P 24-dars. Aylana Мусаев Хусан Ta’rif
Download 1.04 Mb.
|
P 24-dars. Aylana
24. Tashqi urinuvchi ikki aylana radiuslarining nisbati 4:5 kabi. Aylanalarning markazlari orasidagi masofa 16 sm. Aylanalarning diametrlarini toping.
25. Tashqi urinuvchi ikki aylana radiuslarining nisbati 5:11 kabi. Aylanalarning markazlari orasidagi masofa 16 sm. Aylanalarning diametrlarini toping. 26. Tashqi urinuvchi ikki aylana radiuslarining nisbati 9:7 kabi. Aylanalarning markazlari orasidagi masofa 16 sm. Aylanalarning diametrlarini toping. 27. Tashqi urinuvchi ikki aylana radiuslarining nisbati 13:3 kabi. Aylanalarning markazlari orasidagi masofa 16 sm. Aylanalarning diametrlarini toping. 28. Ichki urinuvchi ikki aylana radiuslarining nisbati 7:4 kabi, ularning markazlari orasidagi masofa 12 sm. Aylanalarning radiuslarini toping. 29. Markazlari umumiy bo'lgan ikki aylanadan kichigi kattasining diametrini 3 sm, 4 sm, 3 sm ga teng uch bo'lakka bo'ladi. Shu ikki aylananing radiuslarini toping. 30. Quyidagi holda aylanalar bir-biriga nisbatan qanday joylashadi: ularning markazlari orasidagi masofa 15 sm, radiuslari 3 sm va 8 sm. 31. Quyidagi holda aylanalar bir-biriga nisbatan qanday joylashadi: markazlari orasidagi masofa 100 mm, diametrlari 160 mm va 40 mm. 32. Quyidagi holda aylanalar bir-biriga nisbatan qanday joylashadi: markazlari orasidagi masofa 10 sm, radiuslari 21 sm va 13 mm. 33. d – R radiusli aylananing markazidan l to'g'ri chiziqqacha bo'lgan masofa. Agar R=8 sm, d=6 sm bo'lsa, l to'g'ri chiziq bilan aylana o'zaro qanday joylashgan bo'ladi? 34. d – R radiusli aylananing markazidan l to'g'ri chiziqqacha bo'lgan masofa. Agar R=10 sm, d=8,4 sm bo'lsa, l to'g'ri chiziq bilan aylana o'zaro qanday joylashgan bo'ladi? 35. d – R radiusli aylananing markazidan l to'g'ri chiziqqacha bo'lgan masofa. Agar R=14,4 dm, d=7,4 dm bo'lsa, l to'g'ri chiziq bilan aylana o'zaro qanday joylashgan bo'ladi? 36. d – R radiusli aylananing markazidan l to'g'ri chiziqqacha bo'lgan masofa. Agar R=1,6 dm, d=24 sm bo'lsa, l to'g'ri chiziq bilan aylana o'zaro qanday joylashgan bo'ladi? 37. d – R radiusli aylananing markazidan l to'g'ri chiziqqacha bo'lgan masofa. Agar R=4 sm, d=40 mm bo'lsa, l to'g'ri chiziq bilan aylana o'zaro qanday joylashgan bo'ladi? 38. d – R radiusli aylananing markazidan l to'g'ri chiziqqacha bo'lgan masofa. Agar R=60 sm, d=7 dm bo'lsa, l to'g'ri chiziq bilan aylana o'zaro qanday joylashgan bo'ladi? 39. ABCD kvadratning tomoni 8 sm ga va markazi A nuqtada bo'lgan aylananing radiusi 7 sm ga teng. AB, BC, CD va BD to'g'ri chiziqlardan qaysi biri shu aylanaga nisbatan kesuvchi bo'ladi? 40. AB to'g'ri chiziq O markazli aylananing A nuqtasiga o'tkazilgan urinma. Agar AB = 24 sm, aylananing radiusi esa 7 sm ga teng bo'lsa, OB kesmaning uzunligini toping. 41. Bir aylanaga o'tkazilgan AB va AC urinmalar orasidagi BAC burchak 60°, BAC siniq chiziqning uzunligi 1 m. B va C urinish nuqtalari orasidagi masofani toping. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling