P a r a z I t o L o g I ya
Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qichima (qo’tir) kanalar
Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes) tanasi uzunchoq, bo’limlarga
bo’linmagan, yaxlit, to’q kul rang tusda. Urg’ochi kananing uzunligi 8-9 mm, eni 4-5 mm, erkagining uzunligi esa 4-5 mm, eni 2-3 mm keladi. Ornitodorus kanalari juftlashgandan so’ng yopiq joyga tuxum qo’yadi. Tuxumdan uch juft oyoqli lichinka 87 chiqadi. Nimfada to’rt juft oyog’i bo’ladi. Jinsiy teshigi bo’lmaydi. Ornitodorus kanasi rivojlanishi davrida 3-5 ta nimfa davrini o’taydi. U 20-25 yilgacha yashaydi, 12 yilgacha ochlikka chidaydi. Ornitodorus kanasi issiq iqlimli mintaqalarda, Markaziy Osiyo respublikalarida, Eron va Xindistonda ko’proq uchraydi. Bu kana qaytalama tifni tarqatadi. Kanalar o’z navbatida infeksiyali odam yoki hayvon qonini so’rganda, kasallik qo’zg’atuvchilarini o’ziga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari yillab saqlanadi va kanalarning qo’ygan tuxumlariga o’tadi. Odamga bu kasallik kemiruvchilar yaqinida tunab qolganda yoki jayralar, ko’rshapalaklar yashaydigan g’orlarga borib qolganda kanalar talanishidan yuqishi mumkin. Ornitodorus kanalarining yuqumli kasalliklar tarqatishini rus olimlaridan N.I. Latishev va V.A. Moskvinlar aniqlashgan. 1924 yilda N.I. Latishev kana orqali qaytalama tifni o’ziga yuqtiradi, natijada kananing kasallik tarqatishini isbotlaydi. Qichima (qo’tir) kanalar (Sarcoptidae) oilasi vakillari ko’zga ko’rinmaydigan, juda mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, qo’y, bug’u, qoramol, quyon, it, eshak, bo’ri, tulki va boshqalarning teri epidermisida parazitlik qilib yashaydi. Ular terini qattiq jaroxatlab, kuchli qichishni vujdga keltiradi. Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi boshko’krak va qorin qismlariga bo’linadi, lekin ular yaxlit bo’lib qo’shilib ketgan, tana shakli, yumaloq, yassi. Usti ko’ndalangiga ketgan yumshoq yo’lli xitin bilan qoplangan. Imago va nimfalarida to’rt juft oyoqlari bor, ularning shakli konussimon. So’rg’ichlari urg’ochi kananing birinchi va ikkinchi, erkagining esa birinchi, ikkinchi va uchinchi juft oyoqlarining panjasida bo’ladi. Bu kanalarning maxsus nafas olish organi yo’q, ko’zi ham bo’lmaydi. Kattaligi 0,2-0,5 mm ga boradi. Qichima kanalar metamorfoz yo’l bilan rivojlanadi: tuxum, lichinka, birinchi nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o’taydi. Erkak kana voyaga etgan urg’ochi kana bilan emas, balki ikkinchi nimfa davridagi urg’ochi kana bilan qo’shiladi. Urg’ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum qo’yadi. Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg’ochi kana 20-50 tagacha tuxum qo’yadi. SHunisi xarakterliki, teridagi yo’lakchalarining aksariyatini urg’ochi kanalar kovlaydi. Bu teshiklar orqali kanalar hamma rivojlanish davrida atmosfera kislorodi bilan nafas olib turadi. Erkak kanalar urg’ochilari kovlagan tayyor yo’llari orqali harakat qiladi. Qichima kanalarining rivojlanishi 2-3 xafta davom etadi. Kanalar juda tez ko’payadi. Ular 21 kungacha och yashay olishi mumkin. Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, ya’ni qichima-qo’tir kasalligining manbai hisoblanadi. Kasallik sog’lom hayvonlarga yaylovda va ko’proq molxonalarda yonma-yon turishi, surkalishi, hayvonlarni tozalaydigan buyumlar, yopqich, cho’tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o’tishi mumkin. Qichima-qo’tir kanalarining juda ko’pchiligi odamda parazitlik qiladi. SHundan eng ko’p tarqalgani Sarcoptes scabiei turi hisoblanadi. Bu tur kana odamda uchraydigan qichima-qo’tir kasalligining qo’zg’atuvchisidir. Bu kana juda kichkina bo’lib, urg’ochisining uzunligi 0,2-0,5 88 mm, erkaginiki 0,2-0,3 mm keladi. Tanasi ovalsimon ko’rinishda, rangi xira oq, xitini ko’proq bo’lgan erlari bir oz jigar rangli. Ularning embrional rivojlanishi 2-4 kun davom etadi. Kananing tuxum qo’yishdan imagogacha bo’lgan rivojlanish davri 9-12 kun davom etadi. Voyaga etgan kana bir yarim oyga yaqin yashaydi. Qichima-qo’tir kanalari teri epidermisining shox qavatida yashaydi. qo’tir kanalari terining nozik joylarida, ya’ni barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak o’rtasida, qo’ltiq ostida va boshqa joylarda parazitlik qiladi. qo’tir odamga ko’p azob berib, darmonini quritadi, ish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bundan tashqari, terining shikastlanishi va qichishidan turli mikroblarning organizmga kirishi uchun yo’l ochiladi. Qichima kanalardan – Sarcoptes equi – ot va eshaklarda, Sarcoptes suis - cho’chqalarda, Sarcoptes caprae - echkida, Sarcoptes ovis - qo’yda, Sarcoptes bovis - qoramolda, Sarcoptes cameli - tuyada, Sarcoptes cani - itda va boshqa hayvonlarda ham parazitlik qiladigan turlari bor. Qichima kana bilan kasallangan odam qichigan joylarini qashiganda kanalar tirnoq orasiga kiradi, odam bu kanalarni badanining boshqa joylariga yuqtiradi. Kasal odam bilan qo’l orqali ko’rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda ham yuqadi. Qo’tir kasalligi kishilar o’rtasida sanitariya-gigiena, avvalo, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo’ladi. Odam terisidagi yog’ bezlari va soch xaltasida xusinbuzar kanasi (Demodex folliculorum) parazitlik qiladi. Bu kananing ta’sirida ayrim odamlarning yuzida va terisining turli joylarida ba’zan bezlarning ko’payishi natijasida xusnbuzar toshib ketishiga sabab bo’ladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling