“O‘zstandart” аgentligi “Ахborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi “Ўзстандарт” агентлиги
Download 3.98 Kb. Pdf ko'rish
|
standart-lugat
“O‘ZSTANDART” АGENTLIGI “Ахborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi “ЎЗСТАНДАРТ” АГЕНТЛИГИ “Ахборот-маълумот маркази” Давлат корхонаси Standartlashtirish sohasida хаlqaro аtаmаlаr bilan uyg‘unlashtirilgan davlat tilidagi atama va tushunchalarning izohli lug‘ati Стандартлаштириш соҳасида халқаро атамалар билан уйғунлаштирилган давлат тилидаги атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати № И-2012-52 “Standartlashtirish sohasida davlat tilidagi atamalarni хаlqaro аtаmаlаrgа uyg‘unlashtirish аsоsida izohli lug‘at ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion grant bo‘yicha № И-2012-52 “Стандартлаштириш соҳасида давлат тилидаги атамаларни халқаро атамаларга уйғунлаштириш асосида изоҳли луғат ишлаб чиқиш” мавзусидаги инновацион грант бўйича 2 Kirish Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ISO va IEC ta’rifiga muvofiq, O‘zbekiston davlat standarti (O‘z DSt ISO/IEC 2:2007) sifatida qabul qilingan standartlashtirish “...muayyan sohada tartibga solishning maqbul darajasiga erishishga qaratilgan faoliyat”dir. Ushbu mazmunda “muayyan sohalar” bo‘lib standartlashtirish tizimining o‘zi ham, shuningdek, konstruktorlik hujjatlari, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash, o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash, putur yetkazmaydigan nazorat, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘yish, akkreditlash, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sinash, sifat, xizmatlar, atrof-muhit muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik, texnikaning puxtaligi kabi standartlashtirishga tayanadigan boshqa tizimlar ham xizmat qiladi. Standartlar negizida shakllantirilgan va ishlayotgan sanab o‘tilgan barcha tizimlar umumiy “tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari” (TST) nomi bilan birlashadi. O‘zbekistonda shakllantirilgan tizimlarga O‘z abbreviaturasi qo‘shiladi. Masalan, O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O‘z StDT), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (O‘z TTDT), O‘zbekiston sifat tizimi (O‘z ST) va b. O‘z navbatida O‘zbekiston tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari - O‘z TST shaklida belgilanadi. Ushbu izohli lug‘atga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida, ISO/MEK xalqaro standartlari va Butunjahon savdo tashkilotining (BST) hujjatlari va O‘z TST atamashunoslik standartlarida o‘z aksini topgan asosiy atama, tushuncha va ta’riflar kiritilgan. Lug‘atda atama va tushunchalar ta’riflarining barcha variantlari keltirilgan. Masalan, “xavfsizlik” atamasining O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan ta’rifi xalqaro ISO/IEC 2 standarti ta’rifi tahriridan farq qiladi. «Standart» atamasining ISO/IEC 2 va BSTning “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida kelishuv”laridagi ta’riflari ham bir xil emas. “Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjat” tushunchasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan kiritilgan, ISO/IEC 2 da esa faqat normativ hujjat atamasi mavjud. Тo‘g‘ri, 1- eslatmada normativ hujjat standartlar, texnik shartlar hujjatlari, qoidalar to‘plamlari va reglamentlar kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladigan o‘zak atama ekanligi aytib o‘tilgan. “Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va xavfsizligi sanitariya normalari”da (SanQvaN) ham “normativ hujjat” atamasining o‘ziga xos ta’rifi keltirilgan va h.k. Lug‘at quyidagilardan tashkil topgan: 3 1) TSTining barcha sohalaridagi atama va ta’riflar, metrologiya va o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash tizimlaridan tashqari (chunki bu sohada tegishli lug‘at mavjud): Русча-ўзбекча изоҳли метрологик луғат. А.А.Абдувалиев, С.К. Жебровский, У.Н.Валиев. – Тошкент: “Стандарт” нашриёти, 2010); 2) tushunchalar, ularning ta’riflari bilan; 3) o‘zaro bog‘liq sohalardagi atama va tushunchalar (masalan, iqtisodiyot, vektor, matematik modellashtirish, prognoz, texnika, funksiya, samaradorlik vа h.k.). Eslatma. «Atama» – narsa va hodisalar muhim xususiyatlarining aks etishi. «Tushuncha» – нарса ҳақида мантиқий расмийлаштирилган умумий фикр, Masalan, standartlashtirish – atama, xizmat ko‘rsatish sohasida standartlashtirish - tushuncha; standart – atama, umumiy texnik talablar standartlari – tushuncha; normativ hujjat – atama, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjat – tushuncha va h.k. Download 3.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling