P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilar sinfi vakillarida 
parazitlik qilib yashaydigan qon so’ruvchi ektoparazitlardir. Bitlarning 300 ga yaqin 
turlari bor. MDXda 40 ga yaqin turi uchraydi. Bitlarning tanasi dozoventral tomonga 
qarab yassilangan. Bosh qismida og’iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko’zlari 
oddiy, ayrimlarida esa ko’zlari umuman bo’lmaydi. Bir juft 3-5 bo’g’imli kalta 
mo’ylovlari sezish a’zolari vazifasini bajaradi. 


91 
Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, 
gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo’lib, xartumchaning ichida joylashgan. 
Bit chaqqanda og’iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jaroxatlaydi va 
qonni so’radi. So’lak bezlarining maxsuloti qon ivishiga qarshilik ko’rsatadi. 
Tananing ko’krak qismi bir-biriga qo’shilib ketgan uchta segmentdan tuzilgan bo’lib, 
uch juft yurish oyoqlariga ega. qanotlari bo’lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. 
Xasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo’ladi. 
Urg’ochi bit qornining oxirida o’roqqa o’xshagan bir juft o’simtasi bo’ladi. Jinsiy 
teshigi sakkizinchi qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi 
to’qqizinchi segmentda joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol 
ko’rinadi. Urug’lanishi ichki, rivojlanishi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan 
lichinka uch marta tullab imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlar 
ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o’ziga xos biti bo’ladi. 
Bitlar turkumiga uchta oila kiradi: 
1. Gematopidlar (Heamatopidae) oilasi vakillarining ko’zi yo’q, tanasi 
tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan 
tashqari) parazitlik qiladi. Fil, cho’chqa, qoramol, quyon va bug’u bitlari shular 
jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho’chqalarda o’lat 
kasalligini ham tarqatadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling