P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Asl pashshalar (Muscidae) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki
qoramtir rangli xasharotlar hisoblanadi. Imagosi gul nektari, organik moddalar chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so’radi. Lichinkalari orasida fitofaglari, saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Oilada 400 ga yaqin turi keng tarqalgan. MDXda 1000 ga yaqin turi uchraydi. Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan sinantrop xasharotlardan hisoblanadi. Faqat axoli yashaydigan joylarda uchraydi. Pashsha xartumining kengaygan uchki qismida og’iz teshigi joylashgan. YUmshoq lablari yordamida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan ham oziqlanishi mumkin. Og’iz apparati yalovchi tipda. Bir juft qanoti ikkinchi ko’krak segmentida o’rnashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bor. SHu yopishqoq yostiqchasi tufayli pashshalar juda silliq satxda ham o’rmalab yura oladi. Gavdasi tuklar bilan qoplangan, ana shu tuklarga iflos narsalar osongina yopishadi. Urug’langan urg’ochi pashsha bir yo’la 120-150 dona tuxumini iflos chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan chuvalchangsimon lichinkalari chirib kelayotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Lichinka uch marta tullab g’umbakka aylanadi. Uy pashshasining g’umbagi harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt o’tgach, g’umbakdan etuk pashsha chiqadi. Tuxum qo’yishdan boshlab imago davriga etishguncha o’rtacha 10-25 kun kerak bo’ladi. Pashshalar qorong’ulikni yoqtirmaydi va doim yorug’likka intiladi. Ular oziq-ovqat maxsulotlari, non, qand, murabbo, go’shtli taomlar va boshqalarga qo’nib, ularni yalab-so’radi va so’lagini tushirib, har xil mikroblar bilan ifloslantiradi. Pashshada xid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur bo’lgan oziqni xididan topadi. Ta’m bilish organi oyoq panjalarining uchida joylashgan. Bir yilda pashshaning 10-12 avlodi rivojlanadi. Uy pashshasi ekologik jixatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan bog’liq. Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va xojatxonalarda, shuningdek transportlarda uchraydi. Ular bir qancha kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini mexanik ravishda bir joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi. Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug’, qorin terlamasi (tifi), o’pka sili, vabo, bo’g’ma, kuydirgi, kon’yuktivit (ko’z kasalliklari) va poliomielit kabi virus, bakteriya va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning sistalarini va parazit chuvalchanglarning tuxumlarini odamlarga yuqtirishi mumkinligi aniqlangan. Akademik 103 E.N.Pavlovskiyning ma’lumotiga ko’ra pashshalar 63 turdan ortiq zararli mikroorganizmlarni tarqata oladi. Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o’simlik to’qimalari bilan ham oziqlanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling