P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Xartumli 
zuluklar 
(Rhynchobdelida) 
turkumiga 
kiruvchilarida 
xartumchaga aylangan tomog’i bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli 
hayvonlarga, ayniqsa, baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki 
tana suyuqligini so’rib, ektoparazitlik bilan hayot kechiradi. 
Odatdagi baliq zulugi - Piscicola geometra deyarli har doim baliqlarda 
parazitlik qiladi. Bizning xavzalarimizda ko’pincha chig’anoqli zuluk - klepsina 
(Glossosiphonia complanata) uchraydi. Odatda, ularning uzunligi 3 sm atrofida 
bo’lib, chuchuk suv mollyuskalarining har xil turlarini (shilliqlarni, g’altaksimonlarni 
va boshqa shilliqqurtlarni) tutib eydi. Chig’anoqli zuluklarda nasl uchun qayg’urish 
kuchli rivojlangan. Ular pillalarini gavdasining qorin tomoniga yopishtirib oladi va 
bu vaqtda ona zuluk kam harakat qiladi. U biron o’simlikka so’rg’ichlari bilan 
yopishib, gavdasini tebrantirib turadi. Pilladan yosh zulukchalar chiqqanda ham ona 
zuluk o’z xolatini o’zgartirmaydi. Odatda yosh zulukchalar o’z so’rg’ichi bilan 
onasining qorin tomoniga yopishganicha bir necha kun qoladi va so’ngra onasidan 
ajralib, mustaqil hayot kechirishga o’tadi. Ayrim xartumli zuluklarda xaqiqiy jabrasi 
bo’ladi.
Xartumli zuluklarning ayrim turlari qushlarda parazitlik qiladi. 5 smgacha 
keladigan bu zuluklar suvda suzuvchi qushlarning og’iz bo’shlig’i va nafas yo’llariga 
yopishib, qon so’rib yashaydi. Ayrim xavzalarda ular g’oz, o’rdak va boshqa xonaki 
qushlarda parazitlik qilib, parrandachilik xo’jaligiga katta zarar etkazadi.
Ba’zi xartumli zuluklar toshbaqa, krab va xatto odamlarda ham parazitlik 
qiladi. Xartumli zuluklar 3 tadan 5 tagacha pilla qo’yishi mumkin. Bitta zuluk 65 
tadan 611 tagacha tuxum qo’yadi.
2. Jag’li zuluklar (Gnathobdella) turkumiga kiruvchilarning ko’pchiligida 
og’iz bo’shlig’ida jag’ apparati bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga kiruvchi 


78 
zuluklarda 5 juft ko’z va qo’shilish organi bor. Ular asosan qon so’rib, ba’zida esa 
mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag’lari kichrayib ketgan. 
Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) jag’li zuluklar turkumining eng muhim 
vakilidir. Uning og’iz bo’shlig’ida 3 ta jag’i bo’lib, har bir jag’ida 100 ga yaqin 
xitinli tishlari bo’ladi. 25-30 smgacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari MDXning 
janubida, ya’ni Markaziy Osiyo, qozog’iston, Kavkaz, Moldaviya va Janubiy 
Ukrainaning turli suv xavzalarida ko’plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil umurtqali 
hayvonlarning qoni bilan ovqatlanadi. Lekin ularning asosiy ozuqa manbai bu baqalar 
va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi. Tabiatda tibbiyot zulugi uchinchi yili 
jinsiy voyaga etadi va bir yilda bir marta yoz oylarida pilla qo’yadi. Laboratoriya 
sharoitida esa jinsiy voyaga etgan zuluklarni 12-18 oy ichida o’stirish mumkin va 
yilning turli fasllarida har 6-8 oy ichida pilla qo’yishi mumkin. Tibbiyot zulugining 
pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum bo’ladi. Bitta tibbiyot zulugi 10 sm
3
qon so’rishi 
va shundan so’ng 1,5-2 yil ovqatlanmay yashashi mumkin. XIX asr oxirlarigacha 
tibbiyot zulugi xalq tabobatida turli kasalliklarga, ya’ni ko’zning ichki bosimi ortib 
ketishiga aloqador ko’z kasalliklariga (glaukoma) davo qilishda, miyaga qon 
quyilganida, gipertoniyada, yomon yaralar chiqqanida ko’p qo’llanilgan. Masalan, 
1940 yillarda Fransiyada yiliga 25 mln. dona tibbiyot zulugidan tabobatda 
foydalanishgan. Xozirgi paytda ham tibbiyot zulugidan tabobatda ayrim kasalliklarga 
qarshi, ya’ni qon bosimini pasaytirish maqsadida keng qo’llaniladi. SHuning uchun 
ham tibbiyot zulugini faqat tabiiy suv xavzalaridangina ushlash bilan 
qanoatlanmasdan, balki aloxida pitomniklarda ham ko’paytirilmoqda. 
Jag’li zuluklarga tibbiyot zulugidan tashqari soxta ot zulugi (Haemopis 
sanguisuga) ham kiradi. Uning jag’lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va 
sutemizuvchilarning terisini tishlay olmaydi. Ular yirtqichlik bilan hayot kechirib, 
asosan chuvalchanglar, mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o’z 
pillalarini qirg’oqqa, suv betidan yuqoriroqqa ko’mib qo’yadi. Markaziy Osiyoning 
tog’li xududlaridagi tiniq suvli ko’l va soylarda uchraydi. 
Jag’li zuluklarga Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu 
zararli zuluk Afrikada, SHarqiy Janubiy Evropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda 
ko’p tarqalgan. SHu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica degan turi Markaziy 
Osiyoda (Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki 
mollar suv ichayotgan vaqtida ularning og’iz bo’shlig’i yoki xalqumiga o’tib, 
yopishib qon so’radi va hayvonlarga katta zarar etkazadi. Kuzatishlardan ma’lum 
bo’lishicha Markaziy Osiyoda 30 %gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan 
zararlanadi.
Odam xovuzdan cho’kkalab suv ichganida ba’zan suv bilan odamning 
xalqumiga yoki qizilo’ngachiga ot zulugi o’tib yopishadi va qon so’radi. Ular girudin 
moddasi ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi bo’ladi. Umuman, 
bu zuluklar odamninig burun bo’shlig’ida, traxeyasida ham parazitlik qilganligi fanga 
ma’lum. Ularning ayniqsa traxeyaga kirib qolishi xavflidir. Zuluklar qon so’rgan 
sayin shishib kattalasha boradi va odamning bo’g’ilib qolishiga sabab bo’ladi. 
Bunday paytda zuluklar jarroxlik yo’li bilan olib tashlanadi yoki 10 %li osh tuzining 
kuchli eritmasiga tomoqni chayqash yo’li bilan tushiriladi. Ot zulugining jag’lari juda 


79 
kichkina, rangi sarg’ish, och zangori tusda, ikki yon tomonida sarg’ish-qizil yo’li bor, 
dum so’rg’ichi juda katta. 
Jag’li zuluklar turkumiga yana tropik nam o’rmonlarda, quruqlikda yashovchi 
qonxo’r jag’li zuluk - Haemodipsa ceylonica ham kiradi. Ular ayniqsa, Avstraliya, 
Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. 3-4 smli 
bu zuluklar daraxtga yopishgan xolda odam va hayvon o’tishini poylaydi va 
ko’pincha ularga tashlanib qonini so’rib azob beradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling