P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Qon so’ruvchi chivinlar (Culicidae) oilasi vakillarining og’iz organlari
sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan, erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi, urg’ochilari esa qon so’radi. Chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan xovuz va ko’lmak suvlarga, binolarning suv bosgan erto’lalariga, nam va zax tuproqlarga, xatto suvli bochkalarga qo’yadi. Lichinkalari atmosfera xavosi bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlarning 4-6 nasli rivojlanishi mumkin. Chivinlarning xid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter xidini va nafas olganda chiqadigan SO 2 gazi konsentrasiyasining o’zgarishini yaxshi sezadi. Chivinlar juda serharakat xasharotlar. Ular qon so’rish uchun bir necha km masofaga ham uchib borishi mumkin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib borishi kuzatilgan. Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kovagi, erto’lalar va o’tlar orasida yashirinib yotadi. Kun botgandan keyin faol harakat qilib qon so’rishga o’tadi. Chivinlarning bir qancha oilasi bo’lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo’lgani Culicidae oilasidir. Bu oila 2000 turni o’z ichiga oladi, bularning ko’pchiligi obligat gematofaglardir. Mamlakatimiz xududida Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga kiradigan turlari uchraydi. Anopheles avlodiga kiradiganlarni bezgak chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi. Culex avlodiga kiradiganlarni esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak chivinlarning tipik vakili Anopheles maculopennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak kasalligi qo’zg’atuvchilarining o’ziga xos tarqatuvchisidir. Bezgak chivini uzun va ingichka bo’lib, bosh, ko’krak va qorin qismlaridan iborat. Bosh qismida mo’ylovlari va ko’zlaridan tashqari og’iz apparati joylashgan. Urg’ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo’lgani uchun uning og’iz qismlari sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o’simlik shiralari bilan oziqlanadi, shunga ko’ra ularning og’iz apparati so’ruvchi tipda bo’ladi. Chivinlarning juftlashishi xavoda bo’ladi. Juftlashib bo’lganidan keyin, urg’ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so’radi. qon so’rishda ular odam, uy va yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 minut davomida gavdasining og’irligidan ham ko’proq qonni so’rib oladi. SHundan keyin urg’ochi chivinlar qorong’u joyga o’rnashib olib, 2-12 kun davomida ovqatini xazm qiladi. Tuxumlar etilgandan keyin urg’ochi chivinlar ko’lmak suvlarga uchib boradi va suv ustiga yoki suv o’simliklariga qo’nib tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yib bo’lgan 98 chivinlarning bir qismi o’ladi, qolganlari esa yana qon so’rib, tuxum qo’yishga kirishadi. Bezgak chivini o’z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum qo’yadi. Boshqa chivinlarga qarshi o’laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga yopishtirmasdan tarqoq xolda qo’yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar tuxumlarini suv yuzasiga g’uj-g’uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to’plami qayiqchaga o’xshab ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab, 2-10 kun ichida tuxumdagi lichinkalar etiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining bosh, ko’krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. Har xil chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko’ra bir-birlaridan farqlanadi. Lichinkalar to’rt marta tullab, g’umbaklarga aylanadi. G’umbaklardagi nafas olish naylarining shakliga qarab bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin: ularning nafas olish naylari konussimon bo’lib, go’yo karnaycha ko’rinishida bo’ladi. G’umbakdan imago rivojlanadi. Tuxum qo’yishdan boshlab imago chiqquncha bo’lgan rivojlanish davri tashqi muhitga qarab 14-30 kun davom etadi. Culex avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan transmissiv kasalliklarining chaqiruvchilarini tarqatadi. Yaponiya, Koreya yarim orolida, SHimoliy Xitoy va Uzoq SHarqda Culex chivinlari og’ir virus kasalligi - yapon ensefalitini tarqatadi. Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og’ir tropik kasallik qo’zg’atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi. Ularning tuzilish va rivojlanishi bezgak chivinlariniki o’xshaydi, lekin ayrim belgilari bilan farq qiladi. 1. Urg’ochi oddiy chivinlarning voyaga etgan davrida pastki jag’ paypaslagichlari kalta bo’lib, xartumining 1/3 qismini egallaydi, bezgak chivinlarida pastki jag’ paypaslagichlari xartumiga teng bo’ladi. Erkaklarining pastki jag’ paypaslagichlari oddiy va bezgak chivinlarida xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirigi bo’g’imi kengaymagan bo’lib, bezgak chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari erkaklarining mo’ylovlari sertuk bo’ladi. 2. Bezgak chivinlarining oyog’i tanasidan ikki baravar uzunroq bo’ladi, oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko’kragining o’rta bo’g’imida joylashgan bir juft qanotida qoramtir to’rtta dog’i bo’lib, bu dog’lar zich joylashgan tanachalaridan iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dog’lari bo’lmaydi. 3. Bezgak chivinlari qo’nib turganda qorin qismini ko’tarib burchak xosil qilib turadi, oddiy chivinlar bo’lsa, parallel xolda qo’nadi. 4. Odatda bezgak chivinlari tuxumlarini o’zlari rivojlanib chiqqan, kislorodga boy, toza suv xavzalariga qo’yadi, oddiy chivinlar uchun bunday sharoitning ahamiyati yo’q, suv bo’lsa etarli, xatto yomg’irlardan qolgan ko’lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo’yishi mumkin. 5. Culex chivinlarining tuxumida xavo kamerasi bo’lmaydi, shuning uchun u tuxumini bir-biriga tik aylana o’qi bo’yicha yopishgan xolda qo’yadi. Natijada qayiqchaga o’xshash 200-400 tadan bo’lgan tuxumlar to’plamini xosil qiladi. Bunday xolda tuxumlar cho’kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, zax joylardagi substratlarga qo’yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib qolayotgan suv xavzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar bir yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va rivojlanadi. 6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlarning lichinkalari suv yuzasiga nisbatan burchak xosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan xosil bo’lgan tana o’simtasida - sifonda joylashgan bo’ladi. SHu sababdan, lichinkalar 99 suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi. Bezgak chivinining lichinkalari suv yuzasida yashab va shu joydagi mayda zarrachalar va mikroorganizmlar bilan oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa suv qatlamidagi organizmlar bilan oziqlanadi. 7. Oddiy chivinning g’umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida bo’ladi, bezgak chivinida esa konus shaklidadir. Bundan tashqari chivinlar parazit nematodalardan - filyariyalarning rivojlanish siklida ham oraliq xo’jayin sifatida ishtirok etadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling