P a r a z I t o L o g I ya


Mol kanasi (Ixodes ricinus)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Mol kanasi (Ixodes ricinus)ning imago davridagi xo’jayini qoramol, ot, qo’y, 
echki, bug’u, tulki, bo’ri, quyon, tipratikan va boshqalar hisoblanadi. Mol kanasi 
lichinka va nimfa davrida asosan sichqonsimon kemiruvchilar, tipratikan, sudralib 
yuruvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi. Bu kanalar imago va nimfa davrida 
odamga xujum qilishi mumkin. Mol kanasi asosan Evropa va Osiyodagi o’rmon 
mintaqalarida tarqalgan.
Mol kanasining tanasi oval shaklda, tusi jigarrang. Erkagining tanasi usti 
tomondan yaxlit qalin xitinli plastinka - dorsal qalqoncha bilan qoplangan. 
Urg’ochisida qalqoncha tananing faqat old qismini qoplab turadi. Yetilgan mol 
kanasining boshko’krak va qorin qismi bir-biriga bevosita qo’shilib ketgan. To’yib 
qon so’rgan kanalarning tanasi xajmiga kattalashishidan tashqari tashqi ko’rinishi 
ham o’zgaradi. To’ygan kana tanasining uzunligi 11-12 mm, eni 6-7 mm kelgani 
xolda, och kananing uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm bo’ladi. Tananing oldingi 
uchida bo’rtib chiqqan “boshchasi” ham bo’ladi. Mol kanasida jinsiy dimorfizm juda 
yaqqol ko’rinadi. Urg’ochisi och rangli. Uning dorzal qalqonchasi tanasining oldingi 
qisminigina qoplaydi. Mol kanasi uch xo’jayinli. 


85 
Mol kanasi birmuncha sovuqqa chidamli (-20
0
S), hamma rivojlanish fazalari 
tabiiy muhitda o’tadi. Bu kanalarning tabiiy rivojlanish sikli to’rt yilgacha boradi. 
Ular rivojlanish davrida ikki yilgacha ochlikka chiday oladi. 
Tayga kanasi (Ixodes persulcatus) tana tuzilishi jixatdan it kanasiga yaqin 
turadi. Lekin urg’ochi it kanasining jinsiy teshigi to’g’ri yoki to’lqinsimon bo’ladi. 
Tayga kanasi uch xo’jayinli. To’ygan va urug’langan urg’ochi kanalar o’rmonlardagi 
erga to’kilgan barglar orasiga kirib tuxum qo’yadi. Taygada odamga ham xujum 
qiladi. yosh kanalar mayda sutemizuvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi. Tayga 
kanasining kattaligi 2,5-4 mm keladi. 
Tayga kanasi kana ensefaliti qo’zg’atuvchisini tarqatadi. Bu kana 
Kamchatkadan janubiy Sibir o’rmonlarigacha tarqalgan. 
Ensefalit kasalligi kanalar orqali yovvoyi hayvonlardan odamga yuqishini 
akademik E.N. Pavlovskiy va L.A. Zilber 1930 yilda aniqlagan. Kana ensefaliti 
odamda juda og’ir o’tib, o’limga olib keladi yoki tana qismlarining falajlanishiga 
sabab bo’ladi. Kana taygadagi sutemizuvchi hayvonlar va parrandalardan virusni 
o’ziga yuqtirib turadi. Virus kana tanasida uzoq vaqt saqlanadi va nasldan-naslga 
o’tadi. 
Tayga kanasidan saqlanish uchun odamlar tayga xududlariga borganda uzun 
etik, kombinzon kiyib, engi uchlari rezinka tasma bilan bog’lanadi. Badanga 
kanalarni cho’chitadigan surtmalar surtiladi. 
Dermasentor kanalari (Dermacentor) avlodining MDXda 10 dan ortiq turi 
uchraydi. Ular G’arbiy Sibirda keng tarqalgan. 
Dermasentor kanalarning dorzal qalqoni kumush rangli yaltiroq bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Jinsiy voyaga etgan kananing tanasi oval shaklda. “Boshchasi” 
tananing oldingi uchida joylashgan, xartumchasi iksod avlodiga kiradigan kanalar 
xartumchasiga nisbatan kaltaroq. Ko’zlari bor, uch xo’jayinli. Imago davrida 
qoramol, ot, qo’y, bug’u, cho’chqa, tulki, it va boshqa hayvonlarning qoni bilan 
oziqlanadi. Lichinka va nimfalari sichqonsimon kemiruvchilar, xasharotxo’rlar 
hisobiga yashaydi. Imagolari 2-3 yilgacha och yashashi mumkin. 
Bu kanalar tulyaremiya, piroplazmoz, tayga ensefaliti, tepkili terlama
gomosporodioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling