P a r a z I t o L o g I ya
Mol kanasi (Ixodes ricinus)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayga kanasi (Ixodes persulcatus)
Mol kanasi (Ixodes ricinus)ning imago davridagi xo’jayini qoramol, ot, qo’y,
echki, bug’u, tulki, bo’ri, quyon, tipratikan va boshqalar hisoblanadi. Mol kanasi lichinka va nimfa davrida asosan sichqonsimon kemiruvchilar, tipratikan, sudralib yuruvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi. Bu kanalar imago va nimfa davrida odamga xujum qilishi mumkin. Mol kanasi asosan Evropa va Osiyodagi o’rmon mintaqalarida tarqalgan. Mol kanasining tanasi oval shaklda, tusi jigarrang. Erkagining tanasi usti tomondan yaxlit qalin xitinli plastinka - dorsal qalqoncha bilan qoplangan. Urg’ochisida qalqoncha tananing faqat old qismini qoplab turadi. Yetilgan mol kanasining boshko’krak va qorin qismi bir-biriga bevosita qo’shilib ketgan. To’yib qon so’rgan kanalarning tanasi xajmiga kattalashishidan tashqari tashqi ko’rinishi ham o’zgaradi. To’ygan kana tanasining uzunligi 11-12 mm, eni 6-7 mm kelgani xolda, och kananing uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm bo’ladi. Tananing oldingi uchida bo’rtib chiqqan “boshchasi” ham bo’ladi. Mol kanasida jinsiy dimorfizm juda yaqqol ko’rinadi. Urg’ochisi och rangli. Uning dorzal qalqonchasi tanasining oldingi qisminigina qoplaydi. Mol kanasi uch xo’jayinli. 85 Mol kanasi birmuncha sovuqqa chidamli (-20 0 S), hamma rivojlanish fazalari tabiiy muhitda o’tadi. Bu kanalarning tabiiy rivojlanish sikli to’rt yilgacha boradi. Ular rivojlanish davrida ikki yilgacha ochlikka chiday oladi. Tayga kanasi (Ixodes persulcatus) tana tuzilishi jixatdan it kanasiga yaqin turadi. Lekin urg’ochi it kanasining jinsiy teshigi to’g’ri yoki to’lqinsimon bo’ladi. Tayga kanasi uch xo’jayinli. To’ygan va urug’langan urg’ochi kanalar o’rmonlardagi erga to’kilgan barglar orasiga kirib tuxum qo’yadi. Taygada odamga ham xujum qiladi. yosh kanalar mayda sutemizuvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi. Tayga kanasining kattaligi 2,5-4 mm keladi. Tayga kanasi kana ensefaliti qo’zg’atuvchisini tarqatadi. Bu kana Kamchatkadan janubiy Sibir o’rmonlarigacha tarqalgan. Ensefalit kasalligi kanalar orqali yovvoyi hayvonlardan odamga yuqishini akademik E.N. Pavlovskiy va L.A. Zilber 1930 yilda aniqlagan. Kana ensefaliti odamda juda og’ir o’tib, o’limga olib keladi yoki tana qismlarining falajlanishiga sabab bo’ladi. Kana taygadagi sutemizuvchi hayvonlar va parrandalardan virusni o’ziga yuqtirib turadi. Virus kana tanasida uzoq vaqt saqlanadi va nasldan-naslga o’tadi. Tayga kanasidan saqlanish uchun odamlar tayga xududlariga borganda uzun etik, kombinzon kiyib, engi uchlari rezinka tasma bilan bog’lanadi. Badanga kanalarni cho’chitadigan surtmalar surtiladi. Dermasentor kanalari (Dermacentor) avlodining MDXda 10 dan ortiq turi uchraydi. Ular G’arbiy Sibirda keng tarqalgan. Dermasentor kanalarning dorzal qalqoni kumush rangli yaltiroq bo’lishi bilan xarakterlanadi. Jinsiy voyaga etgan kananing tanasi oval shaklda. “Boshchasi” tananing oldingi uchida joylashgan, xartumchasi iksod avlodiga kiradigan kanalar xartumchasiga nisbatan kaltaroq. Ko’zlari bor, uch xo’jayinli. Imago davrida qoramol, ot, qo’y, bug’u, cho’chqa, tulki, it va boshqa hayvonlarning qoni bilan oziqlanadi. Lichinka va nimfalari sichqonsimon kemiruvchilar, xasharotxo’rlar hisobiga yashaydi. Imagolari 2-3 yilgacha och yashashi mumkin. Bu kanalar tulyaremiya, piroplazmoz, tayga ensefaliti, tepkili terlama, gomosporodioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling