O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekiston fashizmga qarshi urush yillarida


Download 1.01 Mb.
bet97/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   287
81. O’zbekiston fashizmga qarshi urush yillarida
O`zbekistonda moddiy va ma`naviy kuchlarning safarbar etilishi. 1941-yil 22-iyun kuni gitler Germaniyasi o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo’lishiga qaramay, to’satdan SSSRga hujum qildi. Sovet Ittifoqi deb atalmish hududga birlashtirilgan xalqlar uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi. O’zbek xalqi urush boshlanishi bilan uning og’ir oqibatlarini tushunib yetdi. Shu bois urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashizmga qarshi miting va majlislar boshlanib ketdi. Jamoalarning majlislarida so’zga chiqqan har bir o’zbek xalqining farzandi ona yurti, o’z xalqi ozodligini ko’kragini qalqon qilib himoya qilishga, kerak bo’lsa jonini ham fido qilishga tayyor ekanligini izhor qildi. Ular frontda va front orqasida fashizm ustidan g’alaba qozonish uchun fidokorona kurashajaklarini aytdilar. 23-iyun kuni Toshkentda ko’p ming kishilik miting bo’lib o’tdi. Turli korxona hamda muassasalarning ishchi va xizmatchilari, o’qituvchilar, talabalar o’z vatanlarini himoya qilishga, frontda va front orqasida dushman ustidan g’alaba qozonishga tayyormiz, deb aytdilar. Urush butun mamlakat xo’jaligi, uning hayotini tubdan o’zgartirib yubordi. 1941-yil 30-iyunda davlat mudofaa komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qo’liga o’tdi. Ushbu komitetning raisi I. V. Stalin 8-avgustda SSSR qurolli kuchlari Bosh qo’mondoni lavozimini egalladi. Davlat mudofaa komitetining qarorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar, ko’rsatmalarda mamlakat katta xavf ostida qolgani, uni himoya qilish uchun shoshilinch ravishda barcha iqtisodiy-ma'naviy kuchlarni mudofaa manfaatlariga bo’ysundirish, xalq xo’jaligini to’hq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi. Uzoq davom etgan urush qiyinchihklari O’zbekiston mehnatkashlarini ham og’ir ahvolga solib qo’ydi. O`zbekiston front uchun. Harbiy vaziyat front orqasini O’zbekiston front uchun mustahkamlash yuzasidan shoshilinch choralar ko’rishni talab qildi. Xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo’ldi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front manfaatlariga bo’ysundirildi. Front orqasi rayonlari qatori O’zbekistonga juda katta ahamiyat berildi. Nemis qo’shinlari shiddat bilan Sharqqa tomon harakat qilmoqda edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o’quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni Sharqqa ko’chirish boshlandi. Chunonchi, O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istonga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig’i («Lentekstilmash», «Rostselmash», «Krasniy Aksay», Moskva «Elektrokabel», «Pod'emnik», «Elektrostanok» zavodlari, V.P. Chkalov nomli aviatsiya zavodi, Kiyev «Transsignal» zavodi va boshqalar) O’zbekistonga joylashtirildi. Ko’chirib keltirilgan korxonalarni o’rnatish va ishga tushirishda butun respublika aholisi g’oyat katta yordam ko’rsatdi. Keltirilgan korxonalar birgalikda qilingan qahramonona mehnat tufayli nihoyatda qisqa muddatlarda ishga tushirildi. 1941-yil oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. 1942-yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat korxonalari to’hq quvvatda ishlab, mudofaa uchun mahsulot chiqara boshladi. Respublika sanoat korxonalari ham urush boshlanishi bilanoq qayta qurilib, mudofaaga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tkazildi. «Tashselmash» zavodi, parovozlarni ta'mirlovchi zavod, Chirchiq elektr kimyo kombinati va boshqalar shular jumlasidandir. To’qimachilik va tikuvchilik sanoati front ehtiyojlarini qondirish uchun ishladi. Xalq xo’jaligini qayta qurishga doir tashkiliy ishni respublika rahbarlari boshqardilar. Urush davrining juda mushkul, haddan tashqari keskin sharoitlarida ular javobgarlikdan qo’rqmay, eng murakkab vazifalarni tezkorlik bilan va mustaqil ravishda hal qilib bordilar. Respublika rahbarlari Markazning zo’rligini yengib, xalq komissarlari va korxona direktorlarining huquqlarini kengaytirdilar, boshqaruv apparatini qisqartirdilar. Xalq xo’jaligini qayta qurish bilan bir vaqtda harakatdagi armiya uchun jangovar zaxira (rezervlar) yaratish, ommaviy-mudofaa ishlari bilan shug’ullanishga to’g’ri keldi. o’n minglab yoshlar Osoaviaxim ko’ngilli jamiyatida ta'lim oldilar. O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish va jangovar holga keltirish uchun jiddiy tadbirlar ko’rildi. O’rta Osiyo harbiy okrugida front uchun jangovar zaxiralar va komandirlar tayyorlandi. Urush boshlanishidan hisoblaganda bir yarim yil ichida bu okrug 109 ta harbiy qo’shilmalar tuzdi. Shulardan harakatdagi armiyaga va Bosh qo’mondonhk stavkasi rezerviga 86 diviziya va brigada jo’natildi. Harbiy safarbarlik chora-tadbirlari majmuasida milliy qo’shilmalarni tuzish muhim o’rinni egalladi. O’zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Davlat mudofaa komiteti 1941-yil 13-noyabrda bu tashabbusni qo’llab-quvvatladi. 1941-yil noyabridan to 1942-yil martigacha O’zbekistonda 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida o’qchi brigada va 5 ta (otliq) diviziya tuzildi. Milliy qo’shilmalar tuzish O’zbekiston xalqlarining yovuz fashist kuchlardan o’z yurtini saqlab qolish his-tuyg’ularining ifodasi bo’ldi. Urush yillarida bir yarim milliondan ortiq O’zbekistonlik fuqaro fashizmga qarshi o’tli janglarda qatnashdi (1940-yilda respublika aholisi 6,5 mln. kishidan iborat edi). Ularning ko’pchiligi mardlik namunalarini ko’rsatib, jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. O’zbekistonda mudofaa jamg’armalari uchun mablag’ to’plash tashkil etildi. Mudofa jamg’armasiga mehnatkashlarning bir kunlik ish haqi, shaxsiy jamg’armalari, qimmatbaho yodgorlik buyumlari, davlat zayomlarining obligasiyalarini keltirib topshirish rag’batlantirildi. Urushning dastlabki kunlarida umuman respublika bo’yicha mudofaa jamg’armasiga 30 mln so’m tushdi. O’zbekistonda harbiy texnika, asosan tank kolonnalari va jangovar samolyotlar eskadrilyalari tuzish uchun mablag’lar yig’ish yuzasidan boshlangan vatanparvarlik harakati ancha kengaydi. Frontga yordam tariqasida kiyim-bosh va boshqa ko’pgina narsalar ham yuborib turildi. Bu tadbirlar va tashabbuslar O’zbekiston urush yillarida jangovar armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasi bo’lganligidan dalolat beradi. Boshida mag’lubiyat alami bilan, qarindosh va yaqinlarining taqdiri, butun Vatan taqdiri uchun ko’ngilga tushgan qo’rquv va xavotirlik bilan insonlar dilini xun qilgan urush jamiyatdagi ma'naviy-ruhiy vaziyatni keskin o’zgartirib yubordi. Endi insonlarning butun hayoti, yurar-turari, ishi, o’y-fikrlari tamoman urushga bog’lanib qoldi. o’zbek xalqi, respublika aholisi barcha ijtimoiy qatlamlari vakillarining o’z manfaatidan kechishi, mardligi front yoni mintaqasidan ko’chirib kelingan korxonalar, bolalar, ayollar va keksa kishilardan iborat aholini qabul qilib olish hamda joylashtirish bilan bog’liq mas'uliyatli ishni og’ir sharoitlarda qisqa muddatda amalga oshirishda muhim omil bo’ldi. Xalq xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi, milliondan ziyod kishi armiya safiga chaqirildi, yangi-yangi harbiy qismlar tuzilib, front uchun pul, oziq-ovqat va moddiy mablag’lar yig’ildi. Butun xalq, jamiki moddiy va ma'naviy boyliklar fashizmga qarshi kurashga safarbar qilingan edi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling