O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


-yillarning ikkinchi yarmidagi qatag`onliklar


Download 1.01 Mb.
bet96/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   287
80. 20-yillarning ikkinchi yarmidagi qatag`onliklar.
20-yillarning, o’rtalaridan boshlab mamlakat va respublikada totalitar jamiyatning xususiyatlari tobora oshkora ko’rina boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga nisbatan bo’lgan munosabatda yaqqol namoyon bo’ldi. Mamlakatda qaror topgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o’zagi hisoblangan Butunittifoq kommunistlar (bolsheviklar) partiyasi - VKP(b) bu paytga kelib yangi iqtisodiy siyosatdan butunlay yuz o’girdi va «sotsializm asoslari»ni qurishga jiddiy kirishdi. Mustabid sovet rejimi o’zgacha fikrlashga mutlaqo toqat qila olmas edi. Lenin tomonidan allaqachon e'lon qilingan «Kim biz bilan birga bo’lmasa, u - dushmanimiz!» shiorini Stalin shafqatsizlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya (qatag’on) siyosatini amalga oshirgan bo’lsa, 30-yillardan boshlab o’z xalqiga nisbatan ommaviy terror (qath om) qo’lladi. 20-yillarning ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O’zbekistonda «o’n sakkizlar guruhi», «inog’omovchilik», «qosimovchilik», «badriddinovchilik» singari ishlar to’qilishi va Munavvar Qori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida o’zbek xalqining ko’plab asl farzandlari qatag’on qilindi. «O’n sakkizlar guruhi» masalasi O’zbekiston Kompartiyasi MK IV plenumi (1925-yil 19-22-noyabr), RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi maxsus komissiyasi (1925-yil 21-22-noyabr) va O’zbekiston Kompartiyasi II s'yezdi (1925-yil 22-30-noyabr) Majlislarida ko’rib chiqildi. O’zbekiston hukumati a'zolari, viloyatlar rahbarlari va yirik xo’jalik boshliqlaridan 18 nafar obro’li kishi o’z talablari bilan O’zbekiston Kompartiyasi MK plenumi va O’rta Osiyo byurosiga yozma ravishda murojaat qilishgan edi. Muxtor Saidjonov (Zarafshon okrujkomi kotibi), Rahmat Rafiqov (O’zbekiston ichki ishlar xalq komissari), Inomjon Xidiraliyev (O’zbekiston yer-suv ishlari xalq komissari), M.o’rinxo’jayev, Muzaffarov, Maxsumov va boshqa milliy rahbar xodimlar o’z murojaatlarida respublikada ishlash uchun toqat qilib bo’lmaydigan vaziyat yaratilganligini, amalda butun hokimiyat RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosining raisi I.A.Zelenskiy va O’zbekiston Kompartiyasi mas'ul kotibi V.Ivanov qo’lida to’planganligini bayon qilishdi. Ular Moskvaning favqulodda organi hisoblangan O’rta Osiyo byurosini tugatish fikrini bayon qilishdiki, bu go’yoki quyoshli osmonda momaqaldiroq guldurashi bilan barobar edi. o’n sakkizlar guruhi mazkur talablar qondirilmasa, o’zlarini O’zbekistondagi vazifalaridan ozod qilib, Moskvaga - RKP(b) MK ixtiyoriga yuborishlarini so’rashdi. 1920-yilda shunga o’xshash talablar (Turkkomissiyani tugatish, qizil armiyani Turkistondan olib ketish va b.) bilan Turkiston MIK raisi T.Risqulov Leninga murojaat qilgan edi. o’n sakkizlar guruhining harakatlarini hukumat boshlig’i Fayzulla Xo’jayev faol qo’llab-quvvatladi. U bu guruhning rasmiy a'zosi bo’lmasa ham, aslida ularning g’oyaviy ilhomchisi edi. Biroq O’rta Osiyo byurosi milliy rahbarlarning (O’n sakkizlar guruhiga keyinchalik yana boshqa mas'ul xodimlar ham qo’shildi) bu haqli talablarini nafaqat rad qilishdi, balki uning mohiyatini soxtalashtirishga muvaffaq bo’ldi. Kommunistik mafkuraning rasmiy siyosati uqtirishicha, go’yoki o’n sakkizlar guruhi respublikada yer-suv islohoti o’tkazilishi va boshqa tadbirlarga qarshi chiqib, boylar manfaatini ko’zlagan. Aslida o’zbek xalqi manfaatlarini himoya qilgan bu rahbar xodimlar 1925-yilning oxiridayoq O’rta Osiyo byurosining talabi bilan o’z mas'ul lavozimlaridan olib tashlandi. «Inog’omovchilik» O’zbekiston maorif xalq komissari (1925-1926), O’zbekiston Kompartiyasi MK matbuot bo’limi mudiri (1926-yil) lavozimlarida ishlagan Rahim Oxunjonovich Inog’omov (1902-1938) nomi bilan bog’liqdir. R.lnog’omov «O’zbekiston ziyolilari» (1926) risolasida o’zbek xalqi bolsheviklar amalga oshirgan oktabr to’ntarishiga nisbatan noxush munosabatda bo’lganligini ko’rsatgan edi. U o'zining bir qator maqola va nutqlarida O’zbekiston Kompartiyasining bolsheviklar markazining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashmayotganlikda, VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi (Sredazburo) va O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) kabi Markazning nazoratchi organlarini zo’ravonlikda ayblaydi. R.lnog’omov O’zbekiston yozuvchilarining Samarqanddagi «Qizil qalam» jamiyati faoliyatini dastlab yo’naltirib turgan edi. VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi va O’zbekiston Kompartiyasi MK RTnog’omovning to’g’ri mulohazalari va uning fikriga qo’shilganlarni partiyaga qarshi «inog’omovchilik guruhi» deb aybladi va ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashkilotini oyoqqa turg’azdi. 1926-yil 12-dekabrda o’zbekiton Kompartiyasi MK Ijroiya byurosi va plenumida bu masala ko’rib chiqilib, mog'omovchilik - mayda burjua va millatchilikka tomon og’ish, deb qoralandi. Dekabr oyida RJnog’omov o’z vazifasidan olib tashlandi. 1927-yil yanvar oyida VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosida ham bu ish maxsus ko’rilib, «inog’omovchilik o’ng oppozitsiya bilan g’oyaviy yaqinlikda» ayblandi. O’zbekiston Kompartiyasining III s'yezdi (1927-yil noyabr) R.Inog’omovni «g’oyaviy jihatdan» tor-mor qihndi deb hisoblab, uni Qashqadaryo okrugining eng chekka qishlog’iga ishlash uchun jo’natadi. 1930-yil 30-mayda «Pravda Vostoka» gazetasida R. Inog’omovning «ochiq xati» uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi. Shunday qilib, kommunistik mafkura O’zbekistonda milliy rahbarlarga qarshi kurashda dastlabki g’alabaga erishdi. Huquq va maorif tizimida qatag`onning avj olishi. Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni faqat lavozimlaridan chetlatib, ularni «g’oyaviy jihatdan» tor-mor qilishdan 20-yillarning oxiriga kelganda, endilikda jismoniy mahv etishga kirishdi. Bu jihatdan olganda O’zbekiston Oliy sudi organlarida o’tkazilgan qatag’onlar xarakterlidir. Markazning tazyiqi bilan O’zbekiston Kompartiyasining IV s'yezdi (1929-yil 17-fevral-2-mart)dan keyin jazo mexanizmi ishga tushirildi. O’zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa'dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo’shatihb, qamoqqa olindi. U bu vazifada 1926-yildan boshlab ishlayotgan edi. S.Qosimov va uning 6 ta tarafdori ustidan SSSR Oliy sudi sayyor sessiyasi 1930-yil 26-mart - 22-iyunda Samarqand shahrida sud jarayonini o’tkazdi. S.Qosimov bilan birgalikda O’zbekiston SSR Oliy sudining sobiq prokurori Badriddin Sharipov, eski Toshkentning sobiq sudyasi Mirsoat Mirzokirov, Mirzacho’l tumani sobiq sudyasi Ibrohim Xo’jayev, advokatlar kollegiyasining sobiq a'zosi Spiridonov, yirik savdogarlar Nasritdin Alimov va Samig’jonov - jami 7 kishi aybdor deb topildi. Markazdan kelgan jazo organlari (sud raisi - Vasilyev-Yujin va prokuror-R.Katanyan) ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qosimov va uning tarafdorlari «bosmachilar»ni qo’llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» a'zolari bilan aloqa bog’laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga «qosimovchiIik» yorlig’i bosildi. Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o’z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi O’zbekistonning suveren huquqi va milliy manfaatlarini poymol qilayotganligini ochib tashlashdan cho’chimadi. Sovet rejimi uch oy davom etgan sud jarayonini doimiy ravishda matbuotda yoritib bordi. Lekin unga kommunistik mafkura asosida yondoshilib, ishning mohiyati soxtalashtirildi. 22-iyunda S.Qosimov, B.Sharipov, N.Alimov, Spiridonov otib o’ldirishga, qolganlar esa 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularning butun mol-mulki musodara qilinib, davlat hisobiga o’tkazildi. Oradan ko’p o’tmay navbatdagi ish - «badriddinovchilik» o’ylab topildi. 1932-yil 5-may - 15-iyunda Toshkent shahrida SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining sayyor sessiyasi Shamsutdin Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayonini o’tkazdi. Sh.Badriddinov 1929-yilda Farg’ona okrugi prokurori, keyinchalik O’zbekiston SSR Oliy sudining prokurori lavozimlarida ishlagan bo’lib, u va tarafdorlari 1931-yilda qamoqqa olingan edi. Sh.Badriddinovga «Milliy Ittihod» tashkiloti a'zolari va «bosmachilar» bilan aloqa bog’lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti va hamfikri bo’lgan, degan ayblar qo’yildi. Bu sud jarayonida ham prokuror R.Katanyan edi. Sh.Badriddinov avval otishga hukm qilinib, so’ngra o’lim hukmi 10 yil qamoq muddati bilan almashtiriladi. Uning Muhammadjon Xo’jayev, Abdurahmon Rahmonov, Mahmudxon Ahmadjonov, Muhitdin Sadixonov, Ibrohimjon Musaxonovlardan iborat 5 ta tarafdori ham uzoq muddat qamoq jazosiga hukm qilinadi. Sovet rejimi sud organlaridagi milliy rahbar xodimlarni qatag’on qilish bilan birgalikda jazo qihchini maorif jabhasidagi ziyolilarga ham qarshi ko’targan edi. 1929-yil 5-noyabrda Toshkentda atoqli jadid ma'rifatparvari Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 kishi qamoqqa olinadi. Oradan ko’p o’tmay qamoqqa olinganlarning miqdori 87 kishiga yetdi. Ularga «Milliy Ittihod» va «Milliy IstiqloI» tashkilotlarining a'zosi degan ayb qo’yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko’chirildi. Bu holat sovet rejimini o’zbek ziyolilarining «millatchihgi»ni fosh qilishga jon-jahdi bilan kirishganligidan dalolat beradi. Tergov hujjatlarida yozishicha, 1919-yilda Munavvar Qori boshchihgida Toshkentda «Milliy Ittihod» tashkiloti maxfiy ravishda tuzilgan edi. 1920-yildan tashkilotning Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Xorazmda sho’balari tashkil qilingan. 1920-yil oktabr oyida Munavvar Qorining Buxoro shahriga kehshi va maorif nozirligida ishlashi bilan tashkilotning mintaqadagi markazi Toshkentdan Buxoroga ko’chadi. Dekabr oyining oxirida Ahmad Zaki Vahdiyning Buxoroga kelishi tashkilot faoliyatini yanada kuchaytirib yuborgan. «Milliy Ittihod» tashkiloti a'zolari istiqlolchilik harakatining yetakchilari bilan aloqalar o’rnatib, ularga g’oyaviy rahnamolik qilishgan edi. 1924-yil oxirlarida tashkilotning markazi qaytadan Toshkentga ko’chadi. O’zbekiston SSR tuzilgach, 1925-yilda uning asosida «Milliy Istiqlol» tashkiloti tashkil topadi. Bu paytga kelib sovet tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab mahalliy kommunistlar tashkilotning maxfiy a'zolari edi. Munavvar Qori bilan birgalikda Fayzulla Xo’jayev va Fitrat tashkilot faoliyatida muhim rol o’ynashgan. Biroq «Milliy Istiqlol» tashkiloti totalitar rejim kuchaygan 20-yillarning oxirida siyosiy faoliyatni qariyb to’xtatgan edi. 1931-yil 25-aprelda Moskvada bo’lib o’tgan sud majlisida Munavvar Qori, Salimxon Tillaxonov, g’ulom Ikromov, Mirxalil Karimov, Najmitdin Sheraxmedov, Tolibjon Musaboyev, Asadulla Xo’jaxonov, Usmonxo’ja To’xtaxo’jayev, Isroiljon Ibrohimov, Tangriqulhoji Maqsudov, Hasanqori Xoniy, Zayniddinqori Nasritdinov, Mulla g’aybulla Dadamuhamedov, Abdullabek Musabekov, Said Ahroriy kabi 15 millat fidoyisi - «Milliy Istiqlol» a'zolari otishga, qolgan 72 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Lekin qamoqdan deyarli hech kim qaytib kelmagan. 1930-yil avgust oyida O’zbekiston xalq maorif komissarligidagi bir guruh rahbar xodimlar hibsga olinadi. Ular ichida maorif komissari Mannon Ramziy (Abdullayev, 1896-1938), uning o’rinbosari Botu -Mahmud Hodiyev (1904-1938), shuningdek, Oltoy - Bois Qoriyev (1903-1976), Nosir Saidiy va boshqalar bor edi. Ular maorif tizimini «millatchilik og'usi» bilan zaharlaganlikda ayblanib, bu holat «maorif frontida qosimovchilikning namoyon bo’lishi» deb qoralandi. Botu va uning tarafdorlari 10 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi. 1930-yili Davlat banki apparatida «tozalash» o’tkazilib, ko’plab rahbar xodimlar qamaldi. Boshqa sud ishlari ham o’tkazildi. Bu ishlarning hammasi O’zbekistondagi yetuk milliy rahbar xodimlar va ziyolilarni tugatishga, xalqimizni totalitar rejim asorati ostida tutib turishga qaratilgan edi. 30-yillar o`rtasidagi ommaviy qatag`onliklar. Bu paytda totalitar rejimda 30-yillar o’rtasidagi ma’muriy-buyruqbozlik va ommaviy qatag'onliklar avtoritar boshqaruvning kuchayishi natijasida qonunbuzarlik hodisalari oddiy holga aylandi. Sovet mustabid tuzumi butun mamlakatda bo’lgani singari O’zbekistonda ham ommaviy qatag’onlarni ayj oldirdi. Yirik davlat va jamoat arboblari, partiya va xo’jalik rahbarlari, ziyolilar, ruhoniylar va harbiylar bilan birgalikda oddiy kishilar: ishchilar va kolxozchilar ham ko’plab ravishda qatag’on qilindi. O’zbekistonda siyosiy qatag’onlik 1937-yilning yozida ayniqsa avjiga chiqdi. O’zbekiston XKS raisi Fayzulla Xo’jayev, uning keyingi vorislari Abdulla Karimov, Sulton Segizboyev, O’zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi Akmal Ikromov, moliya xalq komissari (Narkomfin) Akbar Islomov, yer ishlari xalq komissari (Narkomzem) Rustam Islomov, maorif xalq komissari (Narkompros) Qosim Sorokin, ichki savdo xalq komissari (Narkomvnuttorg) Muhitdin Tursunxo’jayev, sog’liqni saqlash xalq komissari (Narkomzdrav) Karim Abdullayev, O’zbekiston Kompartiyasi MK kotiblari Sodiq Boltaboyev, LXudoyqulov, A.Sexer, bo’lim mudirlari Mo’min Usmonov, Qurbon Beregin, Mirmuslim Shermuhamedov, Kamol Sharipov, Qoraqalpog’iston obkomi kotiblari Davlat Rizayev, Komiljon Alimov, O’zbekiston LKSM MK kotiblari Isroil Ortiqov, F.Tarasov, shuningdek, yaqin o’tmishda mas'ul lavozimlarda ishlagan Rahim Inog’omov, Muxtor Saidjonov, Ota Po’latovich Xo’jayev, Sa'dulla Tursun xo’jayev, Sultonbek Xo’janov, Ubaydulla Xo’jayev, (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev), Po’lat Soliyev, Mirkomil Mirsharopov, Muinjon Aminov, Muso Saidjonov, Mukammil Burhonov, Abdulhay Tojiyev, Usmonxon Eshonxo’jayev, Jo’ra To’rabekov, Nishonbek Mavlonbekov, D.Manjara, respublikadagi viloyatlar, shaharlar va tumanlar rahbarlari, boshqa ko’plab xo’jalik xodimlari qamoqqa olinib, tergovdan keyin SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasi ning qaroriga binoan otib tashlandi. 20-yillarda Turkiston respublikasida mas'ul lavozimlarda ishlagan: Turor Risqulov, Qayg’usiz Otaboyev, Nazir To’raqulov, Sanjar Asfandiyorov, Abdulla Rahimboyev, Nodirboy Aytaqovlar 1937-1939-yillarda qamoqqa olinib, mustabid sovet rejimi tomonidan yo’q qilindi. O’zbekistondagi siyosiy elita “millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish” da, shuningdek, qurolli qo’zg’olon ko’tarishni tayyorlashda ayblandi. O’zbekiston jamiyatning hamma tabaqalariga yoyilgan hibsga olish to’lqini ostida qoldi. Davlat va jamoat arboblari, xo’jalik rahbarlari bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatag’on qilindi. XX asr o’zbek madaniyatining bebaho yulduzlari Fitrat, Cho’lpon va AbduUa Qodiriy bir kunda - 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahri atrofida otib tashlandi. 4-oktabrda qamoqqa olingan ko’plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda qatl qilingan. Usmon Nosir, Marmon Ramziy, Elbek - Mashriq Yunusov, Bosit Qoriyev, Miyonbuzruk Solihov, Ashurali Zohiriy, Ziyo Said - Qosim Solihov, Muhammadsharif So’fizoda, Ishoqxon Ibrat, Tavallo - To’lagan Xo’jamyorov, G’ozi Olim Yunusov, G’ozi Yunusov, G’ulom Zafariy, Otajon Hoshimov, Qayum Ramazonov, Shokir Sulaymon, Anqaboy Xudoybaxtiyev kabi o’zbek xalqining ko’plab ziyolilari: shoirlar, adiblar va olimlar qatag’on qilindi. Shuningdek, 20-yillarda Germaniya va boshqa mamlakatlarda o’qib O’zbekistonga qaytgan ziyolilar ham qatag’on girdobiga tortildi. Abduvahob Murodiy, Sulton Jabbor, Solih Muhammad, Xayriniso Majidxonova va boshqa ko’plab ziyolilarimiz «Germaniya josusi» sifatida ayblanib, otib tashlandi. Germaniyada o’qib qaytganlardan faqat xorazmlik Maryam Sultonmurodova 15 yillik qamoq muddatidan so’ng, yurtiga qaytdi. 1937-1939-yillarda O’zbekis tonda to’qib chiqarilgan soxta ayblovlar bo’yicha 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortig’i jazolandi, 6920 kishi esa otib o’ldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937-1953-yillarda O’zbekiston ichki ishlar xalq komissarligi - NKVD troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatag’on qUindi, ulardan 13 ming nafari otib tashlandi. 1936- 1940-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4811 kishi otib o’ldirishga hukm qilingan edi. Bu ma'lumotlar qizil terror qanchalik keng miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi. Qizil terrorni amalga oshirishda Moskvadan jo’natilgan O’zbekiston ichki ishlar xalq komissari D.Z.Apresyan, uning o’rinbosari L.I.Leonov-Nemirovskiy, Tojikiston ichki ishlar xalq komissari N.A. Zagvozdin, chekistlar Trig’ulov, Akjigitov mash'um rol o’ynadi. Sovet rejimi o'zining bu gumashtalarini ham o’sha yillari otib tashladi. Shunday qilib, 30-yillarning oxirida O’zbekistonda mustabid sovet rejimi o’z hukmronligining cho’qqisiga ko’tarildi. Kommunistlar demokratiya va shaxs daxlsizligi prinsiplarini oyoqosti qilib, har qanday o’zgacha fikr yuritishni zo’ravonlik bilan yanchishga erishdi. Totalitar rejim nafaqat o’ziga qarshi chiqqan minglab millat fidoyilarini, balki gunohsiz o’n minglab odamlarni ham terror (qatli om) qildi. Sovet rejimi o’zining repressiv (qatag’onlik) siyosatini keyingi yillarda ham uzluksiz davom ettirib, o’zbek xalqi boshiga mislsiz azob-uqubatlarni soldi. Lekui xalqimiz yuragida mustaqillikka bo’lgan ishonch va istiqlolga erishish orzusi aslo so’nmadi. Mustamlakachilik davri qurbonlari – shahidlar xotirasiga avlodlar ehtiromi. Asossiz qatag’on qilinganlarni oqlash aslida Stalin vafotidan so’ng - 50-yillar o rtalarida bosnlangan edi. Natijada o’shanda O’zbekiston bo’yicha qatag’on qilingan(halok bo’lgan va qamoqda o’tirgan)lardan 40000 kishi oqlandi. 80-yillarning oxirida yana bir guruh kishilar oqlandi. Lekin ularni oqlash kommunistik mafkura talablari ostida amalga oshirilib, bu jarayon oxiriga yetkazilmadi. Buning ustiga ularni oqlash yangi kishUarni qatag’on qilish bilan bir paytda amalga oshirildi. Mustabid tuzum davrida bunday bo’lishi tabiiy edi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan keyin qatag’on qilinganlarning ko’pcluligi huquqiy jihatdan oqlandi. Ularning porloq nomlari tiklandi. Mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2000-yil 12-mayda Toshkent shahridagi Yunusobod mavzesida - Bo’zsuv bo’yida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui ochildi. U mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga bag’ishlab o’rnatilgan bo’lib, millat fidoyilarining aksariyati shu yerda otib tashlangan edi. LKarimov yodgorlik majmuining ochilish marosimida so’zlagan nutqida kommunistik rejim qatag’onlarining asl mohiyatini quyidagicha ochib bergan edi: «Zulm va zo’ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o’zligini, milliy qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak xalqni uyg’otishga, xalqni boshqarishga qodir bo’lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo’lida fidoyilik ko’rsatgan barcha aql-zakovat sohiblari jismonan yo’q qilindi... Mana shular qatorida siyosatdan mutlaqo uzoq bo’lgan ming-minglab oddiy dehqonlar, hunarmand-kosiblar, ishchi-xizmatchilarning begunoh qurbon bo’lib ketgani tasavvurga ham sig’maydigan ayanchli bir holdir». 2001-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida har yili 31-avgust - Mustaqillik e'lon qilingan kun qatag’on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling