O’zr fa biokimyo instituti biofizika bo’limiga B. O. Toshmuhamedov rahbarlik
Makromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar
Download 336.73 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi.
Makromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar fazoviy (asosan
uchlamchi) strukturasining shakllanishi va mazkur struktura barqarorligining ta’minlanishida nokovalent kuchsiz ta’sirlashishlar ham muhim ahamiyatga ega. Ular quyidagilardir: Elektrostatik Ta’sirlashishlar. Oqsil molekulasidagi to’plagan yon guruhlar elektrostatik ta’sirlashishlar tufayli tuz ko’priklari hosil qiladi. Neytral rN sharoitida asparagin, glutamin qismga hamda S-uch aminokislota qoldig`i g`i ulari manfiy, lizin, arginin qoldig`i g`i ulari hamda gistizin imidozon halqasi va N-uch aminokislota qoldig`i uчlari musbat zaryadga ega bo’ladi. Molekula yoki ikkita molekulaning shu xil sohalari o’zaro yaqinlashganda, ular o’rtasida elektrostatik ta’sirlashishlar yuzaga keladi. Bu xil ta’sirlashish masofadan ta’sirlashishlar jumlasiga mansub bo’lib, uning energiyasi zaryadni guruhlar elektr zaryadi, muhit dielektr doimiysi hamda zaryadni guruhlararo masofaga bog’liq bo’ladi. Energiyasi 40-400 kDj.mon -1 kattaliklari bilan xarakterlanadi. Vander-Vaans ta’sirlashishlari, yaqindan ta’sirlashuvchi kuchlar guruhi tashkil etib, dispersion, dipon- dipon va dipon-induksiyalangan dipon ta’sirlashishlaridan iborat. Dispersion ta’sirlashish, neytral guruhlar yoki molekulalar o’rtasida yuzaga keladi. Ta’sirlashish energiyasi guruhlarining ionlashish potensiali, qutblanuvchanligi hamda ta’sirlashuvchi guruhlar orasidagi masofaga bog’liq holda 4-40 kDj.mon -1 darajasidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi. Dipon-dipon ta’sirlashish doimiy dipon momentiga ega ikkita qutbni guruhlar o’rtasida yuzaga kelib, uning energiyasi guruhlar dipon momenti, muhit dielektr doimiysi va ulararo masofaga bog’liq bo’ladi. Dipon-induksiyalangan dipon ta’sirlashish doimiy dipon guruh bilan dipon bo’lmagan, qutbsiz guruh o’rtasida induksiyalanib yuzaga keladi. Energiyasi dipon moment, qutblanuvchanlik, muhit dielektr doimiysi va ulararo masofaga bog’liq bo’ladi. So’nggi ikki ta’sirlashishlar energiyasi 0,4-4 kDj.mon -1 kattaliklari bilan xarakterlanadi. Suv strukturasi va gidrob ta’sirlashishlar. Suv molekulasidagi kislorodning kovalent bog’lar hosil qilishda ishtirok etmaydigan ikki juft elektrollari cho’ziq orbitallarda joylashib, molekulaning o’sha tomonida manfiylik namoyon qiladi. Molekulaning kislorodga kovalent bog’langan vodorod atomlari tomonida esa musbatlik namoyon bo’ladi. Bunday hol suyuq suvda, suv molekulalari o’rtasida vodorod bog’larining shakllanishiga imkon yaratadi va shu asosda suv molekulalari o’zaro vodorod bog’lari vositasida kлasterlar (to’r) hosil qiladi. Kлasterlar asosida suvning uch o’lchovni fazoviy (muz) strukturasi shakllanadi. Bunday struktura asosida tetraedr etib, u jami besh (bitta markaziy, to’rtta periferik) molekuladan tashkil topadi. Markaziy molekula atrofiga to’rtta molekula bilan vodorod bog’lari orqali bog’lanadi. Odatdagi (20 o S) haroratda suv molekulalarining taxminan 70% klasterlarga bog’langan, qolgan 30% esa erkin holatda bo’ladi. Demak, suyuq suv tartiblangan strukturaga ega. Suvda unda erimaydigan organik (gidrofob) moddalar tushirilganda, suvning strukturalanganligi yanada oshadi. Bunday hol, o’z navbatida, suvning gidrofob modda molekulalariga ko’rsatadigan siqib chiqarish ta’sirini kuchaytiradi. Shu tarzda gidrofob Ta’sirlashish yuza keladi. Gidrofob ta’sirlashishlar, kuchsiz ta’sirlar bilan bir qatorda, polimer zanjiri uchlamchi strukturasining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. OQR. Shunga binoan, oksidlovchi-bu kislorod singari, o'ziga elektron birlashtirib oluvchi birikma (elektron aktseptori) bo'lsa, qaytaruvchi esa, vodorod singari, o'zidan elektron ajratadigan (elektron donari) birikmadir. Elektron qabul qilish va elektron ajratish har doim bir vaqtda ro'y beradigan bo'lgani uchun, elektronlarning molekulalararo tashilshini oksidlanish-qaytarilish jarayoni deb ataladi. Oksidlovchi bilan qaytariluvchiaro elektronlar va vodorod ionlarining tashilish tezliklari vaqt davomida o'zgarmas bo'lib qoladigan paytda dinamik muvozanat kelib chiqadi. Tashilish tezligi sekiilashganda muvozanat qaytarilgan birikmaning yig‟ilishi tomon surilsa, tezlik oshganda muvozanat oksidlangan birikmalar to'planishi tomon siljiydi. Odatda, muvozanatning siljishi, boshqacha aytganda, oksidlovchi bilan qaytaruvchi formalararo nisbatning o'zgarishi natijasida sistema- da mavjud bo'lgan potentsiallar farqi (oksidlanish-qaytarilish potentsiali-redoks potentsial) katgayalgi ham o'zgarmaydi. Shu tufayli, redoks potentsial kattaligi berilgan sistamada ro'y berayotgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarning xarakteri, yo'nalishi va ularning jadvalligi haqida ma'lumot beruvchi manbaga aylanadi. Standart redoks potentsiallar kattaligini o'lchashda potentsiometrik titrlash metodidan foydalanadilar. Titrlash paytida, titrlovchi eritma kontsentratsiyasining keskin o'zgarishi indikator elektrod potentsialining o'zgarishida o'z aksini topadi. Shu asosda, redoks potentsial kattaligining qo'shilayotgan eritma (modda) miqdori- ga bo'lgan bog‟liqligi grafik shaklida tasvirlanadi. Hosil qilinadigan egri chiziqdagi egilish nuqtalari standart redoks potentsiallar E 1 va E 2 kattaliklari beradi. Sistemaning redoks potentsiali indikator va solishtirish (kalomela yoki xlorlangan kumush) elektrodlaridan tashkil topgan zanjirning elektr yurituvchi kuchini o'lchash yo'li bilan aniqlanadi. Indikator elektrod sifatida ishlatiladigan oltin yoki platina elektrodi oksidlanish ustunlik oladigan sistemaga tushirilganda elektron aktseptoriga aylana- di va uning potentsiali oshadi. Aksincha, elektron qabul qilish bilan boradigan, qaytarilish jarayoni ustunlik oladigan sistemaga tushirilganda esa, mazkur elektrod elektron donariga aylanadi va uning potentsiali kamayadi.Ishni bajarish tartibi. Redoksimetrik titrlash ustanovkasi ko'rsatilgandek qilib yig‟iladi. Ammo moslamadagi mis elektrod o'rniga xlorlangan kumush elektrodi ulanadi. U- shaklidagi idishga kaliy xloridning to'yingan eritmasi quyiladi. Indikator elektrod tushiriladigan stakanga temir (II) xloridning 0,1 n eritmasidan 10 ml quyilib, uning ustiga xlorid kislotasining 2 n eritmasidan 20 ml qo'shiladi va sistemaning redoks (oksidlanish- qaytarilish) potentsiali o'lchab olinadi. Aralashma byuretkadagi kaliy permanganatning 0,1 n eritmasi bilan titrlanadi, har galda titratdan 0,1 ml (uch tomchi) tomdiriladi va sistemaning redoks potentsiali o'lchab boriladi. Titrlash redoks potentsial kattaligi ma'lum bir mi qdor atrofida o'zgarmas bo'lib qolmaguncha davom ettiriladi. Titrlash ma'lumotlari quyidagi shaklga ega jadvalga qo'chiriladi, ular asosida radiosimetrik titrlashni aks ettiruvchi grafik chiziladi. Download 336.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling