O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 245 - Shuning uchun ham “Donishmand Sizif”da ko‘plab timsollar, majozlar mavjud. Masalan, yozuvchi badiiy tasviridagi xarsangtoshni – hayotning cheksiz va adoqsiz mashaqqatlari, azob-uqubatlari ramzi; toshning pastlik tomon qayta-qayta yumalashi – insoniyat galma-gal qarshi oladigan shaxsiy g‘am-tashvishlari, azob-uqubatlari; tosh pastlikka tushib borayotgandagi Sizifning qisqa fursatdagi xordig‘i – insonning farovon hayoti nishonasidir, deyishimiz mumkin. Sizifni esa yashash uchun kurashuvchan, isyonkor, sabotli inson timsolida talqin qila olamiz. U nohaqlikdan, o‘lim va zulmatdan nafratlanadi. Hayotni, go‘zallikni sevadi. Sizifga bu besamar ishga umrbod safarbar etilgan shunchaki bir obraz sifatida emas, balki uning timsolida oliy manzilga ko‘z tikkan, mudom ulkan maqsad va umidlar ila yashaydigan, irodasi toshdan-da metin insonni ko‘rish mumkin. U sira taqdirga tan bermaydi, jisman qiynoqda bo‘lsa-da, ruhan ma’budlardan yuqorida turadi. Zamonamiz odamlari ham Sizif singari azob- uqubatli, har kun, har onda tinmay harakat va mehnat qilish, qayg‘urish, ba’zan azoblanish, ba’zan hayotdan zavqlanishga mahkum. Demak, “taqdir toshi” bugun ham dumalashda davom etmoqda! Professor Muhammadjon Xolbekovning “Sizifning ishi zamonaviy insonlar mehnati bilan bir xil ekanligi xususidagi fikrni rad etib bo‘lmaydi. Ko‘p odamlar yangilik yaratmaydilar, kashfiyot va ixtirolar qilmaydilar, faqat bir zayldagi harakatlardan iborat yumushni har kuni bajaraveradilar. Sizifning baxti shundaki, u bir qarashda bema’ni va befoyda bo‘lib ko‘ringan ishida o‘zicha ma’no ko‘radi” [Холбеков 2020:360], degan fikri to‘la ma’noda asosli. Xususan, Sizif bir xil taxlitdagi harakatni qilib, jamiyatdan o‘rinsiz ketishni sira xohlamadi. U nimaga qodir ekanligini ko‘rsatishga, tinimsiz mehnat, og‘ir mashaqqat bilan bo‘lsa-da, o‘z maqsadiga erishishini isbotlashga urindi, sira orqaga chekinmadi, aslo to‘xtab qolmadi... Falsafa fanlari doktori, professor Abdurahim Erkayev Yevropa adabiyoti va san’atining ravojlanish qonuniyatlari, modernizm, postmodernizm, ekzistensializm va ongosti hodisalarini tahlil qilishga kirishgan G‘arb adabiyoti inson hayotining ma’nisi, inson tabiatining ko‘zdan yashirin ziddiyatlari, inson yashayotgan jamiyat uning hayotini absurdga aylantirishi haqida yoza turib shunday deydi: “hayot faqat inqilobiy yoki ijtimoiy kurashlardan, buyuk kashfiyotlardan, jamiyat esa faqat yuksak tuyg‘ular va ideallarni ulug‘laydigan yoki hayot faqat ijod dardi bilan yashaydigan kishilardangina iborat bo‘lmaydi. Aksincha, jamiyat a’zolarining mutloq ko‘pchiligi o‘z turmush tashvishlari bilan band oddiy insonlardir... Turmush asosan bir maromda, bir xil talabda davom etaveradi” [Эркаев 2015:142]. Olimning ushbu mulohazasi M.Xolbekovning yuqoridagi fikrini ma’qullashi bilan birga biz yuqorida keltirgan metaforik talqinlarni ham ma’lum ma’noda asoslaydi. Yunon mifologiyasi asosida qurilgan “Donishman Sizif” romanini syujet voqeliklarini metaforik talqinlarsiz qabul qilsak, unda asardan olinadigan estetik zavq yo‘qoladi, qahramonni bugungi kunning intellektual odami sifatida gavdalantira olmaymiz. Alisher Navoiy “Xamsa”si xronotop poetikasi bo‘yicha tadqiqot olib borgan adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov “Xamsa”dagi tarixiy obrazlar konkret tarixiy asosga ega bo‘lsa ham, asar obrazlar tizimida metaforiklashtirilgan shaklda namoyon bo‘lishini aytadi. Shuningdek, “ulardagi tarixiylik xususiyatlari, mavzu va badiiy konsepsiya talabiga ko‘ra, metaforiklashtirish usuli yetakchilik qiladi. Natijada bu obrazlar konkret tarixiy xronotop chegaralaridan oshib o‘tib, umumiy xronotop maydonini egallaydi” [Жўрақулов 2017:224]. Sizif obrazini ham mana shu nazariyaga tayanib metaforiklashtirilgan tarixiy obrazlar tizimiga kiritish mumkin. Agar bunday tarixiy obrazlar metaforiklashtirilmasa, voqelik mifologik tafakkurdan poetik tafakkur bosqichiga ko‘tarila olmaydi. Kamyu “Sizif haqida afsona” essesida insonning ichki dunyosini, ruhiyatini chuqur tahlil qilib, Sizifning harakatlarini absurd deb biladi. Kamyuga ko‘ra, Sizifning mehnatida ma’ni yo‘q, uning harakati, oldinga qarab borishi ham mohiyatan imkonsiz va absurddir. X.Do‘stmuhammad variantida Sizif obrazi Kamyuning konsepsiyasiga teskari o‘laroq gavdalantiriladi. Ya’ni o‘zbek variantidagi Sizif absurd aqidalarni parchalaydi. U samarasiz ishida samara ko‘radi, mohiyatini anglaydi, uning xarakterida imkonsiz degan tushuncha mavjud emas. U bor tafakkurini ishga solib maqsadi yo‘lida kurashadi va toshni parchalab bo‘lsa-da, cho‘qqiga tosh bo‘laklarini uyadi. Tosh Sizifning maqsadi, u butun aqlu tafakkurini, sabr-qanoatini, irodasini ishga solib maqsadiga erishadi (X.Do‘stmuhammad ayni mana shu xarakterni Xemingueyning “Chol va dengiz” qissasidagi Santyago xarakteri asosida shakllantirgan deyishimiz mumkin. Santyago ham nahanglar yeb bitirgan baliqning suyagini bo‘lsa-da, qirg‘oqqa olib chiqadi. Baliq ham uning maqsadi edi). Sizif xarakterida Kamyu absurd falsafasining qulashi singdirilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling