97
qilmaydi. Bu g’amxo’rlik faqat urg’ochilarining lichinka uchun oziq bo’ladigan
muhitga (masalan, uy pashshalari - go’ng va axlatga, go’sht pashshalari - go’sht yoki
murdaga, chivinlar - suvga) tuxum qo’yishdan iborat. Ikki qanotlilar 3
ta kenja
turkumga bo’linadi. 1.
Uzun mo’ylovlilar (Nematocera). 2. Kalta mo’ylov to’g’ri
chokli ikki qanotlilar (Brachycera - Orthorrhapha). 3. Kalta mo’ylov doira chokli ikki
qanotlilar (Brachycera - Cyclorrhapha).
Uzun mo’ylovlilar (Nematocera) kenja turkumi vakillarining mo’ylovlari
uzun va ko’p bo’g’imli, qorin bo’limi ingichka bo’ladi. Lichinkalari oyoqsiz,
lekin
ularning boshlari rivojlangan bo’lib, og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan.
G’umbaklari harakatchan bo’ladi. Bu kenja turkumga qon so’ruvchi chivinlar,
iskabtoparlar, moshkarlar, g’urra yasarlar, uzunoyoqlar, zaxkashlar va boshqa oilalar
kiradi. qon so’ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb ataladi.
Gnuslar vaqtinchalik
parazitlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: