O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Enyolit va Boronza davrida orta osiyo


Download 1.01 Mb.
bet151/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   287
Enyolit va Boronza davrida orta osiyo

O`rta Osiyoda dehqonchilik madaniyatining paydo bo`lishi eramizdan avalgi 3-2 ming yilliklarga to`g`ri keladi. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikning ikkinchi yarmi, 2-ming yillikning birinchi yarmida Amudaryoning yuqori qismida aholi punktlari paydo bo`lgan edi. Bu yerlik aholi Badaxsxon yoqutini (lazurit) ishlab chiqish va sotish ishlarida ishtirok etardi. Shuningdek ular bilan Hindistondagi Xarapp madaniyati o`rtasida o`sha davrdayoq aloqalar mavjud bo`lgan. Eramizdan avvalgi 2-ming yillikda hind-eron (oriylar) qabilalarining O`rta Osiyo hududi va unga tutushgan sahrolar orqali janubda Hindiston, janubiy-sharqda Midiya va Fors davlati, sharqda Sharqiy Turkiston sari migrasiyasi yuz bergan.
Dehqonlarning qadimiy maskanlaridan bo`lgan Zarafsxon vohasidagi Zamonbobo hududida uy hayvonlarining suyaklari, bug`doy va arpa donlari, toshdan yasalgan dehqonchilik uskunalari topilgan. Panjikentdan uncha uzoq bo`lmagan Sarazm qishlog`i atrofida eneolit va bronza davriga oid dehqonchilik maskani topilgan bo`lib, uning hududi 90 gektardan ziyodroq maydonni qamrab oladi. Qadimiy dehqonchilik maskanlari Surxondaryoda - Sopollitepa va Jaro`qtonda ham topilgan. Xorazm hududida topilgan va bronza davriga oid bo`lgan arxeologik yodgorliklar Tozabog`yobsoy dehqonchilik madaniyati nomini olgan. Ko`kcha, Qavat-3 dehqonchilik maskanlari 2-ming yillikning o`rtalarida vujudga kelgan. Bu yerda qadimiy kanallar mavjud bo`lgani aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida Xorazmda sun'iy sug`orish texnikasi rivoj topishi asnosida Amirobod madaniyati shakllangan. Shu tariqa Farg`ona vodiysi aholisi ham asta-sekinlik bilan o`troq turmush tarziga o`tib, dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaydi. Xususan, eramizdan avvalgi 2-ming yillikning yakuni va 1-ming yillikning boshida Farg`ona vodiysida Chust dehqonchilik madaniyati paydo bo`lgan. 1-ming yillikning boshlarida Samarqand, Marv, Yerqo`rg`on, Axsikent, Xiva kabi shaharlar vujudga keladi. Shuningdek, ushbu davrda zardushtiylikning Avesto kitobi va qahramonlik eposlari paydo bo`ldi.
O’rta Osiyo o`troq aholisi bronza davrining oxirlarida sug`orma dehqonchilik madaniyatini va hunarmandchilik sirlarini yaxshigina egallagan edilar. Bronza davrida O`rta Osiyo hududlari xo`jalik hayoti kelib chiqishi jihatidan ikki xil bo`lgan dehqon va chorvador aholining o`zaro aloqa maydoniga aylanadi. Bunda dehqon jamoalarining Sopolli madaniyati, Tillabuloq, Kuchuktepa, Tozabog`yob, Amirobod yodgorliklari (O`zbekiston), Gonur, To`g`aloq (Turkmaniston), chorvador qabilalarning Bishkent-Vaxsh madaniyati (Janubiy-g`arbiy Tojikiston) va Andronova madaniyati qabilalari) yodgorliklari o`rganilgan. O`troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari qadimgi qishloqlar, ilk shahar xarobalari, qadimgi qabriston yodgorliklari ko`rinishida bizgacha etib kelgan. Diniy e‟tiqod bilan bog`liq oilaviy va jamoaviy kul`t ob‟ektlari, shahar-davlat monumental ibodatxonalar topib o`rganilgan. Ularda aholining etnomadaniy hayoti, ma‟naviy va mafkuraviy dunyosi, dafn marosimlaridagi turli xil urf-odatlar o`z aksini topgan.
O`rta Osiyoning Tojikiston qismi ko`proq dasht qabilalari xo`jalik hayotiga mos tabiiy-geografik qulayliklarga ega bo`lganligi sababli, bu hududda chorvador urug` jamoalarining yodgorliklari ko`proq o`rganilgan. Masalan, Vaxsh va Qizilsuv havzalarida Bishkent-Vaxsh madaniyatiga tegishli ilk Tulxor, Aruktau, Oyko`l, Jarko`l, Makoni-Mor, Bishkent I,II,III, Tigrovaya Balka, Borbat, Gelot, Guliston, Obkux, Kangurttut, Isanboy kabi qabristonlar va Toshguzar manzilgohi topib o`rganilgan.
Shu bilan birga, Sopolli madaniyatining so`nggi Mo`lali va Bo`ston bosqichlarida qadimgi dehqon jamoalarining ekologik, etno-demografik va iqtisodiy xo`jalik zaruriyati tufayli, Janubiy Tojikiston hududlariga kirib borishi kuzatiladi. Ular Janubiy Tojikistonning dehqonchilik va chorvachilikka qulay uch vohasining (Hisor vohasi, Vaxsh daryosining o`rta oqimi va Tairsuv daryosining yuqori oqimi hamda Parxar-Kulob vodiysi) tog` oldi hududlariga joylashadilar. Bu tipdagi yodgorliklarga Tandir-yo`l, Nurek, Zarkamar, Qora - Pichoq,
Kangurttut, Xo`ja G`oyib, Parxar, Qizlar qal‟a kabi yodgorliklarni kiritish mumkin.
Tadqiqotlar qadimgi Xorazmning Tozabog`yob madaniyatini yaratgan chorvador qabilalar qisman qadimgi suv havzalarining pastqam va zahkash qismlarida ibtidoiy dehqonchilik bilan ham shug`ullanganliklarini ko`rsatadi. Tozabog`yob madaniyatiga xos bo`lgan yarim erto`la turar joylar, qo`lda yasalgan va turli geometrik naqshlar bilan bezatilgan sopol idishlar Qozog`iston va Sibirning cho`l zonalaridagi sopol buyumlarga o`xshashligi aniqlangan. Shu sababli, S.P.Tolstov tozabog`yobliklarni Andronova qabilalarining avlodlari deb hisoblagan.
Cho`l hududlarida yashagan qabilalarga xos yodgorliklar Farg`ona vodiysida ham o`rganilgan. Bularga Vodil va Karamko`l qishloqlaridan topilgan qadimgi qabristonlar va mavsumiy qarorgohlarini aytib o`tish joiz. Ularda chizma naqshli sopol parchalari, bronza va toshdan ishlangan mehnat qurollari, hayvon suyaklari, kullarning qoldiqlari topilgan. Sopol parchalarining naqshlari, shakli, qo`pol va mo`rtligi jihatidan Toshkent vohasi, Zarafshon vodiysi va Amudaryo etaklarida o`rganilgan bronza davri chorvador qabilalarinikiga o`xshashdir6.
Demak, milodan avvalgi II ming yillikning uchinchi choragidan boshlab, bu mintaqada o`troq dehqonchilik jamoalari bilan cho`l mintaqalari chorvador jamoalarining etnomadaniy uchrashuv, etnik jihatdan aralashuv markaziga aylanadi. Bu xilma-xil etnomadaniy manzara O`rta Osiyoning har ikkala xo`jalik sohiblari bronza davri qabilalarining shakllanib borayotgan diniy e‟tiqodlarida yaqqol ko`zga tashlanadi.
Shuni ham ta‟kidlash joizki, chorvador qabilalarning dehqon jamoa hududlariga kirib kelishi O`rta Osiyoda etnik jarayonlarning faollashuviga va o`zaro tovar almashinuvining kuchayishiga ijobiy ta‟sir ko`rsatadi. Bu iqtisodiy va madaniy aloqalar mulkiy tengsizlikni tezlashtiradi. Natijada, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilib, uning negizida sinfiy jamiyatning shakllanishiga zamin yaratildi.
Har bir davrning o`ziga xos mafkuraviy e‟tiqod ko`rinishi bo`ladi. Bronza davri aholisining e‟tiqod ko`rinishlari haqida gapirar ekanmiz, avvalo, diniy qarashlarning ildizlari haqida biroz to`xtalib o`tamiz.
Diniy qarashlarning paydo bo`lishi to`g`risida hech qanday yozma manbalar yo`q. Negaki, diniy qarashlar yozuv paydo bo`lishdan ancha oldin yuzaga kelgan. Aniq ishonch bilan aytish mumkinki, O`rta Osiyoda xalqlarning ibtidoiy diniy qarashlari so`nggi paleolit davridan boshlab paydo bo`la boshlagan. Muste davriga oid Teshiktosh g`oridan topilgan neandertal bola qabridan qizil rang-oxra izlarining topilishi va qabrning hayvon shoxlari bilan o`ralishi bu fikrning ashyoviy dalili bo`lib xizmat qiladi.



  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling