O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
- Tahlil va natijalar.
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 244 - maqtovlari kelajakda unda shaxsiy takabburlik va o‘rnini hech kim bosa olmaydiganlik hissi uning izzattalab ob’ektga aylanib qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘z shaxsining qadr- qimmatini oshirish insonda muloqotning yetishmasligi va dushmanlik holatlarini namoyon qiladi hamda yolg‘iz qolishga olib keladi” [Йўлдошева, 52]. Bugungi ilm, fan-texnika taraqqiy etgan davrda, adabiyotda modernizm, postmodernizm oqimlari yetakchi bo‘lib turgan ayni paytda psixologiya, falsafa, estetika, adabiyot sohalarida global masalaga aylanib ulgurgan yolg‘izlik motivi bugun tom ma’noda sindrom darajaga ko‘tarildi. Yolg‘izlik mavzusi ayni damda adabiyotda ham global masala ekanligidan kelib chiqib, bugun adabiyotda “yolg‘izlik sindromi” degan atamani qo‘llashimiz mumkin. Tahlil va natijalar. Insonda o‘zi xayol qilgan “ideal” olam tasavvurlari yashab turgan real hayotni xaos sifatida ko‘rishiga, uni o‘zgalar tushunmasligiga, o‘zini o‘rab turgan jamiyatni inkor qilishiga atrofidagi odamlar bilan muloqotning yetishmasligi kabi holatlar sabab bo‘ladi. Natijada u muloqotda o‘zidan boshqa hech kimdan qoniqmaydi va o‘zini o‘z ichiga hibs etadi. Kimsasizlik vaziyatida bo‘lgan kishining suhbati monologik tarzda, ba’zan ong ostida kechadi. Bu holatni “Ko‘p yillik ruhiy jarayonlar, g‘ayrishuuriy iztiroblar, insonning o‘z-o‘zi bilan muloqoti, o‘z-o‘ziga hisob berishi, ong osti muqoyasalari, umumjamoa hosil qilgan tarixiy, madaniy, psixologik auraning ayni damdagi sintezlashuvi oqibatidir” [Жўрақулов 2015:220] deyishimiz ham mumkin. Alber Kamyuning “Begona” qissasi qahramoni ham o‘z qobig‘i ichida, o‘zining chegaralangan aurasida yashaydigan inson obrazidir. Asar qahramoni Merso ham ekzistensializm falsafasidan o‘sib chiqqan, u kimsasizlik vaziyatining yuqorida keltirilgan faktorlariga to‘la mos keladi. Jinoyat sodir etishi oqibatida qamoqxonada bo‘lish, hukmni kutish jarayonidagi ichki ruhiy iztiroblari, xayoliy kechinmalari, o‘zi bilan o‘zi gaplashishi kabi kimsasizlik unsurlari asarda yuksak pafos bilan bayon etilgan. “...Lekin ayni shu payt bir necha oydan beri ilk ovozimni aniq eshitib qoldim. Ko‘p kunlardan beri qulog‘imga eshitilib yurgan tovush shu ekan: shundagina men yakka bo‘lmaga tushganimdan beri doim o‘zimga o‘zim gapirib yurganimni anglab qoldim” [Камю 2014:82]. Kamyu mana shu jumla orqali qahramonining dardini, iztirobini, ichki kechinmalarini, ong osti qatlamlarida kechayotgan holatlarni ancha ishonarli tasvirlaydi. Merso o‘z ichiga, botiniga shu qadar kirib ketganki, o‘z-o‘zi bilan gaplashayotganini sezguniga qadar ham qamoqxona kamerasidagi har xil tashqi ovozlarni, turmabonning chiqib kelish-ketishini, uning gaplarini u qadar anglamasdi. Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asari kompozitsiyasida ham shunga muqoyasa bo‘ladigan syujet parchasi uchraydi. Sizif toshni dumalatish kabi befoyda ish bilan shug‘ullanishdan o‘zini harchand mamnun tutmasin, u ham inson, ijtimoiy mavjudot. U ham ijtimoiy aloqaga, muloqotga, munosabatga muhtoj. Uning tosh bilan suhbatlashishi, toshga rahmi kelishi, unga insoniy munosabat bildirishi kabi holatlar asar matnida ko‘plab kuzatiladi. Ammo Sizifning kimsasizligi Merso holatidan biroz farq qiladi. Zohiriy tomondan qaraydigan bo‘lsak, Merso ixtiyoriy “kimsasizlik” odami bo‘lsa, Sizif majburiy tarzda kimsasiz biyobonga keltirib tashlangan. Merso tabiatan odamlardan ajralish hissiga moyil bo‘lsa, Sizifda ehtirosli birlashish ehtiyoji, istagi ustunlik qiladi. Merso odamlarga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshlang‘ich nuqtani barbod qiladi, Sizif qanday bo‘lmasin ijtimoiy yaqinlikni tutishga tayyor. Ammo ularni birlashtirib turadigan, bu ikki qahramonni bir nuqtada ushlab turadigan omillar ham bor: ularning xarakteri, tabiati, jamiyatda o‘zini tutishi, yurish- turishi. Ularni kimsasizlikka giriftor qilgan jihat – jamiyatda qadrlanadigan, itoat qilinadigan aqidalarga, qoidalarga, tartibotlarga isyonkor munosabatda bo‘lishidir. Shuning uchun ham ikki qahramonning taqdiri o‘xshash, qismati bir xil – ayanchli. Sizifning o‘zi bilan o‘zi gaplashishi, tosh bilan suhbatlashishi asar matnida ko‘p bor kuzatiladi. U bunday “muloqot”ga ko‘nikib ketgan bo‘lsa-da, tog‘ yonbag‘rida ilk odam sharpasini ko‘rib qolganida uning ko‘nglida shu ijtimoiy muhitga (insonlar bilan suhbatga) intilish ishtiyoqi alanga olib ketardi, xuddi Daniel Defoning Robinzon Kruzosi singari (“Kema qorasi ko‘rinishi bilanoq odamlarni juda sog‘inganligim, ularning qiyofasini ko‘rishga, ovozlarini eshitishga, qo‘llarini siqib ko‘rishishga, ular bilan dardlashib hamsuhbat bo‘lishga juda zor bo‘lganligim yana ham ayon bo‘ldi! ... aqalli bir kishi omon qolib, mening yonimga suzib kelsa, koshki edi! ...yakka-yolg‘iz umr kechira boshlaganimdan buyon odamlar bilan birga bo‘lmog‘imni hech mahal bunchalik qattiq ixtiyor qilganim yo‘q.” (D.Defo. Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” asari, 111-bet). Sizifning jazo biyobonidagi qadrdoniga aylanib qolgan qismat toshi, butun tog‘u tosh, butun biyobon, hatto, dengiz mavjlaridan tortib boshi ustidan suzib o‘tayotgan pag‘a-pag‘a bulutlar bilan baqirib suhbatlashishi va ulardan sevinib ham ketishi uning insoniy muloqotni juda sog‘inganini ko‘rsatadi. Sizif kimsasiz biyobonda, yolg‘izlikda o‘yga tolgan yoki qattiq ruhiy iztirob chekayotgan damlarda beixtiyor o‘zi bilan o‘zi suhbatga kirishib ketadi. U xayoliy suhbatdoshiga Sisif deb ism ham qo‘yib oladi (Yunon mifologiyasining ayrim manbalarida Sizif ismining Sisif shakli ham uchraydi. Muallif Xurshid Do‘stmuhammad Sizifning suhbatdoshiga qahramonining ikkinchi ismini qo‘yib kiritishi shu asosga tayaniladi, ya’ni ikki ismli bir odam o‘zi bilan o‘zi suhbatlashadi). Asarda shunday parcha keltiriladi: “Sizif Sisifni sog‘inib ketdi. Shu-uncha vaqt mobaynida uni yodidan chiqarib yuborgani joniga og‘ir botdi. Alhol, mana, Sisif oqibatli chiqdi, uning o‘zi keldi yolg‘izining qoshiga. Ko‘makka, madadga keldi Sisif!.. Qadrdon, ishongani, yakka- yolg‘izi Sisif... xarsangga aylanib qolgan bo‘lsa-chi?! Ana, ana, turibdi-ku, uning ro‘parasida!.. undan ajralmaydi, biror odim nari ketmaydi, soyasidek, yonma-yon yuribdi-ku, demak, shu xarsang – Sisif” [Дўстмуҳаммад Х. 2016: 347]. Muallif asarda Sizif hamsuhbati – Sisifni xarsangtosh yutib yuborgan, Sisif xarsangning ichida deb o‘ylashini aytadi. Sizif uni shunchalik yaxshi ko‘rganidan quchoqlab bag‘riga bosadi, unga cheksiz mehribonlik qiladi. Bu holat esa Aristotelning “odam – ijtimoiy mavjudot, mutloq yolg‘izlikda yaxshi yashashi uchun u yoki hayvon yoki Xudo bo‘lishi kerak” degan mashhur gapini to‘la ma’noda tasdiqlaydi. Shuningdek, “Donishmand Sizif” romanida juda ko‘p bor qo‘llangan yumaloq, dumaloq, baqaloq so‘zlari o‘z vazifasini asar so‘ngida biroz toraytiradi. Asarda keltirilishicha, “Xarsang singani sari uning yumaloqligiga putur yetayotgan, shu bois burungiday dumalamayotgan, lekin uning avvalgi zalvori, og‘irligidan asar ham qolmayotgani yaqqol sezilayotgandi. Demak, endi u yumaloqchi-dumaloqchi emas, o‘rmalovchi, odamlar singari qadamlab tikyuruvchi ham emas, balki u yonga-bu yonga ag‘darilib, to‘mparilib- to‘mparilib harakat qiluvchi, baqaloqligiga ham ancha- muncha putur yetgan – tobora ixcham tortayotgan xarsangga aylangandi” [Дўстмуҳаммад Х. 2016: 347]. Toshning ko‘rinishini, holatini tasvirlaydigan bu yumaloq, dumaloq, baqaloq sifatlari, nazarimizda, a’zolari birma-bir ishdan chiqayotgan Sizifning ayni damdagi jismoniy-fiziologik holati, hayotining ma’lum bosqichlaridir yoki, umuman olganda, umri tugab borayotgan inson holatining metaforik talqini hamdir. “Donishmand Sizif” romanida badiiy-psixologik bo‘yoqlar ko‘plab tasvir va qiyoslarda sezilib turadi. Yozuvchi bu romanida, asosan, majozlar, metaforalar bilan ish ko‘radi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling