O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Tahlil va natijalar. Til aforizmlari – bu hammaga
ma’lum bo‘lgan, nutqda yangidan yaratilmagan, balki, xotiradan chiqarilgan iboralardir. Barcha til aforizmlari, o‘z navbatida, kelib chiqishiga qarab quyidagi to‘rtta sinfga ajratiladi. 1.Maqollar va matallar. Maqollar – grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, kichik, ixcham,o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda yoki ham ko‘chma ma’noda, ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladigan hikmatli xalq iboralaridir [12]. Maqollar umumlashtirilgan shaklda odamlar yoki hodisalarning xususiyatlarini bildiradi, ularga baho beradi yoki harakat yo‘nalishini belgilaydi: Yaxshining so‘zi-qaymoq, Yomonning so‘zi-to‘qmoq; Mehmon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan; Hamal keldi-amal keldi. Matallar – tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, faqat o‘z ma’nosida qo‘llaniladigan, qisqa, ixcham xalq iboralaridir. Maqollar odatda barqaror, to‘liq iboralar shaklida mavjud bo‘lsa, matallar har doim ham yakuniy xulosani bayon etavermaydi: Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l; Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod qoladi kabilar. 2.Qanotli so‘zlar. Qanotli so‘zlar, ya’ni adabiy manbalardan nutqimizga kiritilgan qisqa iqtiboslar, majoziy iboralar, tarixiy shaxslarning so‘zlari. Binobarin, qanotli so‘zlar maqollardan, birinchidan, kelib chiqishi va ikkinchidan, foydalanish sohasi bilan farq qiladi (qanotli so‘zlar adabiy nutqqa tegishli). Qanotli so‘zlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: “Time is money” – Vaqt bu pul (Benjamen Franklin); “Elementary, my dear Watson” – Bu elementar azizim Vatson (Konan Doyl); “Have you prayed tonight, Desdemona?” – Bu kecha ibodat qildingmi Dezdemona? (Otello). 3. Murojaatlar, shiorlar va ma’lum falsafiy, ijtimoiy va siyosiy qarashlarni ifodalaydigan boshqa iboralar. Mafkuraviy iboralarning nutqqa kirib borish manbalari hozirgi kunda birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistik adabiyotlar hisoblanadi. Masalan: “Biz giyohvandlikka qarshimiz!”; “Inson farovonligi uchun hamma narsa!” va hokazo. 4. Ijtimoiy-ilmiy va tabiiy fanlar shaklidagi formulaviy aforizmlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling