51. HAD, HBD, TCE va HPD burchaklardan qaysi biri ichki chizilgan burchak bo'ladi (147- rasm)?
52. Aylanada AB diametr va AC vatar o'tkazilgan. Agar AC va CB yoylarning gradus o'lchovi 7:2 nisbatda bo'lsa, BAC burchakni toping.
5 3. AB va BC – markazi O nuqtada bo'lgan aylananing vatarlari, ∠ABC = 30°. Agar aylana radiusi 10 sm ga teng bo'lsa, AC vatarning uzunligini toping.
54. 149- rasmda yoy CAB = 130°. ∠CAB ni toping.
55. A, B va C nuqtalar markazi O nuqtada bo'lgan aylanada yotadi. Agar ∠ABC = 70° bo'lsa, aylananing markazi AC kesmada yotadimi?
56. A, B va C nuqtalar markazi O nuqtada bo'lgan aylanada yotadi. Agar ∠ABC = 90° bo'lsa, aylananing markazi AC kesmada yotadimi?
57. A, B va C nuqtalar markazi O nuqtada bo'lgan aylanada yotadi. Agar ∠ABC = 105° bo'lsa, aylananing markazi AC kesmada yotadimi?
5 8. Vatar aylanani ikki yoyga bo'ladi. Agar bu yoylar burchak kattaliklarining nisbati 5:4 kabi bo'lsa, vatar aylana nuqtasidan qanday burchak ostida ko'rinadi?
59. Vatar aylanani ikki yoyga bo'ladi. Agar bu yoylar burchak kattaliklarining nisbati 7:3 kabi bo'lsa, vatar aylana nuqtasidan qanday burchak ostida ko'rinadi?
60. 150- rasmda ∠APE = 46°, ∠BCE = 34°. ∠AEP ni toping.
61. Aylana beshta teng yoyga bo'lingan: AB = BC = CD = DE = EA. Shu aylanaga ichki chizilgan BAC, BAD, BAE, CAE va DAE burchaklarning kattaliklarini toping.
62. Aylanani 3:5 nisbatda bo'luvchi vatarning biror uchidan o'tkazilgan diametr bilan tashkil etgan burchakni toping.
63. Agar teng tomonli uchburchakning balandligi: 1) 30 sm; 2) 4,2 m; 3) 5 sm; 4) 3,6 sm; 5) 11,1 sm bo'lsa, unga ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
64. Agar teng tomonli uchburchakning medianasi: 1) 21 sm; 2) 0,9 m; 3) 7 dm; 4) 5,4 sm; 5) 37,2 sm bo'lsa, unga ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
65. Agar teng tomonli uchburchakning bissektrisasi: 1) 54 mm; 2) 8 m; 3) 72 sm; 4) 9,6 sm bo'lsa, unga ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |