“O‘zstandart” аgentligi “Ахborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi “Ўзстандарт” агентлиги
Download 3.98 Kb. Pdf ko'rish
|
standart-lugat
Lug‘atdan foydalanish tartibi
Atama, tushuncha va ularning ta’riflari O‘zbekistonda qo‘llaniladigan har bir TST kesimida mavzular bo‘yicha guruhlangan. O‘z TSTda qo‘llaniladigan umumtexnik va tashkiliy-uslubiy atama va tushunchalar bo‘limi kiritilgan. Atama va tushunchalarning nomi ko‘pchilik hollarda (standartlashtirish obyektlari, davlatlararo standartlashtirish qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar va boshqalardan tashqari) birlik sonda berilmoqda. Foydalanish qulay bo‘lishi uchun lug‘atda havolalar tizimi qo‘llanilgan. Havola qilingan atama va tushunchalar kursiv bilan ajratilgan. Atama va tushunchalar o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida hamda rus tilida berildi. Atama va tushunchalar to‘q qora rangda bosh harflar bilan, ta’riflar va izohlar tushuntirishlari bilan och qora harflarda berildi. Zarur axborotni qidirishni osonlashtirish maqsadida lug‘atda atama va tushunchalarning ko‘rsatkichlari ikki tilda har bir bo‘lim kesimida alifbo bo‘yicha berilgan. Yulduzcha (*) bilan mualliflarning sharhlari izohlar ko‘rinishida berilgan. Tushunchani tashkil qiluvchi, masalan, standart, standartlashtirish, normativ hujjat kabi va «ma’muriy-hududiy standart», «umumiy texnik 4 talablar standarti», «O‘zbekiston davlat standarti» kabi tushuncha yasovchi asosiy atamalarning takrorlanishini istisno qilish maqsadida yetakchi atamalar o‘rniga tilda (~) belgisi qo‘yilgan. Agar tushunchalarda so‘z “standartlar” to‘g‘risida borsa, tilda belgisidan keyin mos qo‘shimchasi qo‘yiladi. Masalan, «uyg‘unlashtirilgan standartlar» – «uyg‘unlashtirilgan ~ (lar)» shaklida bayon qilingan. Tegishli qo‘shimchalar ham shu tariqa qo‘yiladi. Agar tushuncha yetakchi atamadan boshlansa tilda belgisi so‘z boshida qo‘yiladi. Masalan, « ~ loyihasi», « ~ sinovlar metodlari». Download 3.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling