O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 306 -
boshqa a'zolari tomonidan qabul qilinadi yoki inkor etiladi. 
Tildagi har bir yangilik alohida shaxs tomonidan yaratilsa 
ham, biroq uning takdiri jamiyatga bog‘likdir. Yangi paydo 
bo‘lgan so‘z yoki shaklning takdirini belgilaydigan ichki 
lisoniy va tashqi siyosiy omillarning g‘oyat xilma-xilligiga 
qaramay, hal qiluvchi rol' doimo jamiyatga tegishlidir. Tilni 
haqiqiy ma'noda jamiyat yaratadi va shakllantiradi» [7]. 
Bu o‘rinda keltirgan ko‘chirmalardan bizning 
maqsadimiz: biror iarsaga, belgi, holat va harakatga berilgan 
nom dastlab shaxs tomonidan berilishini va, shu bilan birga
uning ijtimoiylik kasb etishi muayyan til jamoasi tasdig‘idan 
o‘tishi bilan bog‘likdigini ta'kidlashdan iborat. 
Tilda yangi paydo bo‘lgan so‘z ijtimoiy hodisa, uning 
ijtimoiy hodisa ekanligiga dalil esa til jamoasi leksikonidan 
joy olishidir va tayyor holda o‘zgarishsiz nutq faoliyatida 
qo‘llanishidir. 
Ikkilamchi nomlash asosida yuzaga kelgan nomlar 
haqida o‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida 
qator ishlarda so‘z yuritilgan. Demak, o‘zbek tilshunosligi 
uchun 
ikkilamchi 
nomlash 
yangilik 
emas. 
Xususan, 
S.Ibrohimovning 
“Farg‘ona 
shevalarining 
kasb-hunar 
leksikasi” nomida e'lon qilingan fundamental tadqiqotida 
birmuncha keng mulohaza yuritilgan, faqat unda bu hodisa 
ikkilamchi nomlash sifatida qayd etilmagan. Ushbu tadqiqotda 
“Narsa va hodisalarga ularning belgilariga ko‘ra nom berilishi 
haqida”gi qismda quyidagilarni o‘qiymiz: 
“Ishlabchiqarish 
terminlarining 
leksik-semantik 
tuzilishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, terminlar kasb – hunar 
ahllarining narsa va hodisalarga, ularning belgilarini to‘g‘ri 
tushunish hamda boshqa narsa va hodisa belgilariga o‘xshatib, 
qiyoslab, obrazli tushunish yo‘li bilan tuziladi ” [3].
Muallif Farg‘ona metallsozlari nutqida ishlatiladigan 
terminlarni 
shakllantirishda 
o‘xshatish 
prinsipidan 
foydalanganlarini 
keltiradi 
va 
o‘xshatishning 
sakkiz 
ko‘rinishida amalga oshirilganini qayd etadi: 
I.Inson va uning a'zolariga o‘xshatish: poytesha, 
kallak, oyoq//ayaq, emchak, yurak. 
II.Hayvonning a'zolariga o‘xshatish: baliq ko‘zi, tovuq 
ko‘zi; baliq og‘iz, baliqsirti egov, baqabosh bilakuzuk, 
baqaog‘iz ombir, ilonbosh ombir, ilonbosh uzuk, itoyoq ombir 
kabi. 
III.Qushlar va ularning a'zolariga o‘xshatish: 
kaptarbo‘yin, qushpichoq, kaptardumi, o‘rdaktumshuq ombir, 
tovuqko‘zi, chumchuqtili kabi. 
IV.Hashorat va mayda jonivorlarga o‘xshatish: 
kanazira, zulukzira, pashshaqanot kabi. 
V.O‘simlikka o‘xshatish: arpako‘zyigna, anjirbaldoq, 
lolagul, 
shobarg, 
g‘uncha, 
bodomcha, 
bodombargi, 
g‘o‘zapo‘choq, bargi mug‘ilon, gultojig‘o‘roz kabi. 
VI.Turli xil asbob va qurollarga o‘xshatish: g‘alviraki 
zira, obtova samovar, qumg‘on samovar, qalqon kabi. 
VII.Samoviy jismlarga o‘xshatish: abrband, oybolta, 
oyboldoq, oynusxa o‘roq, yulduz. 
VIII.Arabcha harfga o‘xshatish: madoxil, oba, ova // 
vova, hamza qalam kabi. 
Aytish 
lozimki, 
S.Ibrohimov 
o‘zbek 
ilmiy 
terminologiyasining tamal toshini qo‘ygan va uning rivoji 
uchun jonbozlik ko‘rsatgan olim edi. Bu borada uning 
quyidagi fikrlari ibratlidir: 
“Hamma tarmoqlar yuzasidan ilmiy terminologiya 
yaratish dastavval bir qancha nazariy masalalarni hal qilib 
olishga, chunonchi, termin nimayu so‘z nima ekanini va 
bularning o‘rtasidagi munosabatlarni puxta aniqlashga, 
terminologiyaning ilmiy prinsiplarini yaratishga bog‘liqdir. 
Xalq 
tomonidan 
asrlar 
mobaynida 
yaratilgan 
boy 
terminologiyaning qonuniyatlarini o‘rganmay va hisobga 
olmay turib, bunday nazariy masalalarni maqsadga muvofiq 
hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun tilimizning hamma 
dialektlari yuzasidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, san'at va 
boshqalarga oid xalq terminlarini (qo‘l mehnati va mashina 
industriyasi davrlarining leksik materiallarini) ayrim-ayrim 
to‘plab, boy leksik material fondi yaratish va ular yuzasidan 
alohida-alohida tadqiqotlar o‘tkazish zarurdir”[3]. 
Shu bilan birga, olim o‘z tadqiqot ob'ekti yuzasidan 
olib borgan ishlari tajribasiga tayangan holda ishlab chiqarish 
leksikasini tekshirishni uch bosqichda amalga oshirish 
zarurligini belgiladi: 
“Birinchi bosqichda kasb-hunarga oid termin va 
iboralarni to‘plash, ikkinchi bosqichda ularni tartibga solish, 
klassifikasiyalash va dastlabki lingvistik kuzatishlar bilan 
seriyali to‘plamlar tarzida bosmaga tayyorlash va nashr ettirish 
lozim. Uchinchi bosqichda kasb-hunar terminlarini chuqurroq 
o‘rganib, monografik tadqiqotlar yaratish lozimdir”. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling