O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

1/5 2023 
- 241 -
a’zo. Uning hosila ma ‘nosi leksemasining nutq a’zosi ma 
‘nosida qo‘llanilishidir [10.90]. 
Demak, leksemaning voqeylik bilan bog‘lanib, unga 
xizmat qiluvchi ma ‘nosi nominativ ma‘no sanaldi. Xosila 
ma‘no voqelik bilan bevosita bog‘lanadi, voqelikning nomi 
bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli nominativ ma‘no hisoblanadi. 
Shu leksemaning yana til- nutq, til- fikrlashuv quroli bo‘lib 
xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisa, til- ma’lumot olish uchun 
tutib keltirilgan asir, til- puflab chalinadigan muzika 
asbobida havo oqimiga to‘siq vazifasini bajaruvchi qism kabi 
leksik ma ‘nolari bor. Bu ma ‘nolar ham - shu leksemaning 
nominativ ma ‘nolari, chunki ular o‘zi anglatadigan 
voqelikning nomi bo‘lib xizmat qiladi, voqelik bilan bevosita 
bog‘lanadi. Til- leksemasining nozik tomon, sir 
(dehqonchilikning tilini bil-, mashinaning tilini bil-), 
ifodalanayotgan tuyg‘u, kechinma (kuyning tili-) kabi ma 
‘nolari – figural leksik ma ‘nolar.
.
Nominativ ma‘no eskirgan bo‘lishi yoki so‘z 
yasalishida yangi ma‘no kasb qilgan bo‘lishi mumkin. 
Masalan: basir- (arabcha, ma‘nosi - ko‘ruvchi: Basir bo‘lgur 
– ayollarning "teskari" qarg‘ishlaridan), baxsh- (tojikcha, 
ma‘nosi - atash: baxsh et-), bahr- yoki bahra- (arabcha, 
ma‘nosi - 

hissa



nasiba



foyda

: bahra ol-), ado- (tojikcha, 
ma‘nosi - 

o‘tash



bajarish

: ado et-), yit- (yo‘qolib-yitib ket-
), sun- (bo‘ysun- < bo‘yin sun-) kabi. 
Nominativ ma‘noni ayrim olimlar nominatsiya atamasi 
bilan 
bog‘lab 
o‘rganadilar. 
Ayrimlari 
esa 
bu 
kommunikasitsiyaga kirishish jarayoni deya ta’kidlaydilar. 
Nominatsiya (lot.nominatio - nomlash, nom qo‘yish, 
atash) (tilshunoslikda) - nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan, 
ya’ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib 
ko‘rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish 
uchun xizmat qiladigan til birliklari - so‘zlar, so‘z birikmalari, 
frazeologizmlar 
va 
gaplarni 
xosil 
qilishdir 
[2.142]. 
Nominatsiya jarayonining natijasi hisoblangan ma ‘noli til 
birligi ham ayni shu termin orqali ifodalanadi.
G.Kolshanskiy 
"nominatsiya" tushunchasi va termini 
tildagi ma‘nodor birliklarning (so‘z, so‘z formalari, gaplar) 
hosil bo‘lishi va qanday atash haqidagi tilshunoslik nazariyasi 
va 
metodlari 
bilan 
bog‘liqligini ta‘kidlaydi [1.109]. 
Nominatsiya asli biror narsani ko‘rsatib yoki nomlabgina 
qolmay, uning kommunikatsiyaga kirishish jarayoni hamdir. 
Shuning uchun nom qo‘yishda narsani ongda aks ettirish va 
shu aytilayotgan narsani shakli kabilar bilan, hamda borliq 
bilan 
bevosita 
bog‘liqligi, 
shuningdek, 
grammatik 
xususiyatlarga ham ega bo‘lishi ahamiyatli hisoblanadi [4.68]. 
Nominatsiyani 
tipologik 
klassifikatsiya 
qilish 
natijasida uning quyidagi aspektlari aniqlangan. 
I. 
Nominatsiyalar iyerarxiyasi.
II. 
Nominatsiyalarning funksiyalari, 
III. 
Ataluvchi ob‘yekt (nominat)’.
IV. 
Nom qo‘yishning strukturasi (tashqi formasi). 
V. 
Nom qo‘yish vositalari (shu jumladan, ichki 
formasi). 
VI. 
Nutq sub’yekti va adresati (shu jumladan, sotsial va 
informativ aspektlari hamda sub’yektning ob’yektga bo‘lgan 
sub’yektiv munosabati). 
VII. 
Nominatsiyalarning 
paradigmatik 
aspektdagi 
munosabatlari. 
VIII. 
Nominatsiyalarning 
sintagmatik 
aspektdagi 
munosabatlari [2.142].
So ‘zlar etimologik jihatdan sub’yektivligi, so ‘zning 
ushbu jihatdan ob’yektiv tabiati bilan bog‘liq emasligidan 
dalolat beradi. Bunda so‘zlarning konkret va abstrakt 
tushunchalar birligi sifatida talqin etiladi. Nominatsiya 
nazariyasida so ‘zning etimologiyasiga e’tibor beribgina 
qolmay, uning ma ‘no doirasining kengayishini ham o‘rganish 
zarurligi aytiladi. Nominatsiyalar tilda leksik, grammatik, 
stilistik vositalar yordamida ham yuzaga keladi. Leksik 
vositalar orqali nom qo‘yish mustaqil nominativ funksiyaga 
ega bo‘lsa, grammatik va stilistik vositalar yordamida tuzilgan 
nomlar mustaqil nominativ funksiyaga ega emasligi 
ta’kidlanadi. Masalan, tulki (hayvon) va tulki (odam) kabi. 
Ushbu misoldagi nom ko‘chishi stilistik nominatsiyani tashkil 
etadi. Grammatik vositalar bilan nomlash ham tilda o‘ziga xos 
xususiyat kasb etadi: Bu — qiyin ish (masala); qiyin ishga 
(masalaga) qo‘l uribsiz. Akam ishga ketdi (korxona). Bu 
misolda nominatsiyaning semantik jihati ish – jarayon, ish-
o‘rin-joy ma ‘nolari kabilarni aks ettirishida angalashiladi.
Nominatsiya, boshqa ko‘plab lingvistik atamalar 
singari, ko‘p ma ‘noli xususiyatda ham aks etadi. 
"Nominatsiya" atamasining turli xil ma ‘nolarda ishlatilishini 
V.G.Gak quyidagicha qayd etadi: [2.312] 
1. 
Nominatsiya 
atamasi 
nomlash 
jarayonini 
bildiruvchi nom dinamik jihatdan va statik jihatdan ishlatilishi 
mumkin. Bu terminologiyada ham, so ‘zlarning kundalik 
ishlatilishida ham namoyon bo‘ladigan muntazam leksik 
polisemiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. 
2. Nominatsiya atamasi munosabatni aks ettirib, 
nomni tovush kompleksi yordamida belgilash uchun 
ishlatiladi. Bunda kundalik nutqda ishlatiladigan, axborot 
tashuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
3. Nominatsiya atamasini keng va tor tushunish 
tipologiyani yaratish uchun juda muhimdir. Uni tor ma ‘noda 
foydalanishda alohida so ‘zlar va iboralar yordamida 
ob’yektlarni belgilash tushuniladi, ya’ni ob’yekt yoki 
narsalarga ism qo‘yish kabi.
4. Ism-predmet munosabatlari nominatsiyaning 
yadrosi, asosiy turini tashkil qiladi. Lingvistik nominatsiya 
tushunchasining kengayishi uning mazmun jihatdan ham
strukturaviy jihatdan ham nominatsiya vositalari orqali rasmiy 
ravishda kengroq tushunish bilan bog‘liq. Bunda maxsus 
lingvistik fan sifatida nominatsiya nazariyasining predmeti 
umumiy qonuniyatlarni o‘rganish va tavsiflash, lingvistik 
birliklarning shakllanishi, fikrlash, o‘zaro ta’sir, nominatsiya 
asosidagi xususiyatlarni tanlashda inson (pragmatik) omilning 
roli kabilar bilan belgilanadi [9.141]. 
So‘zlardan foydalanish qonuniyatlarini tushunish 
uchun ularni uchta darajaning o‘zaro ta’siri fonida ko‘rib 
chiqish kerak: haqiqat, fikrlash (mazmun rejasi) va til shakllari 
(ifoda rejasi). So‘zning munosabati, so‘z bilan ifodalangan 
tushuncha va so‘z bilan ko‘rsatilgan ob’yekt ko‘pincha 
quyidagicha tasvirlangan: 1) mavzu-vaziyat; 2) so ‘z(so ‘z) - 
ifoda rejasi; 3) tushuncha (mazmun rejasi). Nutq aktida biz 
bitta so ‘z bilan emas, balki butun bir jumlabilan bu alohida 
mavzuni emas, balki vaziyatni tavsiflaymiz. Elementlar 
vaziyatning ma’lum jihatlarini tavsiflaydi. Har bir jihat ichida 
o‘ziga xos xususiyat aniqlanadi. Bunda nominatsiyaning ichki 
va tashqi kabi farqlovchi jihatlari aniqlanadi.
Ma’lum bir tushuncha, predmet, belgi, muayyan 
belgilari bo‘lgan predmet yoki butun bir voqea-hodisa kabilar 
nominatsiyaning ob’ekti hisoblanadi. Nominatsiyalar ushbu 
jihatlariga ko‘ra lug‘aviy va propozitiv (so ‘z birikmasi va gap 
shaklidagi) nominatsiyaga bo‘linadi. Nominatsiyasining ichki 
shakli nomlash jarayonida asos sifatida tanlab olinadigan 
belgilar bo‘lib, bunda ayni bir ob’ekt o‘zining turli belgilari 
asosida turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, "o‘quvchi 
kitobi" - mo‘ljallanganlik; "katta bog‘" - hajm, shakl belgisi 
kabi.
Ichki shakli bir xil bo‘lgan ayrim nomlar tashqi 
shakllari bilan farqlanadi. Bu xususiyatni aniqlash nomlash 
jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan 
belgilanadi. Masalan: "Nuroniy" - "keksa odam" - "chol" kabi. 
Rus tilshunoslari nominatsiyaning to‘rt turga 
ajratadilar:
1) hosil bo‘lishiga ko‘ra normal yohud tabiiy 
nominatsiyalar,



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling