O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Aforizm 
atamasi ilk marotaba mashhur tabib Gippokrat tomonidan 
tadbiq etilgan bo‘lib, uning “Kitob al-Fusul” (“Aforizmlar”) 
tibbiy risolasi shunday nomlangan.
Aforizmlar XX asrning boshlarida tilshunoslikning 
o‘rganish obyekti sifatida, turli xil mazmun va shaklga xos 
nasriy matn tarzida tasniflashga bo‘lgan urinishlar asnosida 
o‘rganila boshlangan. Adabiy-falsafiy va adabiy-badiiy 
oqimlar ta’siri ostida aforizm badiiy matn elementi sifatida 
ko‘rib chiqilgan. Aforizmni aynan shunday mazmunda 
zamonaviy tilshunoslikda tushunish ham hozir juda keng 
tarqalgan.
Aforizmning lingvistik xususiyatlari 1970 yillardan 
boshlab 
tilshunoslarning 
e’tiboriga 
tusha 
boshladi. 
Aforizmlarni o‘rganish borasida tadqiqot ishlarini keng 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 255 -
miqyosda bir qator olimlar olib borganlariga qaramay, rus 
olimlarining tadqiqotlari ko‘pchilik tilshunoslar uchun asosiy 
ilmiy maktab vazifasini o‘taydi.
1970 yillarning boshlarida aforizmlarni o‘rganish 
borasida bir-biridan mustaqil ravishda uchta yondashuv paydo 
bo‘ldi: 
1) Aforizmlar tilning frazeologik tizimi birliklari 
sifatida – S.G.Gavrin tomonidan keng qamrovli va izchil 
asoslangan aforizmning “frazeologik nazariyasi” [1] ; 
2) Aforizmlar tilning paremiologik fondi birliklari 
sifatida 
–G.L.Permyakovning 
“Osnovi 
strukturnoy 
paremiologii” kitobida aforizmning lingvistik talqini [2];
3) Aforizmlar tilning milliy-madaniy semantikasini 
tavsiflashda alohida, “aforistik” darajadagi birliklar sifatida – 
YE. M. Vereshagin tomonidan ishlab chiqilgan aforizm 
nazariyasi va V. G. Kostomarovning rus tilini chet tili sifatida 
o‘qitishning lingvistik va madaniy jihatlari doirasida [3]. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling