O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Tadqiqot metodologiyasi. Tilshunoslar tomonidan 
aforizm tushunchasi turli xil talqin qilingan bo‘lsa-da, 
hanuzgacha uning aniq lug‘aviy izohi yo‘q. Bir qator izohli va 
qomusiy lug‘atlarda aforizm hodisaga berilgan ta’riflarda 
nafaqat uning o‘ziga xos xususiyatlari, balki asosiy 
xususiyatlari bilan ham farq qiladigan juda ko‘p turli xil 
ta’riflarni uchratish mumkin. 
Jumladan 
D.Kuronov, 
Z.Mamajonov, 
M.SHeraliyevalarning 
“Adabiyotshunoslik 
lug‘ati” 
da 
aforizmga quyidagicha ta’rif berilgan: “AFORIZM (yun. 
aphorismos – ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo‘lgan, 
ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. 
Aforizmga berilgan ta’riflarda turlichalik mavjud: ayrim 
manbalarda aforizm aniq muallifga ega bo‘lishi shart va shu 
narsa uni maqollardan farqlovchi asosiy jihat deyilsa, 
boshqalarida bu shart qo‘yilmaydi. Aforizmlar paydo bo‘lishi 
jihatidan turlicha. Ayrim hollarda aforizmlar maxsus 
yaratiladi, bu holda, uni tom ma’noda janr deb hisoblash 
mumkin (mas., A.Qahhorning mashhur “Adabiyot atomdan 
kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf kilish kerak 
emas” degan gapi). Zero, bu holda ijodkorning hayotiy 
tajribasiga tayangan holda biron – bir masala yuzasidan 
umumlashma fikrini ifodalashga imkon beruvchi shakl 
hodisasi 
hakida 
gap 
boradi. 
Mas., 
A.Muxtorning 
“Tundaliklar”, O‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi 
bitiklar” idan shu janrning ko‘pgina yaxshi namunalari joy 
olgan. Biroq, ko‘p hollarda, u yoki bu asardan olingan ixcham 
ibratli fikr xam aforizmlar sifatida ommalashadi (mas., 
“Sinchalak”dan: “To‘kilgandan tomchilagan yomon...” yoki 
“Chalasavod kishi o‘zidan past, nima desa “hikmat” deb 
turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq 
bo‘ladi”). ”[4]. 
Aforizm so‘zining ma’nosi ochiq lug‘at – “Vikilug‘at” 
da quyidagicha ta’riflangan: “Ixcham shaklli, chuqur 
mazmunli, muallifi aniq gap; hikmatli so‘zlar. Masalan: Oz 
demak hikmatga bois, oz yemak sihatga bois. A.Navoiy.”[5]. 
Xorijiy manbalardan olingan ta’riflar aforizmning 
qo‘shimcha xususiyatlarini ta’kidlab, uni yanada chuqurroq 
tushunishga imkon beradi. 
Aforizm “Oxford Dictionary” lug‘atida quyidagicha 
ta’riflangan:
Aphorism – 
A pithy observation which contains a general truth – 
umumiy haqiqatni o‘z ichiga olgan chuqur kuzatish;
2. A concise statement of a scientific principle, 
typically by a classical author–odatda klassik muallif 
tomonidan bildirilgan ilmiy tamoyilning qisqacha bayoni [6].
Elektron lug‘at dictionary.com da aforizmga : “ a terse 
saying embodying a general truth, or astute observation – 
umumiy haqiqatni o‘zida mujassam etgan qisqa so‘z yoki 
zukko kuzatish” sifatida izoh berilgan [7]. 
Cambridge Dictionary elektron lug‘atida aforizm : “a 
short clever saying that is intended to express a general truth – 
umumiy haqiqatni ifoda etishga mo‘ljallangan qisqa hikmatli 
gap” tarzida ta’riflagan [8]. 
S.I. Ojegovning “Tolkoviy slovar russkogo yazika” 
lug‘atida aforizm: “kratkoye virazitelnoye izrecheniye, 
soderjasheye 
obobshayusheye 
umozaklyucheniye 
– 
umumlashtiruvchi xulosani o‘z ichiga olgan qisqa ifodali 
hikmatli gap” deya izohlangan [9]. 
A.M.Proxorov 
tahriri 
ostidagi 
“Bolshoy 
Ensiklopedicheskiy Slovar” lug‘atida aforizmga “izrecheniye, 
virajayusheye 

lakonichnoy 
forme 
obobshennuyu, 
zakonchennuyu misl – umumlashtirilgan, to‘liq fikrni ixcham 
shaklda ifodalovchi gap” deb ta’rif berilgan [10]. 
Aforizmning barcha ta’riflarida, uning asosiy 
xususiyatlari 
sifatida 
ifodalangan 
fikrning 
ixchamligi, 
tugallangan, ya’ni – to‘liqligini ta’kidlash mumkin. 
Akademik V. G. Kostomarov va YE. M. Vereshagin 
tomonidan taklif qilingan aforistik birliklarning tasnifiga 
ko‘ra, aforizmlarni nutq birliklari va til tizimining elementlari 
sifatida talqin etishni belgilab berdi. Barcha aforistik birliklar 
nutqning xususiyatlariga qarab ikkita asosiy toifaga – “nutq 
aforizmlari” va “til aforizmlari” asosida farqlanadi [11]. 
Birinchi toifadagi aforizmlar ikkinchi toifadagi aforizmlardan 
nutqda leksik va grammatik tuzilishlarining erkin yoki turg‘un 
qo‘llanilishiga qarab bir-biriga qarshi qo‘llaniladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling