P a r a z I t o L o g I ya


Zaxkashlar (Ceratopogonidae


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Zaxkashlar (Ceratopogonidae) oilasi vakillari qon so’ruvchi ikki qanotlilar 
ichida eng maydasi hisoblanadi (0,5-4 mm). Bosh qismi biroz katta, unda bir juft 
murakkab ko’zlari joylashgan. Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda. qanotlarida 
dog’lar va tuklari bor. Oyoqlari uzun va tirnoqli bo’ladi.
Bu xasharotlar zax, sernam joylarda, unchalik katta bo’lmagan suv xavzalarida, 
ko’l va xovuz suvlarida, botqoq joylarda yashaydi. SHuning uchun ularni "mokres", 
ya’ni zaxkash deb aytiladi. Xozirgi vaqtda zaxkashlarning 4000 ga yaqin turi ma’lum. 
Ular asosan, Sibir va Uzoq SHarqda, o’rta Osiyo, SHimoliy va Janubiy Amerikada 
hamda Tinch okeanining ko’pgina orollarida keng tarqalgan. o’zbekistonda 60 dan 
ortiq turi uchraydi. 
Urg’ochi zaxkashlar juftlashib bo’lgach qon so’radi va har xil sernam joylarga, 
xatto oqmas ko’lmak suvlarga 40 dan 120 tagacha, o’z hayoti davomida esa 350 
tagacha tuxum qo’yadi. Oradan 3-6 kun o’tgach, ulardan ipsimon ko’rinishidagi 0,5 
mm uzunlikdagi lichinkalar chiqadi. Lichinkaning bosh qismi qo’ng’ir rangda 
bo’ladi. Lichinkalari ko’lmak suv yoki nam tuproqlarda 25-30 kun yashab, 15 mm 
uzunlikda bo’ladi va uch marta tullab, g’umbakka aylanadi. Oradan 3-5 kun o’tgach, 
g’umbakdan qanotli xasharotlar chiqadi. SHunday qilib, zaxkashlarning tuxum 
qo’yishdan jinsiy voyaga etishiga qadar 60 kun o’tadi. Bir yilda zaxkashlar 2-5 marta 
avlod berishi mumkin. 
Zaxkashlarning urg’ochisi har xil issiqqonli hayvonlar, odam va sudralib 
yuruvchilarning qonini so’rib oziqlanadi. Ular ertalab va kechqurunlari faol qon 
so’radi. Chaqishidan teri qichiydi, teri ostidagi to’qimalar shishib ketib, hayvon qattiq 
bezovtalanadi, junlari to’kilib, oriqlay boshlaydi. Bundan tashqari, zaxkashlar bir 
qator infeksion, invazion, virusli va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini 
yuqtiradi. Tulyaremiya, qo’ylardagi virus va otlardagi o’lat kasalliklari, onxoserkoz, 
gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti shular jumlasidandir. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling