P a r a z I t o L o g I ya


 – mavzu. Bo’g’imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

 
10 – mavzu. Bo’g’imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi. 
Parazit qisqichbaqasimonlar va o’rgimchaksimonlar. 
 
Mavzu rejasi: 
1. Bo’g’imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi va tasnifi. 
2. Parazit qisqichbaqasimonlarning tuzilishi, ko’payishi va baliqchilik xjaliklariga 
keltiradigan zarari. 
3. Parazit o’rgimchaksimonlarning tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va keltiradigan 
zarari. 
4. Parazit kanalar, ularning tuzilishi, tarqatadigan kasalliklari va ularni oldini olish 
choralari. 


80 
Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi hayvonot olamida turlarining ko’pligi 
jixatdan dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ayni vaqtda ularning 1500000 ga yaqin turi 
fanga ma’lum. Bo’g’imoyoqlilar evolyusiya taraqqiyoti jarayonida turli muhit 
sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular dengiz va okeanlarda
chuchuk suv xavzalarida, tuproq usti va ichida, xavoda yashaydi. Bir qancha turlari 
esa odam va hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi. 
Bo’g’imoyoqlilarning eng xarakterli belgisi gavda va undagi o’simtalarni 
bo’g’imlarga bo’linganligidir. Gavdasi xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikula 
ularni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va muskullar birikadigan tashqi skelet 
vazifasini bajaradi. Bo’g’imoyoqlilarning gavdasi uch bo’limdan, ya’ni bosh, ko’krak 
va qorindan iborat. 
Ovqat xazm qilish organlari oldingi, o’rta va orqa ichaklarga bo’linadi. 
Oziqlanish usullariga qarab og’iz apparatlari har xil tipda tuzilgan. Nerv sistemasi 
bosh miya va qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo’lib, funksional jixatdan yuqori 
darajada ixtisoslashgan. 
Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular yashash tarziga qarab teri, jabra, o’pka va 
traxeya orqali nafas oladi. 
Bo’g’imoyoqlilar tipida parazit turlari asosan xasharotlar, o’rgimchaksimonlar 
va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari ichida uchraydi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling