O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib kuchayib borgan axmoniylar davlati atrofdagi bir kancha xududlarni bosib oladi va bu sulola Eronda yirik saltanat barpo etadi


Download 1.01 Mb.
bet10/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   287
Mil. av. VI asr boshlarida vujudga kelib kuchayib borgan axmoniylar davlati atrofdagi bir kancha xududlarni bosib oladi va bu sulola Eronda yirik saltanat barpo etadi. Sung ular 545 yildan boshlab Urta Osiyoga bir necha bor xarbiy yurishlar kiladi, lekin massagetlarning karshiligiga duch keladi. Axmoniylar podshosi Kir II ning kushinlari Markaziy Osiyoga kilgan ikkinchi yurishida xam maxalliy axolining kattik karshiligiga uchraydilar. Mil. av. 530 yilda Kir II massagetlar ustiga yangi yurish kilganda boskinchilarga karshi kurashga malika Tumaris boshchilik kiladi. Bu janglarda axmoniylar katta talofot kuradi, Kir II esa uldiriladi.
Miloddan avvalgi 522 yilda Eronda xokimiyat tepasiga kelgan Doro I ga karshi Margiyonada keng xalk ommasi Frada boshchiligida kuzgolon kutaradi. Ammo u shafkatsizlik bilan bostiriladi. Bunday xarakatlar keyingi davrlarda xam davom etib, mil.av 519-518 yillarda Doro I Markaziy Osiyodagi sak kabilalari ustiga yurish kiladi. Bu janglarda maxalliy axolining ularning kupchiligi uldirilib, bir kismi asir olinadn, Saklarning boskinchilarga karshi kurashida otbokar -SHirok kabi mardonavor vatanparvarlar jonbozlik kiladilar.
Xullas, uzok yillar davomidagi axmoniylarning Urta Osiyo xududiga xarbiy yurishlari natijasida bu ulkaning katta Eron imperiyasi tarkibiga kushib olindi. Axmoniylar yurtimizda deyarli 200 yil mobaynida xukmronlik kildilar. Usha paytlarda Urta Osiyo turt satraplikka (viloyatga) bulindi - amaldorlari boshlik etib tayinlandi. Makalliy axolii axmoniylarga katta mikdorda kumush xisobidan solik tular edi. SHuningdek, solix sifatida kimmatbaxo toshlar, chorvachilik va dexkonchilik maxsulotlari xam Eron podsholariga "sovga" etilar edi.
Markaziy Osiyo viloyatlarining axmoniylar davlati tarkibiga kirishi okibatida Eron xududi ancha kengaydi Xarbiy eronliklar maxalliy xalklarga ma’lum darajada uz ta’sirini kursatdi.
Ahamoniylar hukmronligi davrida O’rta Osiyo (Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo (9 va 10 javoblar)
Mil. avv. 555-540-330 yillar O‘rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. O‘rta Osiyo viloyatlari va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko‘pchilik olimlar turli yillarda tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar Yeroni hududlari tarixi bilan bog‘liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Mil. avv. IX-VII asrlarda G‘arbiy Yeronning ko‘pgina hududlari Ossuriya va Urartu davlatlari tarkibiga kirar edi. Mil. avv. VII asrning ikkinchi choragiga kelib Yeron hududidagi eroniy tilli qabilalar asosida markazi Hamadonda bo‘lgan Midiya podsholigi tashkil topadi. Bu davlatningg Sharqdagi hududlari O‘rta Osiyo chegaralarigacha cho‘zilgan edi. Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Midiya podsholigi o‘rnida Ahmoniylar davlati paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II ahmoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda ko‘plab mamlakatlar ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirganlar va shunday siyosat olib borganlar. Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Kir II o‘zining sodiq lashkarboshlaridan biri bo‘lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi. O‘zi esa O‘rta Osiyo hududidagi viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshq.) bosib olishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga qarshi yurishi haqida so‘zlar ekan, bu yurishlarning ko‘pchiligi haqida to‘xtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib o‘tadi. Tarixchining ma’lumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini bo‘ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi. Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget qabilalari malika To‘maris (Tomiris) boshchiligida forslarning turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo‘shinini tor-mor etadilar. Malika To‘maris va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi. Gerodot xabar berishicha, “Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l jangi boshlanib nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat massagetlar g‘alaba qozondilar.” Kir II qo‘shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi. Mil. avv. VI-IV asrlar O‘rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot ancha rivojlanadi. Bu davrda Baqtriya yirik davlat bo‘lib, fors podsholarining Sharqdagi yirik markazlaridan biri edi. So‘nggi yillarda O‘rta Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o‘ttizdan ziyod ahmoniylar davriga oid manzilgohlar ochilgan. Ularning har birida o‘zlashtirilgan maydonlar va sug‘orish tartibidan tashqari turar joylar va xo‘jalik xonalari, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir. O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo‘shdilar. Bu davrda O‘rta osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar. O‘rta Osiyo hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid oltin dariklar va boshqa tangalar topilgan. Ahmoniylar davrida ko‘pgina Sharq xalqlarining siyosiy birligi - butun jahon tarixida, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim davr bo‘lib qoldi. Bu o‘rinda O‘rta Osiyo hududidagi xalqlar va qabilalarning ham hissasi nihoyatda katta bo‘ldi. Mil. avv. 330-329 yillar qishida Makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari Hinduqush dovonidan o‘tib Shimoliy Baqtriya yerlariga chiqib keladilar. Bess o‘z qo‘shinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. Ammo, tajribali yunon-makedon qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qal’alarni egalladi.




  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling