O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 242 -
2) mutasiyalar - metafora, metonimiya ta’sirida 
yuzaga kelgan nominatsiyalar,
3) ongli ravishda (lug‘at tarkibiga kiritish maqsadiga 
yo‘naltirilgan nutq) vujudga kelgan sun’iy nominatsiyalar,
4) "patologik" nominatsiya, lisoniy mezonlardan 
og‘ishish, ekstralingvistik faktorlar evaziga hosil bo‘lgan 
nominatsiyalar. [2.313] 
Nominatsiyani vazifa va kelib chiqish jihatidan 
ikkiga bo‘lish mumkin: 
1) 
avvaldan mavjud bo‘lgan (yoki hoz. tilda 
tub deb qaraladigan) nominatsiya, 
2) 
yasama (ma ‘no va so ‘z yasalishiga ko‘ra) 
nominatsiya. 
Avvaldan mavjud bo‘lgan nominatsiya birlamchi 
nominatsiya sanaladi. Tillar o‘zlashma so‘zlar, ikkilamchi 
nominatsiya hisobiga, yani nominatsiya jarayonida oldindan 
mavjud bo‘lgan birliklarning fonetik shaklidan yangi 
ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga 
boyib 
bormoqda. 
Birlamchi 
nominasiya 
ma’lum til 
so‘zlovchilari tomonidan dastlabki nom tarzida idrok qiluvchi 
so ‘zlar bo‘lib, bular suv, tog‘, ichmoq, qora kabilar. Bunday 
nominatsiyalarning ikkilamchi shakli etimologik yoki tarixiy 
tahlil orqaligina aniqlanishi mumkin. Ikkilamchi nominatsiya 
tilda tasviriy vositalar, perifraza va idiomalarni tashkil qiladi.
I
kkilamchi nomlashlar orqali lug‘aviy birliklar ma 
‘nosining ortib borishi kishilik jamiyati taraqqiyotining qaysi 
bosqichlarida paydo bo‘lgan degan savolning tug‘ilishi tabiiy. 
Hozirda bunga javob berish juda qiyin. Tarixiy ma’lumotlarga 
ko‘ra, ikkilamchi nomlashga aloqador faktlar antik davr 
faylasuflari mulohazalarida ham mavjud. Xususan, qadimgi 
yunon mutafakkirlari Geraklit va Demokrit qarashlari tufayli 
yuz bergan “nomning tabiiyligi yoki shartliligi” haqidagi 
bahslarda bunga ishoralar bor: Efeslik Geraklit (er.ol. 540 - 
480 yillar) fikriga ko‘ra, nom o‘zi ifodalagan narsa bilan zich 
bog‘langan bo‘ladi, nomlarda narsalarning mohiyati ochiladi. 
Xuddi narsalarning soyasi yerda, daraxtlarning aksi suvda, 
yoki o‘z aksimiz ko‘zguda aks etganidek, nomlar o‘zi 
ifodalagan narsalarning tabiyligini aks ettiradi [5.11]. 
Ikkilamchi nominatsiyaning mohiyati mavjud leksik 
vositalardan ularga nom berishning yangi funksiyasida 
foydalanishdir. Hech bir mustaqil so ‘z yoki uning elementi 
fikrni aniq, yetarlicha ifoda yeta olmaydi. A. Superanskaya 
ikkilamchi nominatsiya-bu til iqtisodiyotining manbai 
ta’kidlab, u bilimlarning yangi ma ‘nolari va referentlarini 
belgilash uchun ifoda rejasining ma’lum bo‘lgan birliklarini 
jalb qilish usuli deya izohlaydi. Olim atamalar va so‘zlar 
nomenklatura uchun bitmas-tuganmas zahira, chunki ular 
orqali umumiy tushunchalar va qoidalarni konkretlashtirish va 
aniqlashtirishni aytadi [13.114]. 
Xulosa. 
Takroriy 
nominatsiyalarni 
dunyo 
tilshunosligida o‘rganilar ekan, ularning paradigmatik va 
sintagmatik munosabatlari tadqiqi ularni nazariy jihatdan 
kengroq tushunishda yordam beradi. Shuningdek, nominatsiya 
yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar tushunchalarni 
aniqlashtirishda asosiy ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling