P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argaz kanalari (Argasidae)
Hyalomma plumbeum gavdasi birmuncha katta bo’ladi, ikki xo’jayinli kana.
Urg’ochilari 10-16 mingtagacha tuxum qo’yadi. Kananing imagolari qoramol, ot, eshak, qo’y, echki, buyvol, cho’chqa, it, tovuq, va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Lichinka va nimfalari har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan, ba’zan qoramollar va otlarni qonini so’radi. Bu tur kanalar SHimoliy Kavkaz, qrim, Markaziy Osiyo respublikalarining dasht va chala dasht mintaqalaridagi butazor o’rmonlarida keng tarqalgan. Jinsiy voyaga etgan kanalar qoramollarga teylerioz, otlarga nutallioz va piroplazmoz qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Argaz kanalari (Argasidae) oilasining deyarli hamma vakillari parazitlik bilan hayot kechiradi. Argaz kanalarining tanasi yumshoq va cho’ziluvchan. Ularning dorzal va ventral qalqonlari bo’lmaydi. Tanasining yumshoqligi kananing tezda tortilib kichrayishi yoki katta bo’lishiga imkon beradi. Och kanalarning tanasi yassi, oval yoki ellips shaklida. Tanasining oldingi tomoni ancha tor va uchli bo’lib, orqa tomoni yoysimon kengaygan. Ko’zlari yo’q. Imago va nimfalarida to’rt juft oyoqlari bor. Argaz kanalarida jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi. Erkaklari urg’ochilaridan birmuncha kichikroq. Bu kanalar molxona devorlarining yoriqlarida, ya’ni berk joylarda yashashi bilan iksod kanalardan ajralib turadi. Odam, turli sutemizuvchilar va qushlarga tashlanib, 2-5 minut qon so’radi. 1000 tagacha tuxum qo’yadi. Bir oy o’tgach, tuxumlaridan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar faol oziqlanadi va nimfaga aylanadi. Argaz kanalarda nimfa 3-5 marta tullab imagoga aylanadi. Argaz kanalari 20-25 yil yashab, 10-11 yil ochlikka bardosh berishi mumkin. Argaz kanalari ektoparazitlikdan tashqari odam va hayvonlarga har xil og’ir kasalliklarni ham yuqtiradi. Argaz kanalarining eng muhim turlariga persid kanasi (Argas persicus) va ornitodorus (Ornithodorus papillipes) kanasi kiradi. Persid kanasi asosan tovuqlar tanasida parazitlik qiladi, ayrim xollarda esa o’rdak, g’oz, ot, qoramol, cho’chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling