O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Ilk davlatlarning paydo bo’lishi (xorazm va Baqteriya)


Download 1.01 Mb.
bet152/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   287
Ilk davlatlarning paydo bo’lishi (xorazm va Baqteriya)

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik O`rta Osiyo xo`jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III-II yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning atroflarida esa ilk temir (VIII-IV asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun`iy sug`orish birmuncha qulay bo`lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o`rta) oqimlari bo`ylarida, Murg`ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Hozirgi kunga kelib, O`rta Osiyoning juda ko`plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo`ton, Anov, Qiziltepa, Ko`zaliqir, Afrosiyob, Chust, Dalvarzin, Daratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo`jalik bilan bevosita bog`liq bo`lgan metall qurollar topib o`rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat hayotiga keng yoyilishi mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon davlatchilik paydo bo`lishini yanada tezlashtirdi.
O`tgan asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar «Avesto» ma`lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo`yicha birlashishi) Gerodot va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), shuningdek, Ktesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma`lumotlari va nihoyat arxeologik tadqiqotlar natijalari O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo`lishi muammolarini o`rganish uchun asos bo`lgan bo`lishiga qaramasdan, qadimgi davlatlar hududlari, shakllari, boshqaruv tizimi va sanasi bilan bog`liq bo`lgan mavzularning ayrim yo`nalishlari hamon ilmiy bahslarga sabab bo`lmoqda.
So`nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar «Katta Xorazm», «Qadimgi Xorazm» masalalariga birmuncha aniqliklar kiritdi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra, Xorazm tuproQida mil. avv. VIII-VII asrlarga oid paxsa yoki xom G`isht turar joylar aniqlanmagan (turar joylar yarim erto`lalardan iborat). Qadimgi Xorazm davlati mil. avv. VI asrda Amudaryoning o`rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo`lgan erlarda vujudga kelgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O`rta Amudaryo oqimidagi erlar orqali o`tgan. Xorazmning yirik sug`orish inshootlari mil. avv. VI-V asrlarga oiddir. O`lkada bu davrlarga oid ko`pgina shahar va qishloqlar xarobalari ochib o`rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom G`isht va paxsadan qad ko`targan bo`lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan.
O`zbekiston hududida so`g`diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi ko`plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So`g`da ("Avesto"da), So`g`uda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So`g`diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so`g`diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklar bo`lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. So`g`diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg`onistonning Shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Bahdi ("Avesto"da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Cho`llar va Amudaryo bo`ylarida ko`chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog`lik, dasht va cho`l yerlarida asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o`z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy-qabila ittifoqini tuzadilar. Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo`lingan. Ularning ko`pchilik qismi saka-tigraxauda, ya'ni o`tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog`iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh saka-tiay-taradarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo`ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog`li tumanlarida va Farg`onada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashashgan. Iqtisodiyot rivoji. Xorazm, So`g`diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti o`sha vaqtda sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik edi. Jamiyat hayotida hunarmandchilik va savdoning ham o`rni katta bo`lgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik buyumlari, temir va bronza qurollari topilgan. Ko`chmanchi sak va massaget elatlarining asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lib, ularning tuya, ot va qo`y echkilardan iborat katta-katta suruvlari bo`lgan. Hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g`alla va mevaga ayirboshlaganlar. Markaziy Osiyo xalqlari Sharq mamlakatlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo`lganlar. Xalqaro savdo va madaniy aloqalar shaharsozlikni taqozo etgan. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan bo`lib, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi. Qadimgi shahar madaniyati. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo`rg`on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko`zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaharlarni o`rganishgan. O`zbekistonning bunday qadimiy shaharlari qanday ko`rinishga ega bo`lgan? Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o`ralganligidir. Shaharda hokim yashaydigan qal'a bo`lgan. Qal'ada xom g`ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo`lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari hisoblangan. Masalan, ilk Qiziltepa shahri mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralib, devor suv to`ldirilgan xandaq bilan ihotalangan. Devorning burjlari va o`q otish uchun maxsus shinaklari ham bo`lgan. Shahar ichkarisida xonadonlar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Ilk davlat birlashmalari. O`zbekiston hududlarida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Ushbu davlatlar dehqonchilik bilan shug`ullangan mahalliy aholi madaniyatining rivoji asosida paydo bo`lgan. Bizning ajdodlarimiz ularning tub aholisi bo`lib, uzoq tarixiy taraqqiyot yo`llaridan o`tganlar. Marg`iyona va So`g`diyona ham Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta'sirida bo`lgan. Shuning uchun u qadimda bir biriga qarindosh bo`lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O`zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta'sirida bo`lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo`rg`on va Afrosiyob o`rnida Baqtriya va So`g`dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O`zbekiston hududida eng qadimgilari bo`lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas. Yerqo`rg`on, Uzunqir va Afrosiyob - O`zbekiston hududidagi eng qadimgi shaharlar. Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo`lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko`zaliqir shahri bo`lgan. U qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan aholisi turli xil uy-qo`rg`onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq yuksak darajada rivojlangan. Shunday qilib, miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O`zbekiston hududida ilk temir asriga o`tish boshlangan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo`lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o`rnatilgan. Qadimgi davrda O`zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.




  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling