P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaltamo’ylov doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Cyclorrhapha)
So’nalar (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so’ruvchi ikki qanotlilar kiradi.
Tanasining uzunligi 2-3 smga etadi, ko’zlari yirik qizg’ish tilla rangda tovlanib turadi. Erkagi va yosh urg’ochi so’nalar gul nektari bilan oziqlanadi. Urg’ochi so’nalar faqat urug’langandan keyin qon bilan oziqlanishga o’tib, qoramollarga, odam va yovvoyi hayvonlarga xujum qiladi. So’nalar hayvonlar terisini sanchib- yalovchi yoki kesib-yalovchi og’iz organlari orqali kesib, o’sha joydan chiqadigan qonni so’rib oziqlanadi va 2-4 kundan so’ng suv yoki ariq bo’ylaridagi nam tuproqlarga tuxum qo’yadi. So’nalar bir yilgacha yashaydi, ammo qon so’rib olgan urg’ochi so’na bir oygina yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg’ochi so’na ariq bo’yidagi nam tuproqqa 300 tadan 3500 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlardan 1-2 xaftadan keyin qurtlar chiqadi. qurtlar 10-11 oygacha botqoqlikdagi organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Bu muddat ichida ular olti marta po’st tashlab, olti yoshga kiradi. Baxorda qurtlar g’umbakka aylanadi. G’umbaklik davri ob-xavoga bog’liq bo’lib, u 6 kundan 25 kungacha davom etadi, so’ngra jinsiy voyaga etgan qanotli so’na uchib chiqadi. So’nalar chorva mollariga ko’plab xujum qilib, ularning maxsuldorligini pasaytirib yuboradi. Ular hayvonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosoma kabi kasalliklarni tarqatadi. Xo’kiz so’nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. So’nalar N.G.Olsufev tomonidan yaxshi o’rganilgan. 102 Dunyoda so’nalarning 3 mingdan ortiq turi keng tarqalgan, MDXda ularning 200 ga yaqin turlari aniqlangan. M.Q.Qodirovaning ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonda so’nalarning 49 ta turi uchraydi. Kaltamo’ylov doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Cyclorrhapha) kenja turkumi vakillarining tanasi kichik, mo’ylovlari uch bo’g’imli, lichinkasining bosh bo’limi butunlay reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po’sti g’umbakka aylanish davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta pillani xosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va kasallik qo’zg’atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go’sht pashshalari, qon so’ruvchi pashshalar oilalari va bo’kalarning 3 ta oilasi kiradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling