, uning ruhiy holati bilan bog‘lab o‘rganishga 
katta e'tibor zarur. Bu esa, o‘z navbagida, til nominativ 
birliklarining ifoda imkoniyatlarini o‘rganishga, ular orqali 
ekspressivlikning yuzaga kelishi mexanizmini ochishga, shu 
bilan birga, tilning turli sathlariga mansub birliklarning yuzaga 
kelish jarayoni, ularning o‘zaro ma'noviy munosabatlarini 
anglashga va tavsiflashga, qonuniyatlarini belgilashga katta 
yordam beradi. 
Psixolingvistlarning ta'kidlashicha, nom ijtimoiy va 
psixologik zaruriy hodisadir. S.Lemning yozishicha: yangi 
so‘zlar yangi sharoitga xos kontekstlarda, ya'ni ularga ehtiyoj 
sezilganda yuzaga keladi, aftidan ularni yuzaga keltiruvchi 
sharoitlar ta'sirida kimdir “etimologik o‘zak”ni bir martali 
favqulodda qayta yasashga jalb etishi, sodda qilib aytganda
ifoda maqsadi ta'sirida o‘ylab topishi zarur [5]. Bu fikrlar nom 
paydo bo‘lishining favqulodda xarakterini ko‘rsagish bilan 
birga, uning ifoda maqsadi ta'sirida individ tomonidan 
yaratilishini ham aks ettiradi. 
Nomning paydo bo‘lishidagi individuallikni boshqa 
olimlarning 
ishlarida 
ham 
uchratamiz. 
Masalan, 
B.A.Serebrennikov: «Tildagi barcha yangilikni boshlanishida 
shaxs yaratadi, keyinchalik bu yangilik tarqaladi, jamiyatning 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling