Adabiyotlar taxlili. V.I.Koduxov til birliklarini
bajaradigan vazifasiga ko‘ra uch turini: nominativ,
kommunikativ, qurilish birliklarini farqlaydi [6.105].
Olim tilning asosiy nominativ birligi deb so‘z, qavslar
ichida esa bu birlikni leksema deb ham nomlaydi; lekin
keyingi o‘rinlarda so‘z termini bilan leksema termini teng
kelavermasligini, leksema termini bilan nominativ birlikkina
nomlanishini ta‘kidlaydi. Xuddi shu yilda nashr qilingan
“Russkiy yazik. Ensiklopediya” kitobiga yozgan maqolasida,
so‘zdan (leksemadan) tashqari, nominativ birliklar ham
mavjudligini aytib, frazeologizm, tarkibli termin, tarkibli
nomlarni ham nominativ birlik deya misol keltiradi [7].
Sh.Rahmatullayev olimning yuqoridagi til birliklarini
uch turga ajratishining asoslarini to‘g‘ri emasligini ta‘kidlab,
nominativ va kommunikativ birliklar deb ajratishning asosi
aniq aytilmaganliga urg‘u beradi. Bunday nomlash asosida
tushuncha anglatish va fikr ifodalash yotishini, bu holda
nominativ birlik predikativlik belgisini olib, kommunikativ
birlikka aylanishi mumkinligini e‘tirof etadi. Buning ustiga
uchinchi tur birliklar qatorida gap modelining ta‘kidlanishi
“kommunikativ birlik” deb ajratishni kuchaytirib qo‘yadi.
Tadqiqot metodologiyasi. Nom qo‘yishning har xil
vositalari va bu protsessning tildan tashqari (ekstralingvistik)
xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar hozirgi davr tilshunoslik
fanida alohida nominatsiya nazariyasi va metodlari haqidagi
bo‘limni tashkil qiladi.[13] Olimning fikriga ko‘ra , til
birliklari o‘z referentlariga nisbatan nominativ munosabatni
doim saqlab turmaydi. Bu o‘rinda deyktik birliklarini tadqiq
qilishda so‘zlarni ikki ma‘nosi nominativ va ishora ma‘nolari
haqida so‘z yuritiladi. Nominativ ma‘no so‘zning nomlovchi
ma‘nosi bo‘lsa, deyktik ma‘no referent holatda unga ishora
qiluvchi so‘z ekanligini ta‘kidlaydilar. Shuningdek, ma‘nolar
o‘zgarishi assimetriya hodisasini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |