O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Aholining milliy tarkibidagi o`zgarishlar


Download 1.01 Mb.
bet99/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   287
Aholining milliy tarkibidagi o`zgarishlar. O’zbekiston urushdan keyingi yillarda ko p millath respublika edi. 1939-1970-yillarda respublika hududida yashayotgan millat va elatlar soni 94 tadan 121 taga ko’paydi. Bizning hududimiz ko’p millatli edi. Lekin chor hukumatining va sovet hokimiyatining siyosati bu jarayonni yanada kuchaytirdi. Sovetlar davrida sanoatlashtirish bahonasi bilan O’zbekistonga ko’plab rus va boshqa yevropalik ishchi va xizmatchilar ko'chirib kelindi. Urush yillari 20 dan ortiq xalq va elat - qalmiqlar, qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, nemislar, qorachoylar, pontiya greklari, bolqarlar, mesxeti turklari va boshqalar o'zlarining vatanidan, doimiy yashash joylaridan O’zbekistonga majburan ko'chirib keltirildi. Sovet tashkilotlari tomonidan nohaq ayblangan, majburan ko’chirilgan bu xalqlarni insonparvar, mehmondo’st o’zbeklar ihq kutib oldilar. Ko’chirib keltirilganlar uchun o’zbek xalqi sharoitlar yaratib berdi. Shahar va qishloqlardagi o’zbek xonadonlari ko’chib kelganlarga ko’rpa-to’shak, kiyim-bosh, oziq-ovqat bilan yordam qildilar. 1940 - 1970-yillarda aholi soni respublikada ikki baravarga yaqin o’sdi.O’zbekiston aholisining milliy tarkibida 1970-yili o’zbeklar (65,5%) birinchi o’rinda bo’lsa, ruslar (12,5%) ikkinchi o’rinda edi. Aholining soni bo’yicha ulardan keyingi o’rinlarda tatarlar, qozoqlar, tojiklar, qoraqalpoqlar turardi. Koreyslar, qirg’izlar, ukrainlar, turkmanlar, ozarbayjonlar, armanlar va uyg’urlar ham respublika aholisining anchagina qismini tashkil etardilar. Bundan tashqari, respublikada boshqirdlar, beloruslar, osetinlar, chuvashlar vakillari ham yashardilar. Shunday qilib, urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda aholining milliy tarkibi kengaydi. Aholi tarkibidagi o’zgarishlarda sovet hokimiyatining zo’ravonlikka asoslangan milliy siyosati o’z aksini topdi.
Markazning milliy siyosati va uning salbiy oqibatlari. Urushdan keyingi yillarda milliy siyosatda zo’ravonlik bo’lganiga va chetga og’ishlar bo’lganiga qaramay, respublikada mhlat va elatlar, jumladan, o’zbek xalqining iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim siljishlar ro’y berdi. Biroq mulatlararo munosabatlarda muammolar bisyor edi. Ular haqida oshkora gapirilmas, matbuotda yozilmas ediyu, lekin xalq ko’nglida pinhoniy alam kuchayib borardi. Partiya va hukumatning davlat qurilishidagi asosiy maqsadi yagona Ittifoq davlatini har tomonlama mustahkamlashdan iborat bo’ldi. Partiya «mahalliychilik va milliy cheklanganlikning har qanday ko’rinishlari»ga qarshi, ya'ni o’z istiqloli, milliy madaniyatim himoya qilishga qaratilgan milliy harakatlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Sovet va davlat xavfsizligi tashkilotlari erkin fikr yuritishni ta'qib qilar, respublikada mustaqillikka erishishning har qanday ko’rinishlarini bo’g’ib qo’yar edi. O’zbekistonning suverenligi aslida faqat qog’ozda qayd etilgan bo’lib, mustaqillik kunlariga qadar qog’ozda qolib keldi. Markazdan turib amalga oshiriladigan siyosat respublikani mustaqillikdan mahrum etar, uning iqtisodiyotini xom ashyo tayyorlashga qaratar va mustamlakachilik siyosatidan kam farq qilardi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukm surgan, respublikaning haq-huquqlari cheklab qo’yilgan sharoitlarda respublika hokimiyat organlari o’z xalqining manfaatlariga mos keladigan siyosat yuritish, o’z mintaqasining eng muhim muammolarini hal qilish imkoniga ega emas edilar. Boshqaruvni markazlashtirishning salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ayrim yillarda ittifoqdosh respublikalarning huquqlarini kengaytirishga doir choralar ko’rildi. Jumladan, 50-yillarning o’rtalarida yengil va oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti, temir va asfalt yo’llar, sog’hqni saqlash, aloqa, umumiy ovqatlanish va boshqa tizimlarga qarashli o’nlab korxonalar respublikamiz ixtiyoriga berildi. 50-yillarning oxirlariga kelib ma'muriy-iqtisodiy rayonlardagi sanoat va qurilish boshqaruvi Xalq xo’jaligi kengashlari ixtiyoriga o’tkazildi. Bu islohot umuman olganda ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi. U ortiqcha markazlashtirishni cheklab, xo’jalikka rahbarlik qilishda Mahalliy organlarning huquqlarini kengaytirdi. Bu islohot kutilgan natijaga olib kelmadi. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti Ittifoqning yagona xalq xo’jaligi majmui doirasida rivojlanib bordi. Markazdan turib boshqarish respublika boyliklaridan metropoliya manfaatlarida foydalanishga imkon berdi. Sanoatni maqsadga muvofiq ravishda joylashtirishning zarur sharti xom ashyoning yaqin bo’lishi hisoblanadi. Respublikada xom ashyo bo’lsada, ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar qurilmagan edi. Paxtadan mahsulot ishlab chiqaruvchi ip-gazlama kombinatlari Rossiya markazida joylashgandi. Bunday tartib mahalliy aholi manfaatiga zid bo’lishiga qaramay, keladigan daromadning hammasi Markazga tushar edi. Bunday muammolar millatlararo munosabatlarda keskinlikni yuzaga keltirdi. Markazning milliy siyosatida kadrlar masalasi muhim o’rin tutardi. Respublika partiya va hukumatidagi birinchi yordamchilar, O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining «ikkinchi kotibi» va O’zbekiston Ministrlar Soveti raisining «birinchi o’rinbosari» lavozimlariga 30-yillardanoq Moskvadan yuborilgan vakillarni tayinlash tartibi o’rnatilgan edi. Bu shaxslar katta huquqqa ega bo’lib, kadrlar taqdirini o’z ixtiyorlaricha hal qila olardilar. Bundan tashqari Markazga bo’ysunadigan lavozimlar nomenklaturasi mavjud edi. Unga partiyaning birinchi kotiblari va davlat organlarining rahbarlari kirardilar. Masalan, O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi bo’lib 1950-59-yillarda Sharof Rashidov, 1959-70-yillarda Yodgor Nasriddinova ishlagan. Ular rasman respublikada «saylansa»da, lekin amalda Markaz bilan kehshilgan holda ishga tayinlanardi. Sirtdan qaraganda respublikani o’zbeklar boshqarayotgandek ko’rinardi, ammo haqiqatda hokimiyatni idora qilish tizgini Ittifoq organi qo’lida edi. Bunday siyosat mahalliy aholining manfaatlariga ziyon yetkazdi. Yetakchi sanoat sohalari uchun mutaxassislar yo’q degan bahona ostida ular Markazdan taklif qilindi. Fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi sohalar uchun mutaxassislar o’zbeklardan yetarlicha tayyorlanmas edi. 1959-yilda respublika aholisi tarkibida o’zbeklarning salmog’i 62% dan ortiq bo’lsa ham, undagi o’zbek ishchilarining salmog’i atigi 43 %ni tashkil etdi. Ittifoqqa bo’ysunadigan korxonalar asosan Rossiya va boshqa respublikalardan taklif etilgan mutaxassislar va ishchilar bilan ta'minlanardi. Bunday korxonalarda ish haqi mahalliy sanoat korxonalaridagiga qaraganda ko’proq edi. Masalan, Ittifoqqa bo’ysunadigan korxonalarda bir ishchining o’rtacha ish haqi 1950-yilda 133% ga ko’paygan bo’lsa, respublikaga bo’ysunuvchi korxonalarda 73%ga ko’paydi. Bunday kadrlar siyosati mahalliy aholining moddiy va ma'naviy manfaatlariga ziyon yetkazib, respublikada millatlararo munosabatlarning murakkablashuviga zamin yaratdi. Ijtimoiy soha msonlarning hayotiy manfaatlariga bevosita daxldor bo’lib, millatlararo munosabatlarning shakllanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir o’tkazib bordi. Ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi mehnatkashlar uchun turar joy sharoitlarini yaratishdir. 50-60-yillarda O’zbekistonda ko’pgina turar joy massivlari qurildi. Toshkentdagi yirik massivlar - Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish va boshqalar, viloyatlardagi zamonaviy qulay uylardan bunyod topgan mikrorayonlar shular jumlasidandir. Biroq bu sohada ham chetga og’ishlar kuzatildi. Chunonchi, yangi massivlarga asosan Rossiya va boshqa respublikalardan ko’chib kelganlar joylashtirildi. Mahalliy aholi esa kanalizatsiyasi, gazi, markazdan turib isitiladigan moslamalari va boshqa kommunal-maishiy qulayliklari bo’lmagan eski turar joylar va Mahalliy uylarda yashayverdi. Markazning dasturilamal hisoblangan hujjatlarida millatlar va elatlar teng huquqlidir deb e'lon qilindi. Biroq Ittifoqdagi har bir xalqning madaniyati «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» bo’lishi kerak, degan stalincha g’ayriilmiy nazariya shunday yo’l tutilishiga olib keldi. Bu nazariyaga ko’ra, asosan baynalmilal madaniyat rivojlanishi zarur edi. Milliy madaniyatning rivojlanishi esa ikkinchi darajah masala hisoblanardi. Bu hol O’zbekiston madaniyatining rivojlanishiga ham to’g’anoq bo’ldi. 60-yillarning boshlarida shaklan milliy, mazmunan sotsiahstik madaniyat to’g’risidagi stalincha nazariya madaniyatlarning gullab-yashnashi va bir-biriga yaqinlashuvi to’g’risidagi yangi g’oya bilan almashtirildi. U amalda millatlar bir-biriga qorishib, chatishib ketishi kerak, degan ma'noni anglatar edi. Partiyaning milliy masaladagi asosiy vazifasi «millat va elatlarning to’la-to’kis birligiga», baynalmilal madaniyat yaratishga erishishdan iborat bo’lib qoldi. Bunday milliy siyosatning amalga oshirilishi o’zbek xalqini milliy ildizlaridan ajratib, milliy o’z-o’zini anglashning o’sib borishiga to’g’anoq bo’ldi, milliy iftixor tuyg’ularini bo’g’ib qo’ydi. Aholining ilg’or qismida mavjud tuzumga nisbatan norozilik tuyg’ularini keltirib chiqardi. Keyinchalik bu alamlar Farg’onada va boshqa joylarda bo’lib o’tgan fojiali hodisalarga olib keldi. Bularning hammasi respublikaning tarixiy va milliy xususiyatlarini, o’zbek xalqi manfaatlarini hisobga olmay rivojlantirish natijasi bo’ldi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling