P a r a z I t o L o g I ya


Gamaz kanalar (Gamasoidea)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Gamaz kanalar (Gamasoidea) katta oilasi vakillari iksod va argaz 
kanalaridan farq qilib, juda mayda bo’ladi. Tanasi 0,2-2,5 mm kattalikda. Gamaz 
kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin 
yashaydiganlari va parazitlari bor. Ularning teri qoplami kuchsiz xitinlashgan, rangi 
sarg’ish va bir oz qo’ng’ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda sezgi 
organi vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan. Xartumi va 
oyoqlari uzun. Xeliserasi ingichka, uzun ignaga o’xshash, terini teshib, qon so’rishga 
moslashgan. Xaqiqiy tanasi oval shaklda, ba’zan uzunchoq. Jinsiy dimorfizm yaxshi 
seziladi. Erkaklari urg’ochilarga nisbatan ancha kichkina. 
Gamaz kanalar tuxum qo’yib ko’payadi, ammo tirik tug’adiganlari ham bor. 
Tuxumdan chiqqan olti oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va undan 
keyin imagoga aylanadi. 
Gamaz kanalar tuproqda, o’rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda 
yashaydi. Ularning xo’jayinlari xilma-xil hayvonlar: kemiruvchilar, xasharotxo’rlar, 
mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Gamaz 
kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa uy 
parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi. Tovuqlar bu kanalardan katta 
zarar ko’radi, oriqlab ketadi, kam tuxum qo’yadi, ayrim vaqtlarda xalok bo’ladi. har 
xil kasalliklarni qo’zg’atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir hujayrali 
hayvonlar, kanalar yoki xasharotlar orqali yuqadigan kasalliklar transmissiv deyiladi. 
Tabiatda transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai mavjud. Lekin yovvoyi hayvonlar 


89 
organizmida odatda shunday kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo’lishi tufayli 
ularga kasallik katta ziyon etkazmaydi. Tabiiy manbaga tushib qolgan odam yoki uy 
hayvonlari bu kasalliklarni kanalar yoki xasharotlar orqali yuqtirishi mumkin. 
Transmissiv kasalliklarning oldini olish uchun kanalar va xasharotlardan saqlanish 
choralariga rioya qilish lozim. 
Kanalarga qarshi kurash murakkab kompleks tadbirlardan iborat bo’lib, buning 
uchun birinchi navbatda, kanalar butunlay rivojlanish davrida mexanik usulda qirib 
tashlanadi. Mol terisiga yopishib turgan kanalar terib olib kuydirib yuboriladi. 
yopishib yotgan kanalarni terib olishdan oldin tanaga benzin, kerosin yoki boshqa 
yog’lar surtiladi.
Ma’lumki, kanalar mol boqiladigan binolarda, shuningdek yaylovlarda yashab 
ko’payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo’riq erlarni o’zlashtirish, yaylov va eski 
qo’tanlar o’rniga har xil ekinlar ekish, begona o’tlarni yo’q qilish va boshqa 
agrotexnik hamda meliorativ tadbirlarni amalaga oshirish lozim. SHunday qilinganda 
kanalarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bioekologik sharoit tubdan o’zgaradi. 
Kanalarga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy moddalar – akarisidlar deyiladi. 
Akarisidlardan ikki yo’nalishda foydalaniladi. 
Birinchidan mollarning tanasidagi kanalarni yo’qotish uchun akarisid preparati 
mol badaniga purkaladi yoki surtiladi. 
Ikkinchidan esa akarisidlar molxonalar, qo’tanlar va yaylovlarda uchraydigan 
kanalarni yo’qotishda ishlatiladi. 
Kanalarga qarshi kurashda mollarni beton yoki temir-betonli maxsus 
vannalarda cho’miltirish samarali natija beradi. Bunda xlorofos, geksaxloranning 
kreolinli emul’siyasi va polixlopinen eritmalari ishlatiladi. Mol boqiladigan binolarga 
kanalarga qarshi dori sepib turiladi. Ayniqsa, devorlardagi tirqish va yoriqlarga 
ko’proq dori sepiladi, chunki bunday joylarda kanalar tez urchib ko’payadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling