P a r a z I t o L o g I ya
Gamaz kanalar (Gamasoidea)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Gamaz kanalar (Gamasoidea) katta oilasi vakillari iksod va argaz
kanalaridan farq qilib, juda mayda bo’ladi. Tanasi 0,2-2,5 mm kattalikda. Gamaz kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin yashaydiganlari va parazitlari bor. Ularning teri qoplami kuchsiz xitinlashgan, rangi sarg’ish va bir oz qo’ng’ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda sezgi organi vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan. Xartumi va oyoqlari uzun. Xeliserasi ingichka, uzun ignaga o’xshash, terini teshib, qon so’rishga moslashgan. Xaqiqiy tanasi oval shaklda, ba’zan uzunchoq. Jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklari urg’ochilarga nisbatan ancha kichkina. Gamaz kanalar tuxum qo’yib ko’payadi, ammo tirik tug’adiganlari ham bor. Tuxumdan chiqqan olti oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va undan keyin imagoga aylanadi. Gamaz kanalar tuproqda, o’rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda yashaydi. Ularning xo’jayinlari xilma-xil hayvonlar: kemiruvchilar, xasharotxo’rlar, mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Gamaz kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi. Tovuqlar bu kanalardan katta zarar ko’radi, oriqlab ketadi, kam tuxum qo’yadi, ayrim vaqtlarda xalok bo’ladi. har xil kasalliklarni qo’zg’atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir hujayrali hayvonlar, kanalar yoki xasharotlar orqali yuqadigan kasalliklar transmissiv deyiladi. Tabiatda transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai mavjud. Lekin yovvoyi hayvonlar 89 organizmida odatda shunday kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo’lishi tufayli ularga kasallik katta ziyon etkazmaydi. Tabiiy manbaga tushib qolgan odam yoki uy hayvonlari bu kasalliklarni kanalar yoki xasharotlar orqali yuqtirishi mumkin. Transmissiv kasalliklarning oldini olish uchun kanalar va xasharotlardan saqlanish choralariga rioya qilish lozim. Kanalarga qarshi kurash murakkab kompleks tadbirlardan iborat bo’lib, buning uchun birinchi navbatda, kanalar butunlay rivojlanish davrida mexanik usulda qirib tashlanadi. Mol terisiga yopishib turgan kanalar terib olib kuydirib yuboriladi. yopishib yotgan kanalarni terib olishdan oldin tanaga benzin, kerosin yoki boshqa yog’lar surtiladi. Ma’lumki, kanalar mol boqiladigan binolarda, shuningdek yaylovlarda yashab ko’payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo’riq erlarni o’zlashtirish, yaylov va eski qo’tanlar o’rniga har xil ekinlar ekish, begona o’tlarni yo’q qilish va boshqa agrotexnik hamda meliorativ tadbirlarni amalaga oshirish lozim. SHunday qilinganda kanalarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bioekologik sharoit tubdan o’zgaradi. Kanalarga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy moddalar – akarisidlar deyiladi. Akarisidlardan ikki yo’nalishda foydalaniladi. Birinchidan mollarning tanasidagi kanalarni yo’qotish uchun akarisid preparati mol badaniga purkaladi yoki surtiladi. Ikkinchidan esa akarisidlar molxonalar, qo’tanlar va yaylovlarda uchraydigan kanalarni yo’qotishda ishlatiladi. Kanalarga qarshi kurashda mollarni beton yoki temir-betonli maxsus vannalarda cho’miltirish samarali natija beradi. Bunda xlorofos, geksaxloranning kreolinli emul’siyasi va polixlopinen eritmalari ishlatiladi. Mol boqiladigan binolarga kanalarga qarshi dori sepib turiladi. Ayniqsa, devorlardagi tirqish va yoriqlarga ko’proq dori sepiladi, chunki bunday joylarda kanalar tez urchib ko’payadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling