Tahlillar va natijalar. Nominativ ma‘no – biror
narsa, belgi yoki harakatning nomi bo‘lib xizmat qiluvchi
ma‘nodir. Nominativ ma‘no voqelik bilan bevosita bog‘lanib
nomning bosh ma‘nosini anglatadi. Masalan, gul-
leksemasining nominativ ma‘nosi o‘simlik turlaridan biri, shu
leksemaning o‘z ma‘nosi bo‘lsa, yigitlarning guli- kabi
bog‘lanishda ko‘cha, figural ma ‘no kasb etadi va sara,
noyob kabi ma‘noni anglatadi. Figural ma‘nolar badiiy
matnlarda obrazlilik, majoz hosil etish uchun xizmat qiladi.
Baskakov figural ma‘no ba’zan xuddi nominativ ma‘nodek
ifodalanishini ta’kidlaydi va shu ma‘noni anglatuvchi leksema
(nominativ ma‘no) bo‘lmaydi, topilgan izohlar ham biror
leksemaning figural ma‘nosi bo‘lishi mumkinligini e’tirof
etadi. Masalan, tuz- leksemasining gapning tuzi- birikmasidagi
ma‘nosini qaymoq-, mag‘iz- leksemalarining figural ma‘nosi
orqaligina izohlash mumkin: gapning mag‘izi-, gapning
qaymog‘i- kabi
.
.
Mazkur holatda leksemaning sinonim bo‘la oladigan
nominativ ma ‘nosi topilmagan chog‘da, figural ma ‘no deb
belgilanadi. Har bir leksema faqat bitta bosh ma ‘noga ega
bo‘ladi. Lekin figural ma ‘nosi bir necha bo‘lishi mumkin.
Nominativ ma ‘noni belgilashda shu ma ‘no voqelikdagi narsa
– predmetning nomi bo‘lishi, u bilan bog‘lanish kasb etishi
talab etiladi. Masalan, til- leksemasining bosh to‘g‘ri ma‘nosi
- og‘izda joylashgan va ta’m-maza bilishga xizmat qiladigan
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324
FILOLOGIYA
https://science.nuu.uz/
Social sciences
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |