P 24-dars. Aylana Мусаев Хусан Ta’rif
Download 1.04 Mb.
|
P 24-dars. Aylana
77. To'g'ri burchakli uchburchakning katetlari 1,5 dm va 20 sm ga teng. Shu uchburchakning perimetri va ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
78. To'g'ri burchakli uchburchakning katetlari 14 sm va 48 sm ga teng. Shu uchburchakning perimetri va ichki chizilgan aylananing radiusini toping. 79. Gipotenuzasi: 1) 25 sm; 2) 41 dm; 3) 130 mm; 4) 61 sm ga teng bo'lgan uchburchakka tashqi chizilgan aylana radiusini toping. 80. Agar teng yonli to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasiga o'tkazilgan balandlik: 1) 12 sm; 2) 1,5 dm; 3) 32 mm ga teng bo'lsa, shu uchburchakka tashqi chizilgan aylananing radiusini toping. 81. Teng yonli uchburchakning yon tomoni 2 sm, uchidagi burchagi esa 120° ga teng. Tashqi chizilgan aylananing diametrini toping. 82. Tashqi chizilgan aylananing markazi uchburchakning tomonida yotsa, u qanday uchburchak bo'ladi? 83. Aylananing radiusi R ga teng. Shu aylanaga ichki chizilgan teng tomonli uchburchak medianasining uzunligini toping. 84. Aylananing radiusi: 1) 10 sm; 2) 2,4 sm. Shu aylanaga ichki chizilgan teng tomonli uchburchak medianasining uzunligini toping. 85. To'g'ri burchakli ABC (∠B = 90°) uchburchakka tashqi aylana chizilgan. Agar AB=12 sm, BC=16 sm bo'lsa, shu aylananing radiusini toping. 86. To'g'ri burchakli ABC (∠B = 90°) uchburchakka tashqi aylana chizilgan. Agar AB=20 sm, ∠C=30° bo'lsa, shu aylananing radiusini toping. 87. To'g'ri burchakli ABC (∠B = 90°) uchburchakka tashqi aylana chizilgan. Agar BC = 8 sm, C = 60° bo'lsa, shu aylananing radiusini toping. 88. AB vatar 56° li yoyni tortib turadi. Shu vatarning uchlaridan aylanaga o'tkazilgan urinma bilan vatardan hosil bo'lgan burchaklarni toping. 89. Aylanadan tashqaridagi nuqtadan o'tkazilgan ikki urinmaning urinish nuqtalari aylanani 1:9 nisbatdagi ikkita yoyga ajratadi. Urinmalar orasidagi burchakni toping. 90. Aylanadan tashqaridagi nuqtadan o'tkazilgan ikki urinmaning urinish nuqtalari aylanani 4:15 nisbatdagi ikkita yoyga ajratadi. Urinmalar orasidagi burchakni toping. 91. Aylanadan tashqaridagi nuqtadan o'tkazilgan ikki urinmaning urinish nuqtalari aylanani 7:11 nisbatdagi ikkita yoyga ajratadi. Urinmalar orasidagi burchakni toping. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling