O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamsiddin Mahbubiy
- Masudbek
- Jaloliddin jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo’lib dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo’llaydi. Harbiy taktika
Mahmud Torobiy qo’zg’oloni. Buxoroning Torob qishlog’ida bosqinchilar va Mahalliy mulkdor zulmiga qarshi qo zg olon boshlanadi. Unda Buxoro shahri va uning atrofidagi 1238-yilda yuz bergan qishloqlarning hunarmandlari va dehqonlari bu qo’zg'olon tarixga qatnashadi. Qo’zg’olonga toroblik g’alvir Mahmud Torobiy yasovchi hunarmand Mahmud boshchilik qo’zg'oloni nomi bilan shuhrat topadi. Mahmud Torobiy atrofiga juda ko’p hunarmand va dehqonlardan iborat katta kuch to’planadi. Mahmud boshliq qo’zg’olonchilar Torobdan chiqib Buxoroga yo’l oladilar. Bu yerda Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy va shahar aholisi qo’zg’olonchilarga qo’shilib qo’liga qurol oladi. O’zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo’g’ullardan va ularning hamtovoq xizmatchilari - mahalliy ma'murlardan ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to’planadi. Mahmud Torobiy o’z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerda Buxoroning sadrlari, badavlat a'yonlari, yirik yer egalarini chaqirtiradi. U o’zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, ya'ni hukmdori deb rasmiy ravishda e’lon qilishga ularni majbur etadi. Shundan so’ng Shamsiddin Mahbubiy sadr deb e’lon qilinadi. Mahmud Torobiy Buxoroda o’z hukmronligini o’rnatgach, mo’g’ul tarafdorlari bo’lgan mahalliy amaldorlar Buxorodan qochib ketadi. Qochib ketgan amaldorlar va mo’g’ullar noib Mahmud Yalavoch yordamida Karmana yaqinida kuch to’plab, Buxoro ustiga yuradilar. Bundan xabar topgan Mahmud Torobiy o’z tarafdorlari bilan shahardan tashqariga dushman harbiy kuchlariga qarshi chiqadi. o’rtada jang boshlanadi. Mo’g’ullar yengilib, Karmanaga tomon qocha boshlaydilar. Shiddatli janglar qilib, dushman Karmanagacha quvib boriladi. Mo’g’ullardan 10 mingga yaqin kishi halok bo’ladi. Bu jangda qo’zg’olon boshliqlari Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham shahid bo’ladilar. Qo’zg’olonchilar ularning o’rniga Torobiyning ukalari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Oradan bir hafta o’tmay, ularga qarshi mo’g’ullarning yangi qo’shini hujum qiladi. Jangda qo’zg’olonchilar tor-mor qilinib, Torobiyning har ikkala ukalari ham halok bo’ladilar. Mo’g’ullar Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni yana qayta o’rnatadilar. Qo’zg’olon bostirilsa-da, u mo’g’ullar zulmiga qarshi xalq ozodlik harakati tarixida alohida o’rin tutadi. Qo’zg’olon mo’g’ullar va mahalliy hukmron doiralari qarshisida jiddiy xalq kuchi, vatanparvar xalq yetakchilari borligini ko’rsatdi. Chig’atoy soliqlarni tartibga solishga, 1238-yilda Mahmud Yalavochni noiblikdan chetlatishga majbur bo’ldi. Uning o’g’li Mas'udbek noib etib tayinlandi. Ulug’ xoqon o’qtoy Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi.
41. Jaloliddin Manguberdining jasorati. Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo’g’ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryodan janubga joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan hisoblangan Balx, Hirot, Marv va G’azna kabi shaharlarga yo’naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o’lkada u kuchli lashkar to’playdi. Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G’azna, Bomiyon, Guch, Bust va Hindiston hududlarigacha bo’lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u G’azna tomon borardi. Yo’lda unga Xuroson noiblari o’z qo’shinlari bilan kelib qo’shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo’g’ul qo’shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, G’aznaga yetib keldi. Uning qo’shinlari safiga yangi kuchlar qo’shildi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo’g’ul qo’shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdigaqarshi Shiki Xutuxu no’yonni 45 minglik qo’shin bilan jo’natadi. G’azna yaqinidagi Parvon tekisligida shiddatli jang boshlanadi. Jaloliddin jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo’lib dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo’llaydi. Harbiy taktika - jangda ko’zlangan maqsadga erishish uchun aniq sharoitga mos ravishda jang olib borishning tanlangan shakli va usuli. Sulton Jaloliddin dushmanga darg’azab arslondek goh o’ng, goh so’l qanotdan, ba'zan markazdan hujum qilib, uning tinkasini quritadi. Mo’g’ul qo’shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g’alaba qozondi. Biroq g’alabadan keyin qo’lga kiritilgan o’ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o’rtasida o’zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Ag’roq, A'zam Malik va Muzaffar Maliklar qo’shindan ajralib ketadilar. Bu voqeadan so’ng Jaloliddinning harbiy kuchi ancha-muncha kuchsizlanib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G’aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg’oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo’yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Jaloliddin Chingizxon qo’shinining ilg’orini yengadi. Mo’g’ullarning pistirmalarga qo’yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangning oqibatini hal qiladi. Jaloliddin taslim bo’lishni va o’z oilasining mo’g’ullar qo’liga tushishini va xorlanishini xohlamay (onasining oldindan qilgan vasiyatiga ko’ra) rafiqasi, onasi va bolalarini tik qirg’oqdan daryoga tashlashga amr etadi. o’zi esa otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg’oqqa suzib o’tadi. U bilan birga uning to’rt ming kishilik askari ham daryodan o’tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni "Ot sakrash", narigi tomoni "Cho’li Jaloliy" deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon hatto uni ta'qib qilish fikridan ham qaytadi. Jaloliddin yana o’n ikki yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon hududlarida mo’g’ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Kavkazda kuchli daviat barpo etmoqchi bo’ladi. Ammo bu O’lkada ham mahalliy hokimlar o’rtasidagi nizolar uning bunday orzusining ro’yobga chiqishiga to’sqinlik qiladi. Shunday qilib, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdini va uning jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari, garchi Vatan taqdiri yoiida o’z hayotlarini tikib, kuch jihatdan bir necha o’n barobar ortiq bo’lgan dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalar-da, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning iloji bo’lmaydi. Chunki fursat boy berilgan edi. Eng so’nggi Xorazmshohning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi. Shu bilan birga 140 yil hukmronlik qilgan Buyuk Xorazmshohlar davlati va uni boshqargan xonadon batamom halok bo’ladi. Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barham topadi. Vatan ozodligi yoiida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O’zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xcorazmda unga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha va maydonlarga uning nomi qo’yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil, 30-avgustda "Jaloliddin Manguberdi" ordeni ta'sis etilgan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling